Ona tili va adabiyot Qush edim, qanotim qayrildi; gul edim
Download 64.97 Kb. Pdf ko'rish
|
07.05.Onlayn test
Ona tili va adabiyot 1. Qush edim, qanotim qayrildi; gul edim, bulbulimdan ayrildim; ko‘nglim sindichil-chil; mening ozurda yuragimni bu kun so‘roqlamas hechkim. Ushbu gapda fonetik qoida asosida yozilgan so‘zlar qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan? 1) ega 2) kesim 3) aniqlovchi 4) to‘ldiruvchi A) 1, 2 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 2, 4 2. Undoshlar qaysi xususiyatiga ko‘ra jarangli va jarangsiz undoshlargaajratiladi? A) tovush paychalarining ishtirokigako‘ra B) paydo bo‘lish o‘rnigako‘ra C) aytilish usuligako‘ra D) ovozning ishtirokigako‘ra 3. Imlo qoidasiga ko‘ra qaysi so‘zto‘g‘ri yozilgan? A) uzur B) tadbiq C) mayil D) afv 4. 1.Salimuygaborgunchayo‘l-yo‘lakay gapiribketdi. 2. O‘g‘li bir yoshligidayoq gapirib ketdi. Ushbu gaplardagi gapirib ketdi birligi qaysi javobda to‘g‘ri tahlil qilingan? A) har ikkalasi ko‘makchi fe’lli so‘zqo‘shilmasi B) birinchisida qo‘shma fe’l, ikkinchisida ko‘makchi fe’lli so‘zqo‘shilmasi C) birinchisida so‘z birikmasi, ikkinchisida ko‘makchi fe’lli so‘zqo‘shilmasi D) birinchisida ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi, ikkinchisida qo‘shmafe’l 5. Soyaga qarab to‘n bichma maqolidagi to‘n bichmoq iborasining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘riizohlangan? A) rag‘batlantirmaslik B) andazaolmoq C) bahobermoq D) xato ishqilmoq 6. yumshoq non, yumshoq ovoz, yumshoq gapirmoq birikuvlaridagi yumshoq so‘zi qaysi qatorda to‘g‘riizohlangan? A) bir so‘zning turlima’nolari B) bir xil shakldagi uchtaso‘z C) bir xil ma’nodagi uchtaso‘z D) o‘zaro paronimso‘zlar 7. Qaysi gapda to’rtta yasama so‘z ishtirok etgan? A) Ha, bu yurtlar chiroyli, daraxtzor bo‘lgani bilansovuq. B) Mehmon jiddiylashdi, nimanidir isbotlamoqchi bo‘lganday keskin gapirdi. C) Semizlikni qo‘y ko‘tarar deganlaridek, Omonga badavlatlik yoqmasedi. D) U bolalikdan dorbozlarningo‘yinlarini yoqtirar edi. 8. Qaysi qatorda sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalaro‘zaroomonimlik(shakldoshlik) hosilqilgan? A) to‘plam-akam B) ishlang-opang C) do‘sti-boyi D) buloqqa-loyqa 9. -q qo‘shimchasi qaysi o‘zaklardan faqat sifat yasaydi? A) titra, chanqa,suva B) porla, tarqa,qayna C) o‘ta, taya,sana D) tara, qula,ata 10. Qaysi gapda qo‘shma olmoshmavjud? A) Siz o‘zingizni tuproq bilantenglashtirmoqchi bo‘lgansiz, lekin men hozir Kumushga ham qanoatlanmay, Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim. B) Shu-shu bo‘ldi-yu, Tursunboyning qulog‘idan Zebixonning ovozi nari ketmayqoldi. C) Hamma unga o‘girilib qarar,ammo Sattor Roziyadan boshqa hech kimni ko‘rmas edi. D) O‘zboshimcha unmas, o‘zbilarmon yolchimas. 11. Quyidagi shakllardan qaysi biri kelasi zamon hosilqiladi? 1) -(a)y; 2) -(a)r; 3) -di; 4) -moqda; 5) -ajak; 6) -gandi; 7)-moqchi A) 2, 3, 6,7 B) 3, 5, 6,7 C) 1, 4, 5,7 D) 1, 2, 5,7 12. Qaysi qatorda vazifadosh modal so‘zlar berilgan? A) ehtimol, aftidan,shubhasiz B) attang, albatta,balki C) chamasi, darhaqiqat,avvalo D) afsuski, taxminan,attang 13. Qaysi ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida bog‘langan ergashgan qo‘shma gaplarda ergash gaplar bosh gapdan oldin keladi? A) chunki,negaki B) toki C) go‘yoki,xuddi D) basharti,mabodo 14. Qaysi gapda egaqo‘llangan? A) O‘zboshimchalikka yo‘lqo‘yilmasin. B) Uquvi yo‘q har qadamdaqoqiladi. C) Tarbiyachi va o‘qituvchi bo‘lish uchun chidam bilano‘qiladi. D) O‘zinigina o‘ylovchi kishini yaxshi odam deb bo‘lmaydi. 15. Harakat nomi bilan ifodalangan vositasiz to‘ldiruvchi qo‘llangan gapnitoping. A) Uning kulib boqishlarini bir zum ham unutmayman. B) O‘quvchilar dam olishga dala shiyponiga kelishdi. C) Mening borishimdan sizga nimafoyda? D) So‘rashdan uyalma, bilmaslikdanuyal. 16. Yigit-qizlarimiz o‘z aql-zakovati, kuch- qudratini to‘la-to‘kis namoyon qila olishi kerak. Ushbu gapda juft so‘zlar qanday gap bo‘lagi vazifasidakelgan? A) ega, vositasiz to‘ldiruvchi, sifatlovchi aniqlovchi B) ega, vositasiz to‘ldiruvchi,hol C) ega, vositasiz to‘ldiruvchi,kesim D) qaratqich aniqlovchi, vositasiz to‘ldiruvchi, sifatlovchianiqlovchi 17. Ayiruv bog‘lovchisi yordamida birikkan uyushiq aniqlovchi qatnashgan gapnianiqlang. A) Goh qor, goh yomg‘iryog‘adi. B) Bog‘imizdagi na qizil, na oq atirgullarochildi. C) Qizlar goh undan, goh bundan gaplashib, hovliaylanishdi. D) Bir akamning, bir ukamning muammosi chiqibturadi. 18. Qaysi vosita bilan bog‘langanda ergash gap bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi ma’nosini izohlabkeladi? A) -sa shart mayli qo‘shimchasiyordamida B) -ki yuklamasiyordamida C) deb bog‘lovchi vazifasidagi so‘zyordamida D) shu bois ko‘makchili qurilmayordamida 19. G‘animlar duch kelar // jang bo‘lar puxta. Ushbu qo‘shma gap qismlari orasiga qanday tinish belgisiqo‘yiladi? A)vergul B)tire C)ikkinuqta D) nuqtalivergul 20. “Shunday niginga qarasa, niginning yuzida xati bor, yer yuzida jami parini bandiga olgan bandi bor, olam mamlakatiga bermaydigan xosiyati bor, har yerda suluv barno qiz bo‘lsa, oti bor. . .” Ushbu tilsimli ashyo uchraydigan dostonni ko‘rsating. A) ”Ravshan”dostoni B) ”Kuntug‘mish”dostoni C) ”Alpomish”dostoni D) ”Rustamxon”dostoni 21. Siyosat va davlatga munosabat borasidagi mulohazalar bayon etilgan ”Qasidai nasihat” kimning asari? A) Mashrab B) Munis C) Navoiy D) Ogahiy 22. Muqimiyning ”Sayohatnoma” asaridaqaysi joy firdavs bog‘igao‘xshatiladi? A) Do‘rmancha B) Oltiariq C) Roshidon D) O‘ltarma 23. Mirzo Ulug‘bek saroyida xizmat qilganshoir nomi qaysi qatordaberilgan? A)Jomiy B)Navoiy C)Atoyi D) AliQushchi 24. Turkiy adabiyotda g‘azalning ilk namunasi qaysi asardauchraydi? A) ”Qutadg‘ubilig”da B) ”Devonu lug‘otitturk”da C) ”Muhabbatnoma”da D) ”Qisas-arRabg‘uziy”da 25. Navoiy ”Xamsa”sidagi hajm jihatdaneng katta asarnitoping. A) ”Hayrat ul-abror” B) ”Farhod va Shirin” C) ”Saddi Iskandariy” D) ”Sab’ai sayyor” 26. “Oliy ruhlar to’g’risida rivoyat”quyidagi qaysi asardan o’rinolgan? A) “Sohibqiron” , AbdullaOripov B) “Ruhlar isyoni”, ErkinVohidov C) “Dunyoningishlari”,O’tkirHoshimov D) “Yulduzlar mangu yonadi”, T.Murod 27. Shukur Xolmirzayev qalamiga mansub romanlarnianiqlang. A) ”So‘nggi bekat”, ”Qil ko‘prik”,“Yo‘lovchi” B) ”Bulut to‘sgan oy”,”Qil ko‘prik”, ”Dinozavr” C) ”Qahramonning so‘nggi kuni”,”Yo‘lovchi” D) ”Dinozavr”, ”So‘nggi bekat”, ”Taqdir bashorati” 28. Qaysi o‘zbek adibining birinchi yirik asari Istanbulda chopetilgan? A) Hamza B) Avloniy C) Qodiriy D) Fitrat 29. A.Oripovning quyidagi satrlaridanimaning timsolichizilgan? ”Shabnam shovullaydi bog‘lar qo‘ynida, Salqin tuman ichra bo‘zarar tonglar, Quyoshning erinchak yog‘dularida, Nafis yaltiraydi bargi xazonlar”. A) bahor B) kuz C) vatan D) xalq 30. X.To‘xtaboyev 14 yil davomida gazetada ishlagan vaqtida asosan qanday janrdagi asarlarniyozgan? A)maqola B)ocherk C)felyeton D)intervyu Download 64.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling