Ona tili va adabiyot


Download 189 Kb.
Sana06.05.2020
Hajmi189 Kb.
#103641
Bog'liq
07.07.ona tili, kimyo, biologiya. (1)



Ona tili va adabiyot

1.Hamon suqli ko‘zlar ila boqar yov,

O‘z yeringni o‘zing asra bo‘lib dov. Ushbu baytda ma`no farqlagan fonemalar qaysi gap bo`laklari tarkibida kelgan?

A) ega, kesim B) kesim, hol

C) to`ldiruvchi, ega D) ega, hol

2. K va h undosh harflarining birlashtiruvchi belgilarini aniqlang.

A) Hosil bo`lish o`rni B) Hosil bo`lish usuli

C) Ovoz va shovqinning ishtroki . D)Birlashtiruvchi belgisi mavjud emas.

3. Hayotdan ham qadrliroq narsa bor bo‘lsa, bu — sog‘liq, o‘limdan ham qo‘rqinchliroq narsa bor bo`lsa bu — kasallik, hayotga teng narsa — boylik, o‘lim bilan barobar narsa — faqirlik. Ushbu gap haqidagi to`g`ri mulohazalarni aniqlang.

1) ikki o`rinda otdan sifat yasalgan,

2) uchta ko`makchi morfemadan iborat so`z bir o`rinda qatnashgan,

3) sodda yasama so`zlar soni to`qqizta,

4) to`rt o`rinda sifatdan ot yasalgan,

5) uch o`rinda fe`ldan ot yasalgan,

6) ikki o`rinda qo`shma fe`l qatnashgan

A) 1,2,4,6 B) 1,3,4,5,6 C) 1,2,4 D) 2,3,5,6

4. Bulbul — tabiatning noyob in’omidir. Berilgan gapda qo`llangan tire haqida to`g`ri fikrni aniqlang.

A) Tire noto`g`ri qo`llangan

B) Eganing ma’nosi ta’kidlab ko'rsatilgani uchun

C) Taqqoslash ma`nosini bildirgani uchun

D) Izohlash ma`nosini bildirgani uchun.

5. Faqat ko`makchi morfema qismida tovush almashish hodisasi mavjud bo`lgan javobni toping.

A) Birovning narsasini so‘roqsiz ravishda olish kechirilmas gunoh sanaladi.

B) Xalqimizning tilagi bitta — tinchlik.

C) Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim

D) Botir yoshligida yig`loqi bola edi.

6. O‘rni kelganda shuni ham alohida ta’kidlab o‘tmog‘imiz kerak. Asos qismida fuziya hodisasi kuzatilgan so`z(lar)ning sintaktik vazifasini aniqlang.

A) to`ldiruvchi B) hol

C) hol, kesm D) hol, to`ldiruvchi.

7. Axir, odamlar nimaniki muqaddas deb hisoblasa, nimaniki teran mazmun bilan sug‘orilgan deb bilsa, bularning barini ularga Vatan o‘rgatgan emasmi? Berilgan gapda atash ma`nosiga ega bo`lmagan birliklar necha o`rinda qatnashgan?

A) 10 ta B) 11 ta C) 9 ta D) 8 ta

8. Тun o‘z o‘rnini tongga bo‘shatib berdi. Berilgan gapdagi ma`no ko`chish turini toping.

A) metafora B) metonimiya

C) sinekdoxa D) vazifadoshlik

9. Qaysi javobda paronimining ham omonimi mavjud bo’lgan omonim so’z qatnashgan?

A) Yot B) shox C) chang D) pol

10.Berilgan gaplarning nechtasida uslubiy xato kuzatiladi?

1. Besh asirkim nazmiy saroyni

Titratadi zanjirband bir sher

2. Sanat saroyiga konsert tomosha qilgani bordik.

3. Chop yoni bilan turmoq.

4. Urush!!! Noming o‘chsin jahonda... (Zulfiya)

A) bittasida B)ikkitasida . C)uchtasida D)to’rttasida

11. Fаqаt o‘tmish bilаn yashаmаs insоn,

Gаrchаnd bo‘lоlmаydi undаn hеch оzоd.

Кеchаgi g‘аmini o‘ylаsа оbdоn

Bukchаyib qоlаrdi bugun оdаmzоd.(A.Oripov) Keltirilgan ushbu parchada fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar necha o’rinda qatnashgan?

A) olti o’rinda B) besh o’rinda

C) uch o’rinda D) to’rt o’rinda

12. Katta arava qaysi yo‘ldan yursa, kichik arava ham xuddi shu yo‘ldan yuradi. Ushbu qo’shma gap turini aniqlang.

A) Hol ergash gapli qo’shma gap

B) ega ergash gapli qo’shma gap

C) Bog’lovchisiz qo’shma gap

D) Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap

13.”So’zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham ushbu matnning bir turi sanaldi”. Keltirilgan parchada matnning qaysi turi haqida gap bormoqda?

A) Dialogik matn B) Monologik matn

C) Tavsifiy matn D) Muhokama matn

14. Saxiylik kishilarning ishonch va muhabbatidan paydo bo'ladi. Ushbu gapda gap bo‘laklari nechta grammatik bog‘lanish hosil qilgan?

A) 5ta B) 4ta C) 6 ta D) 7ta

15.Ba’zi holatlarda birinchi shaxsni ifodalash uchun ikkinchi shaxs qo’shimchasi, shuningdek, birlik ma’nosini ifodalash uchun ko’plik qo’shimchalari qo’llanishi mumkin. Berilgan gapda ismlar guruhiga kiruvchi so’zlar soni nechta?

A) 13 ta B) 14 ta C) 12 ta D) 15 ta

16. Har bir millatning saodati davlatlarning tinchi va rohati deb yozadi Abdulla Avloniy yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdir Ko`chirma gapli qo`shma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarini aniqlang.

A) “ , ─ : ─”. B) “, , ─ , ─ ”.

C) “ , ─ , “ ! D) : “ ─, ─ “ .

17. Yuklama haqida to`g`ri ma`lumotni aniqlang.

1) O‘xshatish-qiyoslash yuklamalari, Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari, Inkor yuklamalari faqat so`z yuklamalari hisoblanadi.

2) Ayiruv-chegaralov yuklamala qo`shimchalari har doim qo`shib yoziladi.

3) Ayrim so‘roq-taajjub yuklamalari ajratib yoziladi.

4) O‘xshatish-qiyoslash yuklamalari ergashtiruvchi bog‘lovchi vazifasida ham kelishi mumkin.

A) 1,2,3,4 B) 2,3,4 C) 2,4 D) 1,3,4

18. Oq yo‘rgakka o‘ragansan o‘zing bizni,

Oq yuvib, oq taragansan o‘zing bizni.

Beshigimiz uzra bedor ona bo‘lib,

Kunimizga yaragansan o‘zing bizni. Ushbu she’riy parchada to`ldiruvchi birikmalar sonini aniqlang.

A) to`rtta B) beshta C) uchta D) oltita

19. Fan-texnika, ilm sirlarini o‘rganib yurtimizni obod qilish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqdalar. Berilgan gapda qo`shma so`zlar miqdorini aniqlang.

A) uchta B) bitta C) to`rtta D) ikkita

20. Vatan mening jon-u tanim sajdaxonamdir,

U mening to‘lin oyim, tinch-omonim,

Izzatim, sharafim, Ka’bam, qiblam

Hamda gulistonimdir.(A.Fitrat) Ushbu parchada sodda yasama so`zlar miqdorini aniqlang.

A) ikkita B) uchta C) to`rtta D) beshta

21. ”Onа – tаbiаtning eng buyuk iхtirоsidir”. O’.Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidan olingan ushbu parcha qaysi hikoyatda keltirilgan?

A) “Haqqush” B) “Alla” . C) ”Iltijo” D)”Gilam paypoq”

22.Abdulla Avloniyning ”Vatan” she’ri qaysi kitobidan olingan?

A) «Turkiy Guliston yoxud axloq» . B) «Adabiyot yoxud milliy she’rlar»

C) «Maktab gulistoni» . D) «Birinchi muallim»

23.Qaysi adibning 1935–1939-yillar oralig‘ida uchta «Hikoyalar» to‘plami o‘quvchilarga kitob shaklida taqdim etiladi?

A) O‘tkir Hoshimov B) Odil Yoqubov . C) Erkin Vohidov D) Abdulla Qahhor

24. “O‘zimniki emas bu umr,

To‘la menikimas, sezib turibman.

Bir vaqtlar meni deb halok bo‘lgan kimdir,

Men uning uchun ham yashab yuribman”. Quyidagi berilgan parcha muallifining tarjima asarini aniqlang.

A) Sоfоklning «Shоh Edip» . B) V.I.Kirshonning “Ulug‘ kun”

C) I. Frаnkоning “Fеruzа” . D) Shekspirning «Qiyiq qizning quyulishi»

25. Lutfiy qaysi g’azalida o’z fikrini ikki karra mustahkamlagandek bo‘ladi?

A) “Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu”, g’azali

B) “Bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul” g’azali

C)”Xoh inon, xoh inonma”, g’azali

D) “Kelmadi” radifli g’azali

26.”Uch, uchdan keyin puch” maqoli qaysi xalq dostonida keltirilgan?

A)”Rustamxon” dostoni . B) “Ravshan” dostoni

C)”Kuntug’mish” dostoni . D)”Alpomish” dostoni

27. “Мunоfiqlik vа yolg‘оnni ахlоq dаrаjаsigа ko‘tаrgаni uchun hаm оliy tаbаqа vаkillаri o‘rtаsidаgi munоsаbаtlаrdа sаmimiylik yo‘q”. ushbu parcha qaysi asarga nisbatan mutonosib tarzda qo’llangan?

A) “Qutlug‘ qоn” rоmаni

B) “Оtеllо” fоjiаsi

C) “Аsrgа tаtigulik kun”romani

D) “Yevgеniy Оnеgin” she’riy romani

28.Qaysi qatorda Tohir Malikning fantastik asari berilmagan?

A)”Zaharli g’ubor” B)”So’nggi o’q”

C)”Somon yo’li elchilari” D) ”Falak”

29.” Va ne chora qisin bulbul qafasda,

Kerak gul g’unchasi ozod nafasda.

Sevar bulbul gulin, gul bulbulin ham,

Nechun gul aylasin bulbul ko’zin nam?” Parcha qaysi asardan olingan?

A)”Guliston bit-turkiy” B)”Mehr va Suhayl”

C)”Suhayl va Guldursun” D) “Miftoh ul-adl”

30.”Ey orazi shams-u qamarim, netti, ne bo’ldi?

Vey tishlari durr-u guharim, netti, ne bo’ldi?” Yassaviyning jiyani bo’lmish Atoyi qalamiga mansub ushbu she’riy parchada qanday she’riy san’atlar qo’llangan?

1-tanosub, 2-tazod, 3-takrir, 4-tashbih, 5-talmeh, 6-tarse`, 7-litota.



  1. 2, 3, 5 B) 2, 4, 7 C) 1, 3, 6 D) 1, 4, 6

Tuzuvchi : R. Ochilov 94 534 26 97




BIOLOGIYA

31. Quyidagi ma`lumotlar qaysi tuzilmalarga mos keladi?

1) tarkibida adenin, riboza va bitta fosfat kislota qoldig'i bo’ladi; 2) monosaxarid hisoblanadi; 3) toza distirlangan suvda eriydi;

A) 1 - ADF; 2 - riboza; 3 - globulin

B) 1 - AMF; 2 - dezoksiriboza; 3 - albumin

C) 1 - ADF; 2 - saxaroza; 3 - nukleoprotein

D) 1 - RNK; 2 - maltoza; 3 - xromoprotein

32. 630 ta nukleotiddan iborat DNK molekulasida timin nukleotidlari 20% ni tashkil etsa, shu fragmentdagi jami vodorod bog'lar soni (a), DNK asosida sintezlangan iRNK molekulasidagi fosfodiefr bog'lar soni (b) ni aniqlang.

A) a - 756; b - 104 B) a - 588; b - 104

C) a - 819; b - 104 D) a - 819; b - 314

33. Sxemada tasvirlangan DNK fragmentidagi fosfodiefir bog'lar soni (a), shu fragmentdan transkripsiyalangan i-RNK molekulasi asosida sintezlangan oqsildagi peptid bog’lar soni (b), i-RNK molekulasidagi purin asoslari soni (c) ni aniqlang. Izoh: nuklein kislotalar

molekulasida nukleotidlar o'zaro fosfodiefir bog'lar orqali bog'lanadi.

1- zanjir A A T G G T S A G S S A G T S A T T G G S T A G T A A

iRNK A__________________________________

A) a - 28; b - 14; c - 7 B) a - 52; b - 9; c - 15

C) a - 28; b - 15; c - 7 D) a - 52; b - 8; c - 15

34. Gastrulyatsiya jarayoni hujayralarning qat-qat joylashuvi orqali kechadigan issiq qonli hayvonlarni aniqlang.

1) povituxa qurbaqasi; 2) jo'rchi; 3) triton; 4) gekkon; 5) alligator; 6) suqsun; 7) salamandra.

A) 2, 5, 6 B) 3, 4, 7 C) 2,6 D) 4, 6, 7

35. Qarag'ay va qoraqat o'simliklariga xos umumiy xususiyatlarni aniqlang.

A) urug'idan ko'payadi; chang donasining vegetativ hujayrasidan chang nayi hosil qiladi

B) urug'kurtakka ega; qo'sh urug'lanishdan keyin urug' hosil qiladi

C) hayotiy shakli daraxt; spermiyning markaziy hujayra bilan qo'shilishidan endosperm rivojlanadi

D) magnoliyasimon; poyasining o`tkazuvchi to`qimalari uzun yog`ochlangan o`lik hujayralardan tashkil topgan



36. Grafikda xlorellalar sonining bir necha sutka davomida o'zgarishi tasvirlsangan. Qaysi vaqt (sutka) oralig'ida xlorellalar eng maksimal darajada ortgan? (ko’payish tezligi ortib borgan)

A) 4-6 B) 8-10 C) 6-8 D) 10-12

37. Sog’lom odamning epiteliy to’qimasi haqidagi to’g’ri fikrni aniqlang.

A) kekirdak devorini hosil qiladi B) vena qon tomir devorining o'rta qavatini hosil qiladi

C) arteriya qon tomir devorining sirtini qoplab turadi

D) terida ostki qavati tirik ustki qavati o’lik

38. Quyida berilgan misollar qaysi tur mezonlarini ifoda etadi?

a) qurbaqa suvdan uzoq joylarda ham yashay oladigan, asosan tunda aktiv hayot kechirishga moslashgan ; b) lama, yalqov va chumolixo'r Janubiy Amerikada tarqalgan.

A) a - morfologik;b - geografik

B) a - fiziologik;b - geografik

C) a - morfologik; b – morfologik

D) a - ekalogik; b - geografik

39. Suyakli baliqlar kelib chiqqandan so'ng sodir bo’lgan evolyutsion o’zgarishlarni aniqlang?

1) ko’p oyoqlilar va dastlabki hasharotlar paydo bo’lgan; 2) qalqondor baliqlar kamaya boshlagan;

3) qisqichbaqa chayonlar kelib chiqqan; 4) urug’li o’simliklarning kelib chiqishi; 5) zamburug’larning paydo bo’lishi.

A) 2, 4 B) 1, 3 C) 2, 5 D) 1, 4

40. Sholi o'simligida poyaning baland va donning yirik bo'lishi poyaning past va donining mayda bo'lishi ustidan to’liq dominantlik qiladi. Tajribada digeterozigotali sholi navlari o'zaro chatishtirildi. Natijada olingan 2400 ta doni mayda sholi o'simliklarining nechtasi baland poyali bo'ladi?

A) 600 B) 450 C) 1800 D) 300



41. Grafikda xlorellalar sonining bir necha sutka davomida o'zgarishi tasvirlsangan. Qaysi vaqt (sutka) oralig'ida xlorellalar ko’payish tezligi o’zgarmagan?

A) 5-7 B) 9-11 C) 7-9 D) 11-13

42. Ma’lum bir organizmni btta xromosomasida A, B, C, D genlari birikkan holda joylashgan bo’lib, A va B genlari orasidagi masofa 18 morganoid, A va C genlari orasidagi masofa 8 morgonoid, A va D genlari orasidagi masofa 16 morgonoidga teng. Berilgan ma’lumotlar asosida genetic harita tuzing.

A) A B C D B) A B D C C) A C D B D) A D C B

43. Yong‘oqsimon tojli tovuqlar gulsimon tojli xo‘rozlar bilan chatishtirilib, keyingi avlodda 4 ta oddiy tojli, 5 ta no‘xatsimon tojli, 13 ta gulsimon tojli va 12 ta yong‘oqsimon tojli individlar olindi. Boshlang‘ich ota-ona parrandalar va avlodlarning genotipini aniqlang

A) AaBb X AAbb B) AaBb X Aabb C) AaBb X AABb D) AABB X AAbb

44. Jag’ – jag’da kuzda (a) va bahorda (b) quydagilardan qaysi birlari amalga oshadi.
1.urug’dan unib chiqadi 2.ildiz hosil qiladi 3.to’pbarg hosil qiladi 4.poya hosil qiladi 5.gullaydi 6.meva va urug’ hosil qiladi

A) a-1.2.3 b-4.5.6 B) a-1.2 b-3.4.5.6

C) a-1.3 b-2.4.5.6 D) a-2.3 b-1.4.5.6

45. Ildiz sistemasi faqat murtakdagi boshlang’ich ildizdan hosil bo’lgan o’simliklar berilgan qatorni toping.


1.saksovul 2.kartoshka 3.sholg’om 4.qulupnay 5.tarvuz 6.suli 7.ajriq 8.loviya 9.terak 10.nok
A) 1.2.3.4.5.8.9.10 B) 2.3.4.6.7

C) 1.3.5.8.10 D) 3.4.5.8.9

46. Qanday o’simliklarning qalamchalarining pastki uchini ma’lum vaqtgacha maxsus biologik eritmaga botirib qo’yib, keyin issiqxonalardagi qumli nam tuproqqa ekiladi?
A) manzarali subtropik daraxtlar

B) urug’idan yaxshi ko’paymaydigan


C) xona o’simliklari

D) vegatativ yo’l bilan ko’paymaydigan

47. Quydagi fikrlardan qaysi biri xato?
A) gul shakli o’zgargan novda

B) qamish ildizpoyasi shakli o’zgargan novda


C) sabzi ildiz mevasi shakli o’zgargan ildiz

D) yantoq tikani shakli o’zgargan barg

48. Kurtak payvand qilishda quydagilarning qaysi biri birga kesib olinadi.
1.kurtak 2.po’stloq 3.yog’ochlik 4.o’zak
A) 1.2.3 B) 1.2.3.4 C) 1.2 D) 1

49. Matematik ekologiya nima bilan shug’ullanadi?

A)inson faoliyati va tabiatni oqilona boshqarish bilan bog’liq ekologik o’zgarishlarni bashorat qilish

B)ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarish va chiqindisiz texnologiyalarni qo’llash

C)A va B javoblar

D)sayyoramizning turli tabiiy hududlarida orgaznizmlarning son jihatdan taqsimlanish qonuniyatlarini ko’rib chiqish

50. Quyidagilardan hayvon(a) va suv(b) orqali tarqaladiganlari bilan juftlang.

1.g`umay 2.gijja 3.gilos 4.leshmaniya 5.qo`g`a 6.kurmak 7.jigar qurti 8.odam askaridasi 9.exinokkok 10.yorongul 11.baqachanoq 12.machin 13.qo`ytikan

A.a-3,2,4,9,11,13; b-1,6,12 B.a-2,4,9,13,11; b-5,6,1,12

C.a-4,2,9; b-1,7,11,12 D.a-9,2,4,5; b-1,6,12

51. Qaysi qatorda o`troq organizmlarning paraziti berilgan?

A.askarida,bo`rtma nematoda

B. bo`rtma nematoda,shumg`iya,qorakuya

C.gijja,jigar qurti,exinokokk

D.qorakuya,qoramol tasmasimon chuvalchangi

52. Ayrish,hazm qilish,jinsiy organlari naysimon tuzilgan parazit hayvonni tarqatuvchisini toping?

A.chivin B.suv shillig`i C.kana D.odam

53. Ko'rsatilgan belgilarning qaysi biri ham gidra, ham aktiniya uchun xos?

1) faqat tovonida harakatlanadi; 2) asosan o'troq hayot kechiradi; 3) ixtisoslashgan hujayralarga ega, organlar rivojlanmagan; 4) yirtqichlik bilan hayot kechiradi; 5) ancha yirik; 6) tuxumdan lichinka chiqadi;

7) lichinka davri bo'lmaydi

A) 1, 2, 6 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 1, 2, 7

54. Qaysi qatorda bitta oilaga mansub kelib chiqish markazi har xil bo`lgan o`simliklar berilgan?

A.kartoshka,tamaki B.sholi,tariq

C.karam,qand lavlagi D.bug`doy,suli

55. Ona sutining necha foizi parchalanib bola uchun energiya hosil qiladi?

A.87 B.6,5 C.12,5 D.25

56. Odam embrioni qancha vaqt bachadonda rivojlanmaydi?

A.9 oy B.7 oy C.18-20 kun D.1 hafta

57. Agar zerpechak o`simligida bir kecha kunduz davomida mitoxondiriyasida sintezlanagan ATF 120 molekulani tashkil qilsa u holda shu vaqt davomida xloroplastlarida sintezlangan ATF ni aniqlang.

A.1800 B.2160 C.3600 D.0

58. Nima sababdan vulqon otilgan joyda o‟simliklar

o‟smaydi?

A) o‟simlik urug‟lari yo‟qolib ketganligi uchun

B) biogen va abiogen omili bo‟lmaganligi uchun

C) o‟simlik ildizlari yo‟qolib ketganligi uchun

D) tuproq tarkibida zaharli moddalarni ko‟pligi uchun

59. Oqsil sintezining birinchi bosqichi(a) va ikkinchi

bosqichi (b) hujayraning qaysi organoidlarida amalga

oshadi?

A) a-yadro; b-ribosoma; B) a-yadro; b-sitoplazma;

C) a-sitoplazma; b-ribosoma;

D) a-ribosoma; b-sitoplazma;

60. Ixtiozavr va akulaga tegishli umumiy xususiyatlarni

aniqlang? 1-nafas olish organi, 2-harakat organi,

3-tana tuzilishi, 4-dum suzgichlar, 5-jabra

yoriqlarining soni

A) 1,2 B) 1,3 C) 2,3 D) 3,4

KIMYO

61.Teng hajmli idishlarning biriga 1,4∙NA dona suv molekulasi, ikkinchisiga 0,45∙NA dona, zichligi 1,75 g/ml bo’lgan modda to’ldirilgan. Noma’lum moddani aniqlang.

A) sulfat kislota B) nitrat kislota

C) sirka kislota D) chumoli kislota



62. Quyidagi reaksiyada hosil bo’ladigan cho’kmani aniqlang.

CuSO4+Na2CO3+H2O…………….

A)(CuOH)2CO3 B)Cu(HCO3)2 C)Cu(OH)2 D)CuCO3

63.Metan va etilamin aralashmasi xlorid kislota eritmasi orqali o’tkazilganda aralashma hajmi 40% ga kamaydi. Boshlang’ich aralashmaning o’rtacha molyar massasini (g/mol) aniqlang.

A) 24,7 C) 27,6 C) 21,8 D) 33,4

64.11,6 g Na2CO3∙xH2O kristallogidrat HCl bilan ishlanganda, 7,2 g suv hosil bo’ldi. X qiymatini toping.

A) 6 B) 7 C) 9 D) 10

65. 45 ta SnHPO4•3H2O tarkibida allatropik o’zgarish (modifikatsiya) hosil qiladigan atomlarning soni nechta bo’ladi?

A)360 B) 270 C) 490 D) 405

66.Tuz eritmasidagi dissotsialanmagan molekulalar soni 30 ta bo’lib, dissotsialanishidan hosil bo’lgan ionlar soni 1080 ta bo’lgan moddani ko’rsating. (a=90%)

A) NaCl B) K2SO4 C) K3PO4 D) CaCO3

67.Kalsiy bromidning to’yingan eritmasida brom va kislorod maasalari nisbati 9:20 bo’lsa, tuzning shu haroratdagi eruvchanlik koeffisiyentini toping.

A) 100 B) 50 C) 40 D) 200

68.Temirning ikki xil xloridlari tutuvchi 200 ml eritmaga cho’kma hosil bo’lishi tugaguncha natriy korbanat eritmasi qo’shildi. Olingan cho’kma filtrlanganda massasi 22,3 g ni tashkil qildi. Cho’kma xlorid kislota bilan ishlanganda esa 2,24 litr (n.sh) gaz ajraldi. Boshlang’ich eritmadagi moddalarning molyar konsentratsiyalarini aniqlang.

A) 0,4; 0,6 B) 0,5; 0,5 C) 0,4; 0,5 D) 0,5; 0,2

69.Molyar konsentratsiyalari 1:2 nisbatda bo’lgan ikki eritmaning umumiy hajmi 25 litrga teng. Agar ikkala eritmadagi erigan modda miqdori mos ravishda 1:3 nisbatda bo’lsa, konsentratsiyasi katta bo’lgan eritma hajmini (litr) toping.

A) 10 B) 15 C) 25/3 D) 50/3

70. 100 g eritmaga qanday massadagi suv qo’shilganda eritma konsentratsiyasi (%) 4 marta kamayadi?

A) 100 B) 400 C) 300 D) 200

71.Noma’lum hajmli idishga 12 mol CO2 handa 4 mol H2 solindi va 72 sekunddan keyin (CO2 + H2 CO +H2O reaksiya bo’yicha ) muvozanat qaror topdi. Reaksi-yaning o’rtacha tezligi 0,25 mol/(l∙min) bo’lsa, idish hajmini (l) aniqlang. (KM=1).


A) 5 B) 10 C) 8 D) 16

72.Borneol spirtining emprik formulasi quyidagicha bulib C10H18O tibbiyotda ishlatiladi. Borneol spirtining tarkibidagi umumiy bog’lar sonini aniqlang.

A)40 B)30 C)54 D)24

73.KNO3 va AgNO3 dan iborat aralashma yuqori temperaturada qizdirilganda tarkibida 0,2 mol O2 bo’lgan 11 g gazlar aralashmasi hosil bo’lsa, dastlabki aralashmadagi kaliy nitratning massasini (g) toping?

A) 10,1 B) 5,05 C) 20,2 D) 30,3

74.Suyultirilgan sulfat kislota eritmasiga SO3 yuttirilganda...

1)pH qiymati ortadi

2)ionlarining konsentratsiyasi ortadi.

3)[H+ ]∙[OH-] ko’paytmasi kamaydi.

A) 1,2 B) 2,3 C) 1,2,3 D) faqat 2



75.Al(NO3)3 suvli eritmasining indikatorlarga munosabatini juftlab ko’rsating.

1) lakmus; 2) fenolftalein; 3) metil zarg’aldog’i;



a) pusti; b) sariq; c) rang o’zgarmaydi; d) qizaradi; e) ko’karadi.

A) 1-d; 2-c; 3-b B) 1-c; 2-c; 3-c;

C) 1-e; 2-d; 3-b D) 1-d; 2-c; 3-a

76.sp3 va sp2gibrid orbitallar soni 2:1 nisbatda bo’lgan bir asosli to’yingan karbon kislotani aniqlang.

A) propion kislota B) moy kislota

C) sirka kislota D) chumoli kislota

77.Biror tuzning 80℃ dagi eruvchanlik koeffitsiyenti uning 20℃ dagi eruvchanlik koeffitsiyentidan 1,5 barobar ko’p. Agar shu tuzning 80℃ da to’yingan 290 g eritmasi 20℃ ga qadar sovutilganda 30 g tuz cho’kmaga tushishi ma’lum bo’lsa, shu tuzning 20℃ dagi eruvchanlik koeffitsiyentini aniqlang.

A) 60 B) 40 C) 30 D) 45

78.C124H248 tarkibli alkendagi sp3 orbitallarini aniqlang.

A)488 B)236 C)496 D)424

79. 250 ml 2M li CuSO4 eritmasida 0,52∙NA ta kation va 0,46∙NA ta anion borligi ma’lum bo’lsa, CuSO4 ning necha foizi dissotsialanmanmagan holda eritmada qolgan?

A) 20 B) 12 C) 8 D) 10

80.XU izotopining qabul qilgan alfa zarrachasi va chiqargan neytronlari 3 ta va 7 tani hamda olingan yangi element yadrosining 40% ini proton tashkil qilsa, “x” ni aniqlang.

238 B) 232 D) 235 D) 240

81.ClO3- ionidagi proton va elektronlar yig’indisini aniqlang.

A) 82 B) 42 C) 41 D) 8

82. Odam o’pkasidagi havo pufakchalari (alveolalar)ning 700 millioniga 3 l havo sig’adi. Beshta alveolaga sig’adigan havodagi molekulalar sonini hisoblang.

A) 7 ·1013 B) 7,5 ·1015

C) 6 ·1016 D) 6 ·1014

83.Har bir qonun uchun ta’riflarni moslang.

1 – Modda massasining saqlanish qonuni

2 – Tarkibining doimiylik qonuni

3 – Avogadro qonuni

4 – Hajmiy nisbatlar qonuni

a) Bir xil sharoitda turli xil gazlarning baravar hajmlarida molekulalar soni bir xil bo’ladi.

b) Har qaysi kimyoviy toza modda olinish usulidan qat’iy nazar, bir xil o’zgarmas tarkibga ega bo’ladi.

c) O’zgarmas bosimda reaksiyaga kirishayotgan va hosil bo’layotgan gazlarning hajmlari o’zaro kichik butun sonlar nisbatida bo’ladi.

d) Kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning umumiy mas-sasi hosil bo’lgan moddalarning jami massasiga teng bo’ladi.

A) 1a; 2b; 3c; 4d B) 1b; 2d; 3a; 4c

C) 1d; 2b; 3a; 4c D) 1d; 2b; 3c; 4a

84.Quyidagilardan qaysilarini bariy xloridning 0,2 molyarli 250ml eritmasiga qo’shilganda eritmadagi bariy kationi to’la cho’kmaga tushmaydi?

1) 24,5%li 200 g sulfat kislota

2) 20ml 0,5 molyarli natriy sulfat

3) 5,3 %li 100g natriy karbonat

4) 17,4 g kaliy sulfat

5) 7,1%li 100 g natriy sulfat

6) 3,92% li 100g sulfat kislota


A) 1,3 B) 2, 6 C) 2,5 D) 4,6
85.Quyida berilgan jadvaldagi ma‟lumotlardan foydalanib II birikmani formulasini aniqlang.

Birikma

Birikma formulasi

A ni massasi

Birikma massasi

I

A2B3

11

15,8

II

x

5,5

8,7

A) AB2 B) A3B4 C) AB3 D) A2B3

86.2 mol CS2 da 0,05 mol Sn namunasi eritilib hosil qilingan 17,4% li eritma tarkibida 3,01·1024 dona S atom bo’Isa, n ning qiymatini toping.

A) 40 ta B) 14 ta C) 21 ta D) 20 ta

87. Termit nima?

A) temir kuyundisi

B) alyuminiy va temir kuyindisi aralashmasi

C) kriolit va Fe2O3 aralashmasi

D) qizil temirtoshning boshqacha nomi

88. Etan va etindan iborat 4,48 litr aralashma yondirilganda 269,9 kj issiqlik ajralgan. Boshlang’ich gazlar arlashmasidagi etinning miqdorini (mol) hisoblang.

C2H6 + O2 = CO2 + H2O + 1413 kj

C2H2 + O2 = CO2 + H2O + 1301 kj

A) 0,11 B) 0,12 C) 0,2 D) 0,09

89.Qaysi olim (1827-yilda) mikroskopda

suyuqlikdagi qattiq zarrachalarning harakatini

kuzatganda, ular uzluksiz harakat qilishini

aniqlagan?

A) Rezerford B) Lavuazye

C) Broun D) Avogadro

90. Miqdori  teng bo’lgan gaz (546K; 101,325 kPa) da qanday hajmni egallaydi.

A) 67,2 B) 13,44 C) 33,6 D) 16,8






Download 189 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling