Ona tili va adabiyot o‘zlashma qatlamga oid so‘zlar
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Ijod maktablari
ONA TILI VA ADABIYOT 1.O‘zlashma qatlamga oid so‘zlar qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A. Ko‘klam, oyoq, kitob B. Bahor, non, pul C. Brifing, to‘ng‘ich, bugun D. Quvonch, ko‘klam, bugun 2.Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi so‘zni tanlang. … - raqamli valyutaning bir turi bo‘lib, masofaviy xaridlar uchun mo‘ljallangan. A. Virtual B. Bitkoin C. Kriptovalyuta D. Brifing 3.Qisqartma so‘zlar to‘g‘ri yozilgan qatorni aniqlang. A. O‘zmu, Samdu B. BMT, Yunesko C. MMS, IG D. “Facebook”, “YouTube” 4.Hisob so‘zlar qo‘llangan javobni belgilang. A. Zamonaviy samolyotlar parvoz qilishi uchun taxminan necha tonna kislorod kerak? B. Suvning gradusi 100 ga teng bo‘lganda u qaynay boshlaydi. C. U tonnalab paxta terardi. D. Odam tanasining 75 foizi suvdan iborat. 5.Ko‘makchi fe’l vazifasida ham o‘z ma’nosini saqlovchi fe’lni toping. A. Yubormoq B. Bermoq C. Olmoq D. Boshlamoq 6.M:“K”, - m. Ushbu ko‘chirma gap qolipiga mos keluvchi gapni aniqlang. A. Payg‘ambardan bir kishi so‘rabdi: “Ey Rasululloh, men kimni hurmat qilay?” B. “O‘z onangni”, - deb javob beribdi Payg‘ambar. C. Payg‘ambar: “O‘z otangni, so‘ngra yaqinlaringni va qarindoshlaringni”, - deb javob beribdi. D. “Ertaga, - dedi ukam hovliqib: uyimizga mehmon keladi”. 7. Quyida berilgan yetakchi fe’lga mos keluvchi ko‘makchi fe’lni toping. Ko‘chira ... A. Ketmoq B. Qo‘ymoq C. Chiqmoq D. Turmoq 8-10. Quyida berilgan matn asosidagi topshiriqlarni bajaring. Bir kuni Durroj tuzoqqa tushib qoldi. U ovchiga yalinib dedi, Sen meni qo‘yib yuborsang, barcha do‘stlarimni aldab kelib, tuzog‘ingga tushirib beraman. Ovchi bu gapdan achchiqlanib dedi, Yo‘q, ovora bo‘lmay qo‘yaqol, men seni qo‘yib yubormayman. O‘z joningni qutqarmoq uchun do‘stlaringga xiyonat qilmoqchimisan. Sofdil qushlardan ko‘ra xiyonatkor do‘stning o‘lgani yaxshi. 8.Matnda berilgan quyidagi ko‘chirma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari to‘g‘ri qo‘yilgan javobni aniqlang. A. U ovchiga yalinib dedi: Sen meni qo‘yib yuborsang, barcha do‘stlarimni aldab kelib, tuzog‘ingga tushirib beraman. B. U ovchiga yalinib dedi: “Sen meni qo‘yib yuborsang, barcha do‘stlarimni aldab kelib, tuzog‘ingga tushirib beraman”. C. U ovchiga yalinib dedi: “Sen meni qo‘yib yuborsang, barcha do‘stlarimni aldab kelib, tuzog‘ingga tushirib beraman.” D. U ovchiga yalinib dedi, “Sen meni qo‘yib yuborsang, barcha do‘stlarimni aldab kelib, tuzog‘ingga tushirib beraman”. 9.Matn mazmuniga mos keluvchi fikrni aniqlang. A. Ovchi Durrojga imkoniyat berishi kerak edi. B. Yolg‘on ishlatib bo‘lsa ham, har qanday holatda o‘zini qutqarish lozim. C. Durroj do‘stlariga har doim yaxshilik qiladi. D. Bitta xiyonatkorni deb barcha qushlar nobud bo‘lishlari mumkin. 10.Quyida berilgan maqollardan matn mazmuniga mos kelmaydiganini belgilang. A. Aybsiz do‘st izlagan do‘stsiz qolar. B. Bostirmadan ayvon yaxshi, Yomon do'stdan hayvon yaxshi. C. Do'st og'ir kunda bilinar. D. Do'st ziyonkor bo'lmas, Ziyonkor do'st bo'lmas. 11.Bu ishlari bitgach, onasi bilan birga alifbeni o‘rganishga kirishardi. Otasi yordamida hisob ilmini o‘rganishga kirishganida esa butunlay jonlanib ketar, jajji barmoqlarini galma-gal bukib, otasining g‘alati savollari ustida rosa bosh qotirardi. Ushbu parchada qaysi asar qahramoni haqida ma’lumot berilgan? A. “Bir kunlik yoz” B. “O‘n besh yoshli kapitan” C. “Birinchi sinov” D. “O‘qituvchi odam bo‘lgan ekan” 12.Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi so‘zni tanlang. Missis Ueldon o‘g‘ilchasi bilan “Piligrim”da sayohat qilmoqchi bo‘lgani to‘g‘risidagi xabarni eshitgandan keyin suyunganidan … ning og‘zi qulog‘iga yetdi. A. Jek B. Dik C. Negoro D. Gul 13.“ O‘n besh yoshli kapitan” asari qahramonlari to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang. A. Sanbin, Jek, Dik B. Mari, Tommi, Negoro C. Uilyam, Margo, Dik D. Gul, Dik, Jek 14.Suratda keltirilgan uskunaning nomi va u qaysi asarda uchrashini aniqlang. A. Shtirbort, “Bir kunlik yoz” B. Xronometr, “O‘n besh yoshli kapitan” C. Reya, “Birinchi sinov” D. Bushprit, “O‘qituvchi odam bo‘lgan ekan” 15.“O‘rta bo‘yli, baquvvat, qora soch bir yigit bo‘lib, ko‘zlari ko‘m-ko‘k, hadsiz irodali bir kimsa”. Ushbu portret qaysi qahramonga tegishli? A. Negoro B. Jek C. Dik Send D. Gul 16. Shaxs, narsa yoki voqea-hodisaning biron-bir jihati, xususiyati ajratib ko‘rsatiluvchi badiiy tasvir vositasini aniqlang. A. Jonlantirish B. Takrorlash C. Sifatlash D. O‘xshatish 17. Bugungi hayotimizdagi maktablar va chop etilayotgan kitoblarning qadriga yetishimiz va ularni qadrlashimiz haqidagi fikrlar qaysi asar g‘oyasiga mos keladi? A. “Bir kunlik yoz” B. “O‘n besh yoshli kapitan” C. “Birinchi sinov” D. “O‘qituvchi odam bo‘lgan ekan” 18. “O‘n besh yoshli kapitan” asari qahramoni Dikni Ueldonlar oilasi yaxshi ko‘rishiga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlang. 1. Dik Jekni o‘z ukasidek ko‘rardi. 2. Dik kemani halokatdan qutqarib qolgandi. 3. Negoroning kemadan pul o‘g‘irlaganini oshkor qildi. 4. Missis Ueldonni onasidek yaxshi ko‘rardi. A. 1,2 B.2,3 C.3,4 D. 1,4 19. “O‘n besh yoshli kapitan” asari mazmuniga mos keluvchi fikrni aniqlang. A. “Piligrim” kemasidagilar orolni ko‘rib qolganlarida Dingo o‘zini g‘alati tutadi. Keyinchalik asarda bu orol itga tanish ekani oydinlashadi. B. “Valdek” kemasining falokatidan keyin Negoroning Dik o‘ylaganday xoin emasligi ma’lum bo‘ldi. C. Dik kemadagi matroslarning eng tajribalisi bo‘lganligi tufayli uni kapitan qilib qo‘yishdi. D. Dik Negoroning yordami bilan kemani quruqlikka olib bordi. 20. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling