Ona tili va adabiyot fanidan


ILMIY ADABIYOTLAR BILAN ISHLASH VA ULARNI O‘RGATISH


Download 1.44 Mb.
bet167/208
Sana08.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#245507
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

ILMIY ADABIYOTLAR BILAN ISHLASH VA ULARNI O‘RGATISH

TEXNIKASI
Ma’naviy-ma’rifiy buloqlarimiz hisob- langan Qur’oni Karim va muborak Hadislarda ham, Imom al- Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy va boshqa allomalaming qarashlarida ham odam ma’naviy kamolotini ta’minlashga doir fikrlar ustuvorlik qiladi.
Mustaqillik davrida adabiyot o‘qitish metodikasi sohasida tadqiqot olib borgan Q. Yo‘ldoshev, S. Matjonov va M. Mirqosi- mova singari olimlaming ilmiy ishlarida o‘quvchi tafakkuri mustaqilligi masalasiga ma’lum darajada e’tibor qaratilgan.
Qomusiy olimlardan yana biri Abu Ali ibn Sino badiiy asarning inson ruhiyatiga ta’siri haqida gapirib, g‘azal eshitilganda ko‘ngil kishilarining ahvoli shodlik va kulguga yoki g‘amginlik va yig‘iga moyil bo‘lishini, ayniqsajudolik va hajr tilga olinganda bu holatlar ortishini alohida ta’kidlaydi.
Abu Rayhon Beruniy ham «Avesto», arab adabiyoti, «Kalila va Dimna», hind adabiyotiga oid ko‘plab asarlami tahlil qilib, ulami qiyoslarkan, kitobxonni ulardan o‘mak va namuna olishga chaqiradi.


  1. Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida ham alohida, birgalashib va ko‘plashib o‘qish haqida qarashlar mavjudligini ko‘rish mumkin.

155


Yusuf Xos Hojib ham o‘z bitiklarida so‘z va uning ma’nolariga alohida to‘xtalib o‘tgan. U badiiy so‘zni «muqaddas hodisa» deb biladi. Insonning aqlu zakovati shu hodisalami ajrata olishida namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi. So‘z va u tashiydigan ma’nolami bilish uchun tarbiyalanuvchi bunga yo‘naltiradigan shaxsga ehtiyoj sezishini aytadi. Ko‘rinadiki, hamma zamonlarda ham badiiy so‘z va uning tahliliga zarurat bo‘lgan.
Alisher Navoiy, Bobur, Munis, Abdulla Avloniy, Hamza Ha- kimzoda Niyoziy va boshqa adiblar ijodida ham badiiy so‘zning inson tarbiyasiga, uning ma’naviy kamolotiga ta’siri bilan bog‘liq qimmatli fikrlami juda ko‘plab uchratish mumkin.
XVII asrdan XIX asming birinchi yarmigacha o‘tgan davrda, ayniqsa, XIX asming ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Turkis- tonda pedagogik, metodik fikr o‘ziga xos tarzda rivojlandi. Ma- salan, Dilshod Bamo (1800 - 1906) asarlaridan uning ellik bir yil maktabdorlik qilganini, to‘qqiz yuzga yaqin qizni savodli qilib chiqarganini, ulardan yaqin to‘rtdan bir qismi «tab’i nazmi bor» shoira, oqila qizlar bo‘lib yetishganini ko‘rish mumkin. Anbar Otindek taniqli shoira ham Dilshod Bamo maktabining o‘quvchisi bo‘lganini ta’kidlash o‘rinlidir.
Adabiyot o‘qitish ishiga o‘tgan asr boshlarida alohida e’tibor qaratildi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Hamza Ha- kimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon kabi shoir va yozuvchilar o‘zbek xalqining ma’rifatli bo‘lishi ma’naviy kamolotning asosi ekanini nazarda tutib izlandilar, yangicha mazmundagi asar- lar yaratishga kirishdilar.
Masalan, Behbudiy o‘zining «Padarkush» nomli bitigida ma’rifatning inson hayoti, insoniyat taqdiri uchun qanchalik katta ahamiyat kasb etishini namoyish etgan. Milliy va insoniy qadriyatlami anglashda ma’rifatli bo‘lish zarurligini alohida ta’kidlagan.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling