Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua


Gap- biror kishi tomonidan aytilgan va mazmuniga ega bo’lgan so’z yoki jumla. Dastur-


Download 0.98 Mb.
bet73/79
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1597305
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT

Gap- biror kishi tomonidan aytilgan va mazmuniga ega bo’lgan so’z
yoki jumla.
Dastur- biror maqsadni ko’zlab amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan
reja, yo’i-yo’riq
Husnixat- chiroyli , qoidaga amal qilib yozilgan xat. Yozuv.
Imlo- yozuv, grafika, orfografiya.
Internet- dunyo ilm fani, texnikasi hamda xalqlarning ijtimoiyi-siyqsiy
hayoti bo’yicha eng yangi ma’lumotlar jamlangan xalqaro axborot
tizimi.
Insho-adabiy yoki erkin mavzuda yoziladigan ijodiy yozma ish.
Ko’nikma- egallangan tajribalar asosida muayyan faoliyatni amalga
oshirish qobiliyati.
Leksika- so’z doyligi, lug’at tarkibi.
Masal- pand-nasihat mazmunidagi kishilarga o’git beradigan kichik
majoziy hikoya
Malaka- muayyan harakatlarni bajarish va boshqarish jarayonlarning
avtomatlashuvi.
Vokalizm- unli fonemalar tizimi.
Fokus - talaffuzda faol va nofaol nutq a’zolari orasida hosil qilingan to’siq. O’pkadan kelayotgan havo oqimining portlab yoki sirg’alib o’tishidan shovqinning yuzaga kelishi ana shu fokusda sodir bo’ladi.
Bo’g’in cho’qqisi - bo’g’in markazi, yadrosi. Odatda unli tovush bo’g’in cho’qqisi sanaladi.
Lablar ishtiroki - unli tovushning hosil qilinishida lablarning faol yoki nofaol ishtiroki.
Tilning vertikal (tik) harakati - tilning uch darajali ko’tarilishida yuzaga keladigan belgilar.
Tilning gorizontal (yotiq) harakati - fonemalar artikulyatsiyasida tilning pastki tishlar tomon cho’zilishi yoki orqaga tortilishi.
Konsonantizm - undosh fonemalar tizimi.
Labial undoshlar - lab-lab va lab-tish undoshlari.
Til-tish undoshlari (dorsal va alveolyar undoshlar)- tilning uchki qismi bilan pastki yoki yuqori tishlarning milki orasidagi to’siqda hosil bo’ladigan undoshlar.
Til oldi- tanglay undoshlari - til oldi qismining qattiq tanglay tomon ko’tarilishidan hosil bo’lgan to’siqda yuzaga keladigan undoshlar.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling