Ona tili va adabiyot fanidan
Download 1.44 Mb.
|
2020 metodika ona tili majmua
Sodda gap turlari
Sodda gaplar grammatik asosining tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: ikki bosh bo‘lakli gaplar va bir bosh bo‘lakli gaplar. Grammatik asosi ikki bosh bo‘lakdan ega va kesimdan iborat bo‘lgan gaplar ikki bosh bo‘lakli gaplar deyiladi. Masalan: Mehnatdan do‘st ortar. (Maqol). Grammatik asosi bir bosh bo‘lakdan iborat bo‘lgan gaplar bir bosh bo‘lakli gap deb yuritiladi. Masalan: Gapni gapir uqqanga, jonni jonga suqqanga. (Maqol). Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklarning qatnashishi-qatnashmasligiga ko‘ra ikki xid bo‘ladi: yig‘iq gaplar va yoyiq gaplar. Bosh bo‘laklardangina yoki bir bosh bo‘lakdan tashkil topgan gap yig‘iq gap, ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Yomg‘ir tindi. Bulutlar hamon qaysarlik bilan quyosh yuzini to‘sib turardi. (S.Karomatov). Birinchi gap yig‘iq gap bo‘lib, faqat bosh bo‘laklardan tuzilgan. Ikkinchi gapda bosh bo‘laklar (bulutlar – ega, to‘sib turardi – kesim)dan tashqari , ikkinchi darajali bo‘laklar ham (hamon, qaysarlik bilan - hollar, quyosh - aniqlovchi, yuzini – to‘ldiruvchi) qatnashgan. Shuning uchun bu gap yoyiq gapdir. Bir bosh bo‘lakli gaplar ham, ikki bosh bo‘lakli gaplar ham zarur bo‘laklarning to‘la ifodalanishi yoki tushirilishiga ko‘ra ikki turga ajratiladi: to‘liq gap va to‘liqsiz gap. To‘liq gaplarda zarur bo‘laklarning barchasi qatnashadi, to‘liqsiz gaplarda zarur bo‘laklarning biri yoki bir qismi tushiriladi. Masalan: - Ilgari qaerda ishlagan edilar? (To‘liq gap). – Dastavval Surxondaryoda, keyin qarshi cho‘lida. (O.Y.) (To‘liqsiz gap). Sodda gaplar bo‘laklarga ajralish-ajralmasligiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: bo‘laklarga ajraladigan gaplar va bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar. So‘zlar bog‘lanmasidan yoki yakka so‘zdan tuzilib, gap bo‘laklarini aniqlash (ajratish) mumkin bo‘lgan gaplar bo‘laklarga ajraladigan gaplar deb yuritiladi. Masalan: Mashina darvoza oldida to‘xtadi. (O.Y.). Bir so‘zdan tashkil topib, tarkibi bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar yoki so‘z-gaplar deyiladi. Masalan: - Assalomu alaykum, dada. (P.Q.). Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling