Ona tili va adabiyot Qush edim, qanotim qayrildi; gul edim


Download 64.97 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.03.2023
Hajmi64.97 Kb.
#1284477
Bog'liq
07.05.Onlayn test



Ona tili va adabiyot
1. Qush edim, qanotim qayrildi; gul edim, 
bulbulimdan ayrildim; ko‘nglim sindichil-chil; 
mening ozurda yuragimni bu kun so‘roqlamas 
hechkim.
Ushbu gapda fonetik qoida asosida yozilgan so‘zlar 
qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
1) ega 2) kesim 3) aniqlovchi 4) to‘ldiruvchi
A) 1, 2 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 2, 4
2. Undoshlar qaysi xususiyatiga ko‘ra jarangli va 
jarangsiz undoshlargaajratiladi?
A) tovush paychalarining ishtirokigako‘ra
B) paydo bo‘lish o‘rnigako‘ra
C) aytilish usuligako‘ra
D) ovozning ishtirokigako‘ra
3. Imlo qoidasiga ko‘ra qaysi so‘zto‘g‘ri yozilgan?
A) uzur B) tadbiq C) mayil D) afv
4. 1.Salimuygaborgunchayo‘l-yo‘lakay 
gapiribketdi.
2. O‘g‘li bir yoshligidayoq gapirib ketdi. Ushbu 
gaplardagi gapirib ketdi birligi qaysi javobda to‘g‘ri 
tahlil qilingan?
A) har ikkalasi ko‘makchi fe’lli so‘zqo‘shilmasi
B) birinchisida qo‘shma fe’l, ikkinchisida ko‘makchi
fe’lli so‘zqo‘shilmasi
C) birinchisida so‘z birikmasi, ikkinchisida 
ko‘makchi fe’lli so‘zqo‘shilmasi
D) birinchisida ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi, 
ikkinchisida qo‘shmafe’l
5. Soyaga qarab to‘n bichma maqolidagi to‘n 
bichmoq iborasining ma’nosi qaysi qatorda 
to‘g‘riizohlangan?
A) rag‘batlantirmaslik
B) andazaolmoq
C) bahobermoq
D) xato ishqilmoq
6. yumshoq non, yumshoq ovoz, yumshoq gapirmoq
birikuvlaridagi yumshoq so‘zi qaysi qatorda 
to‘g‘riizohlangan?
A) bir so‘zning turlima’nolari
B) bir xil shakldagi uchtaso‘z
C) bir xil ma’nodagi uchtaso‘z
D) o‘zaro paronimso‘zlar
7. Qaysi gapda to’rtta yasama so‘z ishtirok etgan?
A) Ha, bu yurtlar chiroyli, daraxtzor bo‘lgani 
bilansovuq.
B) Mehmon jiddiylashdi, nimanidir isbotlamoqchi 
bo‘lganday keskin gapirdi.
C) Semizlikni qo‘y ko‘tarar deganlaridek, Omonga 
badavlatlik yoqmasedi.
D) U bolalikdan dorbozlarningo‘yinlarini yoqtirar 
edi.
8. Qaysi qatorda sintaktik shakl yasovchi 
qo‘shimchalaro‘zaroomonimlik(shakldoshlik) 
hosilqilgan?
A) to‘plam-akam
B) ishlang-opang
C) do‘sti-boyi
D) buloqqa-loyqa
9. -q qo‘shimchasi qaysi o‘zaklardan faqat sifat 
yasaydi?
A) titra, chanqa,suva
B) porla, tarqa,qayna
C) o‘ta, taya,sana
D) tara, qula,ata
10.
Qaysi gapda qo‘shma olmoshmavjud?
A) Siz o‘zingizni tuproq bilantenglashtirmoqchi 
bo‘lgansiz, lekin men hozir Kumushga ham 
qanoatlanmay, Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim.
B) Shu-shu bo‘ldi-yu, Tursunboyning qulog‘idan 
Zebixonning ovozi nari ketmayqoldi.
C) Hamma unga o‘girilib qarar,ammo
Sattor Roziyadan boshqa hech kimni ko‘rmas edi.
D) O‘zboshimcha unmas, o‘zbilarmon yolchimas.
11.
Quyidagi shakllardan qaysi biri kelasi zamon 
hosilqiladi?
1) -(a)y; 2) -(a)r; 3) -di; 4) -moqda; 5) -ajak;
6) -gandi; 7)-moqchi
A) 2, 3, 6,7
B) 3, 5, 6,7
C) 1, 4, 5,7
D) 1, 2, 5,7
12.
Qaysi qatorda vazifadosh modal so‘zlar berilgan?
A) ehtimol, aftidan,shubhasiz
B) attang, albatta,balki
C) chamasi, darhaqiqat,avvalo
D) afsuski, taxminan,attang
13.
Qaysi ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida 
bog‘langan ergashgan qo‘shma gaplarda ergash gaplar 
bosh gapdan oldin keladi?
A) chunki,negaki
B) toki
C) go‘yoki,xuddi
D) basharti,mabodo
14.
Qaysi gapda egaqo‘llangan?
A) O‘zboshimchalikka yo‘lqo‘yilmasin.
B) Uquvi yo‘q har qadamdaqoqiladi.
C) Tarbiyachi va o‘qituvchi bo‘lish uchun chidam 
bilano‘qiladi.
D) O‘zinigina o‘ylovchi kishini yaxshi odam deb 
bo‘lmaydi.


15. Harakat nomi bilan ifodalangan vositasiz 
to‘ldiruvchi qo‘llangan gapnitoping.
A) Uning kulib boqishlarini bir zum ham 
unutmayman.
B) O‘quvchilar dam olishga dala shiyponiga 
kelishdi.
C) Mening borishimdan sizga nimafoyda?
D) So‘rashdan uyalma, bilmaslikdanuyal.
16. Yigit-qizlarimiz o‘z aql-zakovati, kuch- 
qudratini to‘la-to‘kis namoyon qila olishi kerak. 
Ushbu gapda juft so‘zlar qanday gap bo‘lagi 
vazifasidakelgan?
A) ega, vositasiz to‘ldiruvchi, sifatlovchi 
aniqlovchi
B) ega, vositasiz to‘ldiruvchi,hol
C) ega, vositasiz to‘ldiruvchi,kesim
D) qaratqich aniqlovchi, vositasiz to‘ldiruvchi, 
sifatlovchianiqlovchi
17. Ayiruv bog‘lovchisi yordamida birikkan uyushiq
aniqlovchi qatnashgan gapnianiqlang.
A) Goh qor, goh yomg‘iryog‘adi.
B) Bog‘imizdagi na qizil, na oq atirgullarochildi.
C) Qizlar goh undan, goh bundan gaplashib, 
hovliaylanishdi.
D) Bir akamning, bir ukamning muammosi 
chiqibturadi.
18. Qaysi vosita bilan bog‘langanda ergash gap 
bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi ma’nosini 
izohlabkeladi?
A) -sa shart mayli qo‘shimchasiyordamida
B) -ki yuklamasiyordamida
C) deb bog‘lovchi vazifasidagi so‘zyordamida
D) shu bois ko‘makchili qurilmayordamida
19. G‘animlar duch kelar // jang bo‘lar puxta. 
Ushbu qo‘shma gap qismlari orasiga qanday tinish 
belgisiqo‘yiladi?
A)vergul
B)tire
C)ikkinuqta
D) nuqtalivergul
20. “Shunday niginga qarasa, niginning yuzida xati 
bor, yer yuzida jami parini bandiga olgan bandi bor, 
olam mamlakatiga bermaydigan xosiyati bor, har 
yerda suluv barno qiz bo‘lsa, oti bor. . .”
Ushbu tilsimli ashyo uchraydigan dostonni 
ko‘rsating.
A) ”Ravshan”dostoni
B) ”Kuntug‘mish”dostoni
C) ”Alpomish”dostoni
D) ”Rustamxon”dostoni
21. Siyosat va davlatga munosabat borasidagi 
mulohazalar bayon etilgan ”Qasidai nasihat” 
kimning asari?
A) Mashrab B) Munis C) Navoiy D) Ogahiy
22. Muqimiyning ”Sayohatnoma” asaridaqaysi joy 
firdavs bog‘igao‘xshatiladi?
A) Do‘rmancha
B) Oltiariq
C) Roshidon
D) O‘ltarma
23. Mirzo Ulug‘bek saroyida xizmat qilganshoir 
nomi qaysi qatordaberilgan?
A)Jomiy
B)Navoiy
C)Atoyi
D) AliQushchi
24. Turkiy adabiyotda g‘azalning ilk namunasi 
qaysi asardauchraydi?
A) ”Qutadg‘ubilig”da
B) ”Devonu lug‘otitturk”da
C) ”Muhabbatnoma”da
D) ”Qisas-arRabg‘uziy”da
25. Navoiy ”Xamsa”sidagi hajm jihatdaneng 
katta asarnitoping.
A) ”Hayrat ul-abror” B) ”Farhod va Shirin”
C) ”Saddi Iskandariy” D) ”Sab’ai sayyor”
26. “Oliy ruhlar to’g’risida rivoyat”quyidagi 
qaysi asardan o’rinolgan?
A) “Sohibqiron” , AbdullaOripov
B) “Ruhlar isyoni”, ErkinVohidov
C) “Dunyoningishlari”,O’tkirHoshimov
D) “Yulduzlar mangu yonadi”, T.Murod
27. Shukur Xolmirzayev qalamiga mansub 
romanlarnianiqlang.
A) ”So‘nggi bekat”, ”Qil ko‘prik”,“Yo‘lovchi”
B) ”Bulut to‘sgan oy”,”Qil ko‘prik”, ”Dinozavr”
C) ”Qahramonning so‘nggi kuni”,”Yo‘lovchi”
D) ”Dinozavr”, ”So‘nggi bekat”, ”Taqdir 
bashorati”
28. Qaysi o‘zbek adibining birinchi yirik asari 
Istanbulda chopetilgan?
A) Hamza
B) Avloniy
C) Qodiriy
D) Fitrat
29. A.Oripovning quyidagi satrlaridanimaning 
timsolichizilgan?
”Shabnam shovullaydi bog‘lar qo‘ynida, 
Salqin tuman ichra bo‘zarar tonglar, 
Quyoshning erinchak yog‘dularida, Nafis 
yaltiraydi bargi xazonlar”.
A) bahor B) kuz C) vatan D) xalq
30. X.To‘xtaboyev 14 yil davomida gazetada 
ishlagan vaqtida asosan qanday janrdagi 
asarlarniyozgan?
A)maqola
B)ocherk
C)felyeton
D)intervyu

Download 64.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling