6. Berilgan qaysi gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan
bog‘liq uslubiy xatolikka yo‘l qo‘yilmagan?
A)O‘sha kuni kechasiyoq qahramonliklar ko‘rsatib,
shon-u shuhrat taratib, o‘qituvchilarimni,
Otajon Azizovichni hayratda qoldirish niyatida
safarga otlandim.
B)Hukmdor dehqonni vaqtning qanchalar
qadrlashini ko‘rib afv qildi va unga tasannolar
aytdi.
C)Xulqini tarbiya qilgan qizning odobi oltinga
qimmatli, injudan qadrli bir boylikdirki, bu kabi
qizlarni barcha orzu qiladi.
D)Yosh avlod tarbiyasi faqat ota-ona,
mahalla-ko‘ynigina emas, balki butun
jamiyatning e’tiborida bo‘lishi kerak.
7. Asos+sintaktik shakl yasovchi qoʻshimcha+soʻz yasovchi qoʻshimcha tartibida joylashgan soʻz qaysi qatordagi gapda qatnashgan?
A) Baxtsizliging sirini boshqalardan emas, oʻzingdan izla. Hammadan avval oʻzingga hisob ber.
B) Oʻzni sezib pahlavonday, ulgʻayib zoʻr kuchga toʻldim, oʻzim xohlab, askar boʻldim.
C) Oʻzga yurtda shoh boʻlguncha, oʻz yurtingda gado boʻl.
D) Har bir ishni maslahatlashib qilish kerak, har kim oʻzicha yengil oʻylab xato qilib qoʻymasligi kerak.
8. Quyidagi qaysi gapda o‘zaro omonim ko‘makchi
morfemalar qatnashgan?
A) Yuz tilim bo‘ldi dilim bir bevafoning dastidan.
B) Ko‘rik-tanlovda biz g‘olib bo‘ldik.
C) Bu qaro ko‘zlar neni ko‘zlar?
D) Yaxshilikka yaxshilik qaytarish lozimligini
esingdan chiqarma.
9. Quyidagi qaysi gaplarda paronim bilan bogʻliq xatolikka yoʻl qoʻyilmagan?
1) "Toza havo - tanga davo" - deydi dono xalqimiz. 2) Men boʼsh vaqtlarimda sher mutolaa qilishni yaxshi koʻraman. 3) Uning otasi ganchdan ajoyib naqshlar yasardi. 4) Qizcha onasining surʼatini hech qoʻlidan qoʻymas edi.
A) 1, 3, 4 B) 2, 5
C) 1, 5 D) 2, 3, 4
10. Qaysi javobdagi fikr to’g‘ri emas?
A) Maqsad ravishdoshini hosil qiluvchi qo‘shimcha fe’l asosidagi tovush ta’sirida tovush o‘zgarishiga uchrashi mumkin.
B) Ayrim fe’llarga o‘tgan zamon sifatdosh shakli qo‘shilganda fe’l asosi imlosida. tovush o‘zgarishi kuzatilishi mumkin.
C) Taqlid so‘zlardan fe’l yasovchi qo‘shimcha asos ta’sirida tovush o‘zgarishiga uchrashi mumkin.
D) Ayrim kelishik qo'shimchalari qo‘shilishi natijasida imloda tovush tushishi kuzatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |