Ona tili test. 13. 11. 2020


Download 18.99 Kb.
Sana30.11.2020
Hajmi18.99 Kb.
#156052
Bog'liq
Ona tili test


Ona tili test. 13.11.2020

  1. Qaysi qo‘shimcha ot yasovchi va sifat yasovchi qo‘shimcha bo‘la oladi ? A)-i, -kash B)-oq, -dor, -k S) –a, -qi, -li D)-gar, -y

  2. Berilgan gaplarning qaysi birida –siz qo‘shimchasi urg’uli qo‘shimcha hisoblanadi? A)Siz buni o‘qigansiz B) Siz biz uchun eng kerakli insonsiz S) Sizsiz hech qayerga bormayman D)Hammasiga aybdor sizsiz

  3. Qaysi gapda yasama sifatlar soni boshqalaridan ko‘proq? A) Samoning bulutlar siyrak, zangorisimon sahnida ham to‘lishmagan qandaydir beshakl oy xira, rangsiz yiltiraydi B)Yo‘llarimda zangori ko‘llar, oyna kabi tiniq va bejon S)Hoji bobo har gapiga bir maqol o‘qiydigan ezmaroq kishi bo‘lsa ham, qo‘li anchagina ochiq, xususan, hisobga no‘noqroq odam edi. D)Usta qarigina, burni cho‘tirroq, juda so‘zamol, mahmadona kishi.

  4. Shaldiroq kishilar hukmiga

Achinmay berarsan yoshliging

Yuzlaring burishmas og’riqdan

Farog’at bag’ishlar ochliging

Parchada fonitik o‘zgarishlar soni nechta? A)2ta B)3ta S)4ta D)5ta



  1. Qaysi so‘zlarda lablanmagan unlilar orasida talaffuzda tovush ortish yuz beradi.? 1. Stadion 2.shariat 3.mozaika 4.maishat 5.million 6.okean 7.laureat 8.alkoloid A)1,2,3,4,5,6,7 B)2,3,4,6,7 S)1,3,5,6 D)1,3,5,8

  2. Qaysi so‘zdagi barcha undoshlar jarangli undoshlar sanaladi? A)bambuk B)g’amgin S)jarayon D)dabir

  3. Tub so‘zni toping A)beiz B)beor S)yo‘yoq D)bemoq

  4. Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash. Yasama so‘zlar haqidagi fikrlarni qaysi biri xato A)olmoshdan ot yasalgan B)otdan sifat yasalgan S)otdan fe’l yasalgan D)fe’ldan ot yasalgan

  5. –q qo‘shimchasi bilan yasalgan otni toping A)quruq B)o‘roq S)so‘roq D)qaynoq

  6. Gapda nechta yasama so‘z bor? Gulnorni yuragi kuchli to‘lqinlanadi, butun gavdasini totli titroq bosdi A)1 B)2 S)3 D)4

  7. Quydagi so‘zlardan nechtasi fe’ldan yasalgan? Tiqin, yig’in, uashirin(tashkilot), erkin, ko‘rin A)2 B)3 S)4 D)5

  8. Jala sharros quyadi, chaqinlar chaqib, momaqaldiroq guldiraydi gapda nechta soda yasama so‘z bor ? A)2 B)3 S)4 D)5

  9. Tinchlik xalqni faravon qiladi, yurtni gullatadi. To‘g’ri fikrni toping A)yasama sifat bor B)yasama sifatdan yasalgan ot bor S)sifatdan yasalgan fe’l bor D) yasama ravsh bor

  10. Ha, bu yurtlar chiroyli, daraxtzor bo‘lgani bilan savuq. Nechta yasama so‘z bor? A)2 B)3 S)4 D)5

  11. Yaltiroq sifati qaysi turkumdan yasalgan? A)ot B)taqlid so‘z S)fe’l D)son

  12. –oq qo‘shimchasi bilan yasalgan so‘zni toping. A)uzoq B)suvoq S) qoloq D)qiynoq

  13. Yasama so‘z berilmagan javobni toping A)aytib qo‘ydi B)aytib keldi S) ulg’aydi D)xabar qildi

  14. –iq qo‘shimchasi bilan qaysi so‘z turkumlari yasaladi ? A)faqat ot B)faqat sifat S)faqat sifat va ot D)ot,sifat va fe’l

  15. –ay qo‘shimchasi bilan yasalgan so‘zni toping A)kelay B)sarg’ay S)qoray D)chopay

  16. Temirchi, quvla, gulla, nomunosib, bolalarcha, mardona Berilganlardan nechtasi yasalishi bir so‘z turkumi doirasida yuz bergan ? A)1 B)2 S)3 D)4

  17. –in qo‘shimchasi bilan yasalgan sifatni yoping A)ekin B)to‘kin S)ko‘rin D)tekin

  18. Qaysi javobdaotdan yasalgan fe’l bor? A)o‘zgarmoq B) qisqarmoq S)qizarmoq D)qayg’urmoq

  19. Ravsh + ot shaklidagi qo‘shma sifatni topoing A)muzyorar B)balandparvoz S)hozirjavob D)havorang

  20. Cho‘lquvarlar na issiq na suvsizlik yenga oladi, balki ular o‘z jasoratlari, mehnatlari bilan tabiatni zabt etadilar. Gapda nechta yasama so‘z bor? A)2 B)3 S)4 D)5

  21. Terim so‘zi qaysi so‘z turkimdan yasalgan Javob:

  22. Terimchi so‘zi qaysi so‘z turkimdan yasalgan Javob:

  23. Terimchilik so‘zi qaysi so‘z turkimdan yasalgan Javob:

  24. Qaysi javobda yasama so‘z bor? A)gapir B)pishir S)o‘chir D)ko‘chir

  25. Qaysi javobda quyida keltirilgan gapdagi yasama so‘zlar qaysi so‘z turkumidan yasalganligi to‘g’ri ko‘rsatilgan? Oktava – bu ishonch, qa’tiylik, sobitlik, kuch qudrat bilan nazokat, mehr-muhabbat, parvoz va quvonch tuyg’usini uyg’unligidir. A)fe’l sifat B)fe’l, sifat, ot S)fe’l, sifat, ravish D)ot, sifat

  26. Do‘stlik g’alabaga yangi mazmun baxsh etadi, u ko‘maklashganda barcha omadsizliklar barham topadi. Gapda nechta qo‘shimcha so‘z bor? A)1 B)2 S)3 D)4

Download 18.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling