Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet44/79
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1597305
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT

Nazorat savollari

1.Orfografiya nima? U grafikadan qanday farqlanadi?


2.Orfografiya qoidalarining tuzilishi qanday printsiplarga asoslanadi?
3.Amaldagi (kirillcha) o’zbek yozuvi imlo qoidalari qachon tasdiqlangan? Yangi (lotincha) o’zbek yozuvining imlo qoidalari-chi?
4.Amaldagi "O’zbek orfografiyasining asosiy qoidalari" qanday bo’limlardan tarkib topgan? (Bo’limlarning nomlanishi, paragraflari...).
5.Yangi (lotincha) o’zbek yozuvining imlo qoidalari qanday bo’limlardan tarkib topgan? (Bo’limlarning nomlanishi, modda va bandlari).
6.Amaldagi (kirillcha) o’zbek yozuvi imlosidagi qaysi qoidalar yangi (lotincha) o’zbek yozuvi imlo qoidalari sirasiga kiritilmagan? Sabablari?
7.Har ikkala "...qoidalar" to’plamida harflar imlosiga oid qanday farqlar bor?
8.Har ikkala "...qoidalar" to’plamida asos va qo’shimchalar imlosiga oid qanday tafovutlar bor?
9.Har ikkala "...qoidalar" to’plamida qo’shma so’zlar imlosiga oid qanday tafovutlar bor?
10.Har ikkala "...qoidalar" to’plamida chiziqchaning qo’llanishiga oid imloda qanday tafovutlar bor?
11.Har ikkala "...qoidalar" to’plamida bosh harflar imlosiga oid qanday tafovutlar bor?


Tayanch tushunchalar


Orfografiya - muayan til yozuv sistemasining to’g’ri yozish me’yorlarini belgilaydigan imlo qoidalari. Tilshunoslikning imlo qoidalari xususida bahs yurituvchi bo’limi ham orfografiya deyiladi.
Orfogramma - so’zning yoki so’z formasining imlo qoidasiga mos ravishda yozilgan shakli.
Orfografiya prinsiplari - imlo qoidalarining tuzilishiga asos bo’lgan tamoyillar: fonetik prinsip, fonematik prinsip, morfologik yoki fonematik-morfologik printsip, grafik prinsip, tarixiy-an’anaviy prinsip, shakliy- an’anaviy yozuv prinsipi, semantik-uslubiy prinsip kabi.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling