“ona tili va adabiyot fanini o‘qitishning dolzarb masalalari”
Download 38.68 Kb. Pdf ko'rish
|
005Gt6tRZsnzcMLAEvjaITSAXxQvsNRFc1eIuwPT
Ta’kidiydiktant Mehnat – mehnatning tagi rohat Mehnat inson hayotini bezaydi. Uni elga tanitadi, ulug‘laydi. Obro‘- e’tiborini oshiradi.Mehnat qilgan odamning vaqti bekor ketmaydi. Orzu- maqsadiga erishadi. Bitirgan ishi bilan quvonadi. O‘quvchi uchun asosiy mehnat o‘qishdir. O‘qish uchun sabr-toqat, iroda kerak. Mehnatga yoshlikdan o‘rganish kerak. Darslarni qunt bilan tinglash, uy vazifalarini vaqtida bajarish ham mehnatdir. Qunt bilan qilingan ishning oqibati yaxshi bo‘ladi. Qunt bilan ishlashga odatlaning. (65 so‘z) Topshiriq. Mаtndаgi juft so‘zlаrni аniqlаng. Natija:Matnda so‘zlarni to‘g‘ri yozish va juft so‘zlarimlosini o‘rganishadi. O‘quvchilarning yozma savodxonligini oshirish lug‘at ustida ishlashni tashkil etish, ularning nutqini o‘stirish bilan uzviy bog‘liqdir. Ta’lim jarayonida yozma savodxonlikni oshirishning bir necha omillari bo‘lib, bularga mantiqiy fikrlash, xotira ziyrakligi kabilar kiradi. O‘quvchilarning savodxonligini oshirishda so‘zlarni to‘g‘ri yozishga o‘rgatish muhim rol o‘ynaydi, ya’ni bu o‘rinda yozma mashqlarning ahamiyati katta. O‘qituvchi o‘quvchilarga so‘zlarning qanday yozilishi haqida izchillik bilan bilim berib boradi. Natijada ularning lug‘at boyligi o‘tilgan mavzularga oid so‘zlar hisobiga boyiydi. So‘z tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. So‘z va so‘z birik-masi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud boigan barcha so‘z va iboralarning yig‘indisi lug‘at tarkibi yoki leksiko deyiladi. Leksikologiya o‘zbek tilining lug‘at tarkibini o‘rganadigan bo‘limdir. Leksikologiya lug‘at tarkibidagi so‘zlarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati, qo‘llanish faolligi, boyib borislii, ba’zi so‘zlarning eskirib, iste’moldan chiqib ketishi, ma’no ko‘chish hodisasi kabilarni o‘rganadi. Shu sababli leksikologiya lug‘at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi. Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o‘zaro bog‘langan, mazmunga mos so‘z va so‘z birikmalarining ma’lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug‘ati qanchalik boy va rivojlangan bo‘lsa, uning nutqi ham shunchalik boy bo‘ladi; o‘z fikrini aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun lug‘atning boyligi, xilma- xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning muhim sharti hisoblanadi. O‘quvchi lug‘atining boyishiga, birinchi navbatda, uni o‘rab olgan muhit, tabiat, kishilarning hayoti, kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan muloqatlari asosiy manba vazifasini bajaradi. Bola tabiat va insonlar bilan munosabatda bo‘lishi natijasida so‘z, ibora tasviriy ifoda, maqol, hikmatli so‘zlarni o‘rganadi, ularni o‘z so‘zlariga aylantiradi. Badiiy asarlar o‘quvchilar lug‘atini va nutqini boyitishda eng ishonarli manba hisoblanadi. Ona tili darslarida badiiy asarlar bilan tanishish, tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar lug‘ati ma’lum mavzular bo‘yicha ham boyib boradi. Yozma savodxonlikni oshirish borasidagi yana bir usul “Imlo lug‘ati” bilan ishlashdir. “Imlo lug‘ati” bilan ishlash o‘quvchilarni to‘g‘ri yozishga o‘rgatishning muhim vositalaridan hisoblanadi.Ta’limning bu turi o‘quvchilarda kuzatuvchanlikni tarbiyalaydi, ularning nutq madaniyatini, fikrlash qobiliyatini o‘stradi, lug‘at boyligini kengaytiradi, o‘quvchilarda savodli yozish malakasini takomillashttiradi. “Imlo lug‘ati” bilan ishlashga alohida e’tibor berilishi kerak. “Imlo lug‘ati” ustida ishlash alifboni o‘rganish bilan bog‘liq. O‘quvchilar alifboni yaxshi o‘rganib olgach “Imlo lug‘ati” bilan ishlashga o‘tiladi. Bunda ko‘roq imlosi qiyin so‘zlarni o‘rgatish ko‘zda tutiladi. Masalan, allaqaysi, allaqayer, parvona, vazifa, insof kabi so‘zlar tanlanadi. O‘quvchilarda “Imlo lug‘at’’ bor-yo‘qligini aniqlanadi, kimda lug‘at bo‘lmasa, tayyorlab qo‘yilgan lug‘at beriladi. Darsda “allaqaysi” so‘zini toppish topshirig‘i berilsa, o‘quvchi alifboni yaxshi bilsa, tezda topadi va yozisho‘qishni yaxshi o‘zlashtirib oladi. Bunda shunday xam bo‘ladi-ki o‘quvchi ayrim so‘zlarning birinchi harfini bilmaganligi uchun qiynaladi. Bu ko‘proq p yoki f , x va H xarflarini bilan boshlanuvchi so‘zlarda kuzatiladi. Mashqlarning bu turi, bir tomondan, o‘quvchilarni alifbodan foydalanishda o‘rgatsa, ikkinchi tomondan, topilgan so‘zlarning yozilishini esda saqlab qolishiga yordam beradi. Har bir o‘quvchi savodxonlikni oshirishda imlo lug‘atidan foydalanishi juda muhim. Lug‘at daftarlarini yuritish ham ijobiy natija beradi. Uyga vazifalar ham ko‘proq imlo bilan ishlashni ko‘zda tutsa, bu savodxonlikni oshirishda yaxshi samara beradi. Ta’lim jarayonida yozma savodxonlikni oshirishdaginyana bir usul “Lug‘at doskasi” dir. O‘quvchilarning savodxonligini oshirishda “Lug‘at doskasi”dan ham keng foydalaniladi.O‘quvchilarning yozma ishlarida ko‘pincha xato yozilgan so‘zlar, yozilishi haar xil bo‘lgan so‘zlar, Ruscha va internotsional so‘zlar “Lug‘at doskasi” orqali o‘rnatiladi va har haftada yangilab turiladi. O‘quvchilar ko‘proq qo‘shma otlarda adashishlarini inobatga olib, mashqlarni shunga qaratish kerak. Masalan: olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh, ko‘zoynak, nosqovoq kabi. Bugungi kunda texnika tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotganligi sababli boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlarni ham yozib yuborish talab etiladi. Masalan: akademik, akkordeon, aksionerlik, kalkulator, kaleydoskop. Yozma savodxonlikda “Xatolarni tuzatish” usuli alohida o‘rin tutadi. O‘qituvchi o‘quvchilarning yozma ishini tekshirib, xatolarini tuzatib bormaasa, o‘quvchi kekyingi mashqlarni bajarishga qiziqmaydi yoki beparvo qaraydi. O‘quvchi o‘zining har qanday yozma ishi o‘qituvchining e’tiborida bo‘lishini sezib turishi kerak. Bu o‘quvchiga ruhiy dalda beradi. Xatolarni tuzatishga o‘quvchining o‘zini jalb qilish kerak. Sinfda bajarilgan mashqlar shu yerning o‘zida o‘qituvchi rahbarligida tekshiriladi. Bunda o‘quvchi o‘z yozganlarini tekshiradi va xatolarini tuzatadi. Download 38.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling