Ona tili o’qitish metodikasining tekshirish metodlari Reja: Nazariy tekshirish metodlari


Download 26.45 Kb.
bet1/2
Sana03.02.2023
Hajmi26.45 Kb.
#1154058
  1   2
Bog'liq
Ona tili o’qitish metodikasining tekshirish metodlari


Mavzu: Ona tili o’qitish metodikasining tekshirish metodlari
Reja:
1. Nazariy tekshirish metodlari.
2. Empirik metod (tajribaga asoslangan metod).

Amaliy fanlar uchun amaliyot muhim rolь o’ynaydi. Ona tili o’qitish metodikasi ham amaliy fanlar sirasiga kiradi. Har qanday amaliy xulosalar ishonarli bo’lishi, yuqori ilmiy darajada, ya’ni puxta va asosli bo’lishi lozim. Metodika tavsiyalarining ilmiy darajasi, nazariy tasdiqlanishi yuqori saviyada bo’lishi tekshirish metodlarining puxtaliliga ham bog’liq.
Tekshirish metodlari 2 xil:
1. Nazariy tekshirish metodlari. U quyidagi hollarda tatbiq etiladi:

a
) biror hodisaning metodik asosini, unga bogliq boshqa fanlarni organish, qoyilgan gipotezani asoslash, izlanishning asosiy yonalishini belgilashda;

b) masala tarixi, chet el maktab tajribalari va mavzuga doir adabiyotlarni organish, tajribani tahlil qilish, masalaning isbotlanmagan va hal qilinmagan orinlarini aniqlash, ilgarigi tajriba bilan hozirgi ahvolni taqqoslash, hozirgi kun talabi bilan baholashda;

2. Empirik metod (tajribaga asoslangan metod). Bu metod quyidagi maqsadlarda qo’llanadi:


a
) bu metod oqituvchilarning ish tajribasini organish, yangiliklarini tanlash, umumlashtirish, baholash va ommalashtirish, oqituvchi va oquvchilar faoliyatining darajasini aniqlash;

b) oquvchilarni oqitish jarayonini maqsadga muvofiq kuzatish (dars, uning biror qismini, oquvchilarning javobi, hikoyasini, yozma ishini tekshirish), oqituvchi va oquvchilarning faoliyatini sorovnoma orqali tekshirish;

Eksperimental tekshirish oz maqsadining kengligi bilan farqlanadi: ayrim metodik usullarni tekshirishda ommaviylik talab qilinmaydi, ammo yangi dastur, yangi darsliklarni tekshirishga butun tuman, viloyat jalb qilinadi.
Eksperiment natijasini chiqarishda belgilangan baho me’yoriga amal qilinadi. Bunday me’yor aniq, barcha holatlar uchun ham bir xil bo’lishi lozim. Ona tili metodikasida yozma ishlarda yo’l qo’yilgan xatolar soni va xarakteri, ma’lum bir vaqtda o’qilgan yoki yozilgan so’zlar soni, og’zaki hikoya va yozma inshoning hajmi va izchilligi me’yoridan foydalaniladi.

Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi o’z predmeti va vazifalariga mos ravishda quyidagi tekshirish metodlaridan ham foydalanadi:

1. Ilg’or o’qituvchilar ish tajribasini umumlashtirish.


2. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi sohasidagi meros va yangiliklarni o’rganish.


3. Ta’lim berishning u yoki bu usullari va vositalarining foydali ekanini tekshirish.


4. Ona tilidan o’quvchilarning o’qishlari, yozuvi, mustaqil va ijodiy ishlari ustidan kuzatish olib borish.


5. O’quvchilar ijodiy faoliyatining natijalarini og’zaki qayta hikoyalash, yozma ish kabi usullar yordamida tahlil qilish.


Yuqoridagi tekshirish metodlari ushbu fanning davr talabidan kelib chiqib rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.

Ona tili o’qitish metodikasi – pedagogik va amaliy fan. CHunki u nazariyaga asoslanib o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash, o’stirishning amaliy vazifalarini bajaradi.
Ona tili o’qitish metodikasi fani ta’lim berish sharoitida ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o’qish va yozishni, fonetika, grammatika bilib olish jarayoni hisoblanadi.
Ona tilidan ko’nikma va malakalarni shakllantirish, til xaqidagi fanning ilmiy tushunchalar sistemasini o’zlashtirish qonuniyatlarini o’rganadi, til o’rganishning eng qulay metod va usullarini izlaydi.


Ona tili o’qitish metodikasi amaliy fan sifatida uch vazifani bajaradi:




  1. Nimani o’qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang’ich sinf uchun dasturlar ishlab chiqadi, darslik va o’quv qo’llanmalarni yaratib beradi. Ularning samaradorligi va muvofiqligini doimiy tekshirib boradi.

  2. Qanday o’qitish kerak? savoliga ta’lim berishning metodlari, metodik usullar, mashqlar sistemasi, qo’llanmani tatbiq etish tavsiyanomalarini, yozma ish, amaliy ishlar sistemasini, dars, uning turlarini ishlab javob beradi.

  3. Nega xuddi mana shunday o’qitish kerak? Bunda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali metodlarni o’rganish, tanlash, asoslash, tavsiyalarni eksperimental tekshirish vazifalarini bajaradi.

Ona tili o’qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlaydi, o’qitishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, uni bartaraf etish usullarini topadi.

Nutqiy va orfografik tipik xatolarni tekshiradi, uni oldini olish chora tadbirlarini belgilaydi.
Ona tili ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’rgatiladi.

Maktabgacha tarbiya muassasalarida, asosan bolalarning nutqini o’stirish nazarda tutiladi. Boshlang’ich sinfda o’quvchilar nutqini o’stirishdan tashqari, ona tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o’zlashtirishlari ham nazarda tutiladi.
Ona tili o’qitish metodikasi fani to’rt bo’limni o’z ichiga oladi:
1. Savod o’rgatish metodikasi, ya’ni elementar o’qish va yozishga o’rgatish. Bolalarga savod o’rgatish pedagogikadagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy qo’yilgan masalalardandir. Chunki xalqning savodxonligi ozodlik uchun, siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir. Mustaqil respublikamizda har bir kishining savodxon bo’lishiga alohida e’tibor berilmoqda. 1-sinfga qadam qo’ygan bolalarga barcha o’quv qurollarining sovg’a qilinishi prezident I. Karimovning kelajak avlodning savodxon, yuksak madaniyat egasi bo’lib etishishlari uchun g’amxo’rlikning bir namunasidir.
2.O’qish metodikasi. Boshlang’ich sinflarda o’qish fanining vazifasi birinchi navbatda bolalarni tez (me’yorida), to’g’ri, ongli va ifodali o’qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi.

Download 26.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling