Ona tili qaysi gapda bir
Download 237.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqO\'zbekiston tarixi [majburiy yo\'nalishlar uchun] 3.12.22
ONA TILI 1. Qaysi gapda bir so'zi ma'noni kuchaytirish, belgini bo'rttirib ta'kidlash maqsadida qo'llangan? A) Bahor havosi g'alati: bir yomg'ir yog'adi, bir quyosh charaqlaydi. B) O'sha bolaning yoshi men bilan bir, shekilli, uni ham men o'qiyotgan sinfga qabul qilishdi. C) Uning xirgoyisi bir chiroyli, bir yoqimli, eshitganingiz sayin rohatlanasiz. D) Xonaga baland bo'yli, keng yag'rinli bir yigit kirib keldi. 2. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog'liq xatolik mavjud? A) Insonni butun borliq: odamlar, kitoblar, voqealar tarbiyalaydi. B) Xo'sh, u holda qanday tadbir ko'riladi? C) Kamgaplik xushfe'llik inson odobidan, darak beradi. D) Men sizga bu haqida aytmoqchi emas edim, ammo aytishga qaror qildim. 3. Qaysi javobda ajratib yoziladigan so'zlar berilgan? A) har//xil, tekindan//tekin B) xush//bichim, to'yma//to'y C) ola//qarg'a, jigar//rang D) tok//qaychi, ming//oyoq 4. Imloviy jihatdan xato yozilgan so'zlarni toping. A) xaqiqat, xulosa B) ta'limot, taxsimot C) munofuq, to'rttala D) qadrdon, zomondosh 5. Berilgan qaysi gapda tushum kelishig qo'shimchasining noo'rin qo'llanishi uchraydi? A) Oldingi notiqlarni ham yo'lda qoldirib aravani shunday olib qochdiki, haligi odamni tanib bo'lmay qoldi. B) Bo'ron ko'kka bo'y cho'zgan daraxtlarni ildizi bilan qo'porib tashlay boshlagani haqida eshitdik. C) U Navoiy asarlarini shunchalik sevib o'qiydiki, hatto bir kuni tushida ulug' shoirni o'zi unga oq fotiha beradi. D) Yomonning yomonligini bila turib uning fisq-u fasodiga ishonish nodon odamning ishidir. 6. Qaysi javobda so'z va ibora ma'nodoshligi berilgan? A) hafsalasi pir bo'lmoq tarvuzi qo'ltig'idan tushmoq B) gapirmaslik og'ziga olmaslik C) uxlab qolmoq-mig'imoq D) ko'zi ilinmoq- pinakka ketmoq 7. Qaysi javobda qo'shma sifatlar berilgan? A) kaltafahm, erksevar B) achchiqtosh, ko'zoynak C) sovuqmijoz, qiymataxta D) serg'ayrat, umumittifoq 8. Qaysi gapda ajratib ko'rsatilgan so'z ko'chma ma'noda qo'llangan? A) Qalin kiyinib olganim uchun darrov isib ketdim. B) Sirti ham yaxshilab bo'yalgan ekan. C) Qish o'zining oppoq kiyimini kiygan edi. D) G'aribning ko'nglini ovlamoq-savob 9. Qaysi gapdagi ajratib ko'rsatilgan birlik hol vazifasini bajargan? A) Akasidan olgan pulga ikkita quyon oldi va ularga uycha yasadi. B) Men bu ishga noilojlikdan qo'l urganimni tushuntirishga harakat qilar edim. C) Zargarlikni otasidan o'rgangan edi. D) Ertak kitoblardan birini olgan bolakayning yuzida mamnunlik ifodasi bor edi. 10. Qaysi gapda qo'shimcha qo'shilishi bilan bog'liq imloviy xatolik mavjud? A) Yarasini qandaydir dori bilan kuydiribdi. B) Kun bo'yi ishlab toliqgan Ilhomjon darrov uxlab qoldi. C) Biz bu qishloqqa ikki marta kelgan edik. D) Bu gapni hammaga eshittirib aytdi. Download 237.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling