Ona tili nazariyasi va amaliyoti


Ergashgan qo`shma gaplar turi, qolipi, bog`lovchi vositasini aniqlang


Download 18.3 Kb.
bet2/3
Sana25.04.2023
Hajmi18.3 Kb.
#1396062
1   2   3
Bog'liq
Oraliq 1

Ergashgan qo`shma gaplar turi, qolipi, bog`lovchi vositasini aniqlang.

  1. Buning natijasi shu bo`ldiki To`laganning qanshariga musht tushdi

  2. Ko`ziga nima ko`rinsa, shu uni qiziqtira boshladi

  3. Odam bolasi borki, u shu ranglardan birini o`ziniki qilib oladi.

  4. Shu narsa ayonki, tabiat ham shu rang ta’siriga tushib qoladi.

  5. Bolalarim haftada bir marta xabar olishsa, yetti kun uyim to`ladi

  6. Bahor osmonida chaqnasa chaqin, Ko`ksingdan otilar olovli nafas.

  7. Shunday yashaylikki, hamma havas qilsin.

  8. Kimning ko`ngli ochiq bo`lsa, uning el o`rtasida martabasi ulug` bo`ladi.

  9. Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o`shaniki bo`ladi.

  10. Qaysi narsaga o`z mehnating bilan erishsang, o`sha narsa sen uchun qadrli bo`ladi.

  11. Kimning yuragida o`t-olov bo`lsa, o`sha odamning ishlarida tashabbus bo`ladi.

  12. Kimning aqli ko`p bo`lsa, ayblari yashirin va do`stlari ko`p bo`ladi

  13. Nimaiki senga zarar keltirsa, o`sha narsani boshqalarga ham ravo ko`rma.

  14. Kimki boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa, unga ham hech kim rahm-u shafqat qilamaydi.

  15. Kimki o`zining yaxshi ishidan quvonsa, yomon ishidan xafa bo`lsa, demak, u, haqiqiy mo`mindir.

  16. Oybek shu qadar qizg`in ilhom bilan qalam tebratdiki, olti oy “Qutlug` qon” romani yaratdi.

  17. Vatanning sevishimning boisi shuki, u mening kindik qonim to`kilgan muqaddas zamindur.

  18. Shundan ehtiyot bo`lingki, birovning ota-onasini haqorat qilgan odam ota-onasini haqoratlagan bo`ladi

  19. U shunday qobiliyatga ega ediki, bir marta eshitgan narsani hech o`zgarishsiz qayta hikoya qilaverdi.

  20. Yoshligidan tabiiy fanlarga shunday mehr qo`ydiki, bu sirli olam uning butun borlig`ini chulg`ab oldi.

  21. Har narsaki bevafo bo`lsa, u muhabbat qo`yishga noravodir.

  22. Senga sir emaski gul bebaho, guliston bevafodir.

  23. Go`zallik shundan iboratki, u insonga mehr-muhabbat ,shodlik,erkinlik va shuhratga o`xshash tuyg`ularni uyg`ota olish

  24. Jahonda nimaiki oq bo`lsa, unga ona timsol.

  25. Unutmangki, tanbal,daqqi, bezori kishi ma’naviy nogirondir.

  26. Insonlar ustidan hokimlik qilmoq istagi shunday shirin ekanki, uning niyati pokligiga kim ishonadi emasdir, kishi nazdida ul mard emasdir.

  27. Sen doim hayotga tabassum bilan boqsang, ana shunda hayot senga do`stona qo`l cho`zadi.

  28. Qarz tovush chiqarmasa ham, u uxlagani qo`ymaydi.

  29. Kimki birovga choh qazisa, o`shaning o`zi tushadi.

  30. Kim mehnatdan qochmasa, unga tole kulib boqadi.

  31. Bobolarning an’anaviy ishlarini ijodiy rivojlantira olsang, sen baxtlisan.

  32. Toleim shulki, Vatanda bir guliston tanladim.

  33. Ko`ziga nima ko`rinse, shu.

  34. Shuni bilingki, bitta so`zning tig`i yuzta shamshirdan o`tkirroqdir.

  35. Kimning yuragida yaxshilik bo`lsa, u shunchalik maqtovga loyiqdir.

  36. Til tinch bo`lsa, bosh salomat bo`ladi.

  37. Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim.

  38. Tilagimiz shuki, tog`a, ayam bilan ukalarim kishilarga muhtoj bo`lmasin.

  39. Kimki dushmani bilan olishganda ham insonparvarlikni unutmasa, u,albatta, yengadi.

  40. Shamol qay tarafga essa, maysa ham o`sha tomonga egiladi.

“ONA TILI NAZARIYASI VA AMALIYOTI”FANIDAN II KURS UCHUN ORALIQ NAZORAT SAVOLLARI 3-variant.

Download 18.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling