Ona tili Mavzu: Son- so’z turkumi yuzasidan takrorlash. Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad


Download 153.5 Kb.
bet2/2
Sana14.12.2022
Hajmi153.5 Kb.
#1007457
1   2
Bog'liq
Son so`z turkumi yuzasidan takrorlash

Darsni yakunlash: Darsga faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish.
Dars haqida o’quvchilar fikrini bilish.
Uyga vazifa: 347- mashq. Mashq yuzasidan savol-javob o’tkazish.
SAMARQAND viloyati KATTAQO`RG`ON shahar XTBga qarashli 16-umumiy o`rt` ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fan o’qituvchisi KAZAKOVA FERUZA BERDIMURODOVNANING

“SON so’z turkumi”


bo’yicha dars ishlanmasi


6-sinf. Ona tili.


TEXNOLOGIK XARITA


I


Mavzu:

Son

II

Darsning maqsadi va vazifalari


Darsning ta`limiy maqsadi: Son so’z turkumi haqida tushuncha berish. O`quvchilarda mavzuga qiziqish uyg`otish, mavzuga oid bilim va ko`nikmalarni shakllantirish.


Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni maktabni sevishga, uni asrab-avaylashga o’rgatish, o’rtoqlik, hamjihatlik tuyg’usini tarbiyalsh


Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning mustaqil fikrlash qobilyatini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish, hozirjavoblikka undash.


III

O`quv jarayo-

nining mazmuni


Son so’z turkumi va ma’no guruhi haqidagi tushunchalarni mustahkamlash.Boshqa fanlar bilan aloqada bo’lish


IV


O`quv jarayonini amalga oshirish

Usul: “Aqliy hujum”, “Charxpalak” , “Xotira mashqi” “Venn diagrammasi”,”Zinama-zina”.


Shakl: kichik guruhlarda va jamoada ishlash, suhbat, munozara.


Vosita: mavzuga oid ko`rgazma,slaydlar zinama – zina savollar, testlar, rag`batlantiruvchi kartochkalar.


Nazorat: Og`zaki nazorat, savol – javoblar.


Baholash: 5 ballik tizimi asosida rag`batlantirish


V


Kutiladigan natijalar

O`qituvchi: Barcha o`quvchilar mavzuni berilgan vaqt ichida o`zlashtirishga erishish. O`quvchilar bilim samaradorligini oshirish, o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish.


O`quvchi: gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari haqida yangi bilimlarni egallaydi, yakka holda va guruh bo`lib ishlashni, o`z – o`zini nazorat qilishni o`rganadi.


VI


Kelgusi rejalar

O`qituvchi: yangi pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirib, innovatsion jarayonni takomillashtirish, o`z ustida ishlashi, mavzuni hayotiy voqealar bilan bog`lay olish, pedagogik mahoratni oshirish .


O`quvchi: mustaqil fikrlash, o’quv izlanish malakasini hosil qilish


Tashkiliy qism


5 daqiqa

O`tilgan mavzuni takrorlash

10 daqiqa


Hisob so’zlarini top


5 daqiqa

Gap tuzish

5 daqiqa

Kim chaqqon o’yini

5 daqiqa

Ingliz tilida sanaymiz

5 daqiqa

Topishmoq va maqollar
5 daqiqa

O’quvchilar baholanadi va uyga vazifa beriladi


5 daqiqa

Rag’bat kartochkalari:

A’lo

yaxshi

qoniqarli


Darsning borishi.


I .Tashkiliy qism.


O`qituvchi sinfga kirib, o`quvchilar bilan salomlashib, navbatchi orqali davomatni aniqlaydi. Sinf xonasining tozaligiga etibor beradi. O`quvchilarning darsga tayyorgarligiga, jumladan, kitob, daftar ruchkalarining borligiga e’tibor qaratadi.


Dars sayohat tarzida tashkil etiladi:Aziz bolajonlar,”Son”deb ataluvchi qasrga borishimiz kerak.Lekin oldingizda turli tusiqlar bor,uni yengib borasiz ,sizning bilimingiz sizga yordam beradi.


SON SO‘Z TURKUMI


Narsa-buyumlarning sonini, miqdorini va joylashish tartibini bildirgan so‘zlar turkumi son dеyiladi.


Sonlar qancha? nеcha? nеchanchi? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.


Sonlar yozuvda so’zlar bilan birgalikda arab raqamlari bilan yoziladi:


1, 2, 3,10,20,90,100,1000,2000


Rim raqamlari. .


I-1

II-2

III-3

IV-4

V-5

VI-6

VI-7

VIII-8

IX-9

X-10, V, X, C, D, M

Nutqimizda tez – tez ishlatiladigan 23 ta sodda son bo’lib, boshqa sonlar shularning qo’shilishidan hosil bo’ladi: nol, bir, ikki, uch, to’rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to’qqiz, o’n, yigirma, o’ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to’qson, yuz, ming, million, milliard.


Qadimgi o’zbek tilida tuman (o’n ming), lak (yuz ming) sonlari bo’lgan.


Hisob so’zlar tovoq, hovuch, qarich, qop, nusxa va tup bular sonlarga qo’shilib hisob so’zlarni hosil qiladi.


Hisob so’zlar ot turkumidan bo’ladi. Gapda son hisob so’zi bilan bitti gap bo’lagi bo’lib keladi.


Hisob so’zlarni toping.


Rasmlardan foydalanib tartib sonlarga misol keltiring

“Kim chaqqon?”


o’yini

Miqdor sonlarni uy-uyiga tog’ri joylashtiring

Yuzta,ikki dona


O’ntacha,


o’nga yaqin


Yettovi,ikkalasi


oltovlon

⅓ uchdan bir

0,5-yarim


Bittadan

Ikki ,on besh

Miqdor son


Dona son

Sanoq son

Chama son


Jamlovchi son


Kasr sonlar


Taqsim son


Ingliz tilida sanaymiz


1-one 6-six


2-two 7-seven


3-three 8-eight


4-four 9-nine


5-five 10-ten


I am twelve-


Men 12 yoshdaman.


Son qatnashgan topishmoqlar

Ikki og’ayni bir-birini ko’rmaydi.

40 hujrada qizil qizlar


SO’Z O’YINI


IBORALARNI IZOHLANG


Tili bir qarich-?


Yetti o’lchab ,bir kes-?


Ikki o’n besh ,bir o’ttiz-?


Oyning o`n beshi qorong`u, o`n beshi yorug`-?


Odamlar 102 xil bo`larkan (bir yuzi ikki xil)


Maqolni davom ettiring va otlashgan sonlarni toping


1.Tayog’i yo’g’on birni o’rar,so’zi yo’g’on _____urar.


2.To’qqizda bo’lmagan aql,_______ham bo’lmas.


3.Mingta shirin nasihatdan ______o’rnak yaxshi.


4.Birni bersang otangga,__________olasang bolangdan.


Testni tezlik bilan


yech
1.Tartib son qatnashgangapni aniqlang?


A)Bir tup gul g’uncha ochadi.


B)Bir yigitga qirq hunar oz.


D)Men 6-sinfda o’qiyman.


2.Qaysi gapdagi sonlarning yozilishida xatolik mavjud?


A)14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni.


B)Biz 6 qavatda turmiz.


D)May oyi 31 kundan iborat.


3.Songa noto’g’ri berilgan ta’rifni aniqlang?


A)Doim otlar bilan birga qo’llanadi;


B)Sonlar tuslanadi.


D)Son va sifat aniqlovchi bo’lib kelganda, oldin son, keyin sifat keladi.


Rasm asosida kichik bir hikoya tuzing, unda sonlar ishtirok etsin. Mantga sarlavha qo`ying.


SON DEB ATALUVCHI MARRAGA YETIB KELDIK.


Uyga vazifa :


Son istirokida tarjimai holingizni yozib keling.


E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!



Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling