Ona tili va adabiyoti 5- sinf 2-variant


Download 0.63 Mb.

bet1/8
Sana26.05.2018
Hajmi0.63 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8

 

 

Ona tili va adabiyoti 



5- sinf     2-variant 

1. 


Og'zaki nutqda bir necha xil talaffuz qilinuvchi tovush, qo'shimcha va so'zlardan adabiy tilga qabul 

qilingan bittasi... 

A) 

Imlo me'yori sanaladi 



B) 

To'g'ri  talaffuz  me'yorlari  sanaladi 

C) 

Punktuatsiya  deyiladi 



D) 

Orfografiya  deyiladi 

2. 

To'g'ri talaffuz me'yorlarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi... 



A) 

Punktuatsiya 

B) 

Morfologiya 



C) 

Orfoepiya 

D) 

Leksikologiya 



3. 

Qaysi qatordagi so'zda imlo xato mavjud? 

A) 

Qishloqqa     



B) 

Toqqa 


C) 

Qaymoqqa 

D) 

Toshloqqa 



4. 

 1) manba; 2) yonma-yon; 3) tandir; 4) qalampir; 5) tanbal; 6) yonbosh 

Ushbu so'zlarning qaysi birida talaffuzda tovush o'zgarishi yuz beradi?  

A) 


1,2,5,6  

B )  


1 , 3 , 4 , 6    

C) 


2 , 3 , 4 , 5   

D) 


3,4,5,6 

5. 


So'zning nutqda boshqa so'zlarga bog'lanib hosil qiladigan yondosh ma'nosi... 

A) 


Bir ma'noli so'zlar 

B) 


Ko'p ma'noli so'zlar 

C) 


Ko'chma ma'noli so'zlar 

D) 


O'z ma'nosidagi so'zlar 

6. 


Qaysi 

 qatorda shakldosh so'zlar berilgan? 

A) 

Tut, oq, yot 



B) 

Buzoq, qo'zichoq, qo'chqor 

C) 

Afzal - abzal 



D) 

Yuz, bet, chehra, oraz 

 

7. 


Hozirgi  kunda  yangilik belgisini saqlab turgan so'zlar... 

A) 


Yangi so'zlar         

B) 


Iboralar 

C) 


Eskirgan so'zlar 

D) 


Tasviriy  ifodalar 

8. 


Gumonni  anglatuvchi  kirish so'zni belgilang.  

A) Darhaqiqat  

B)     Balki 

C)    Xullas 

 

D) Birinchidan 



9. 

 Xursand bo'lmoq so'z birikmasiga teng keladigan iborani toping. 

A) 


Belni bog'lamoq 

B) 


Do'ppisini osmonga otmoq 

C) 


Yettl o'lchab bir kesmoq 

 

 

D) 



Tishini kovagida saqlamoq 

  10. Qo’shib yoziladigan qo’shma so’z qaysi qatorda berilgan? 

       A) Hech qachon           B)   Qo’zi qorin 

       C)  Har qanday            D)  Har doim  

  11. Iboralar berilgan qatorni toping. 

       A) Safga tizil,  haqqing bordir       B) Yelkasiga oftob tegdi 

        C) Qadamini tezlatdi                             D) A’lochi o’qi, mehribon do’st     

  12. Harakat ifodalangan  fe’l qo’llangan gapni toping 

       A)  Mushukcha oftobda miriqib uxladi. 

       B)  Dangasalar o’z ishlaridan uyaldilar. 

       C)  Dilnavoz rasm chizdi. 

       D)  Karima qizarib ketdi 

        

13.Qaysi qatordagi birikuvlarda tobe so'zlar ko'chma ma'noda qo'llangan? 

A) 

iliq munosabat, chuqur tekshirmoq, xira odam 



B) 

ishning ko'zi, qozonning qulog'i, yo'l yoqasi 

C) 

sovuq havo, boshi og'rimoq, qalb izhori 



D) 

qalin qor, sergo'sht ovqat, qo'l qovushtirmoq 

14. 

Nutqning  ta'sirchanligini oshirishga xizrnat qiluvclii birliklarni toping. 



A) 

ibora, tasyiriy ifoda 

B) 

 ma'nodosh so'z, ko'p ma'noli so'z 



C) 

 so'z birikmasi, gap 

D) 

sanalgan barcha birliklar 



15. 

Qaysi qatorda  paronimlar berilgan?  

A)  obro'-obro'y  

B)  kabutar-kaptar 

C)  a'yon-ayon  

D)  a'zo-azo 

 

16. Adabiyot qanday turlardan iborat? 



    A)  She'riyat, nasr, dramaturgiya      B) Doston, hikoya, qissa 

    C)  Roman, she'riyat, doston            D) Nasr, ruboiy, to'rtlik 

 

17. Maqollarda fikr qanday ifodalanadi? 



    A)  Batafsil, mukammal        B) Dalil va isbot bilan   

    C) Keng va aniq                     D) Aniq, tugal, lo’nda 

 

18. Badiiy adabiyotning asosiy quroli nima? 



    A)  Yozuv     B) So’z    C) Fikr     D) Ijod 

 

19.  Qaysi asarda     voqealar  bola  tilidan  hikoya  qilinadi?_____________________________ 

20.  Qaysi mamlakatning shahanshohlari ham, fuqarolari ham  

xitoylardan?_________________________________________________ 

21. “Bulbul”  ertagida  o’lim  to’shagida  yotgan shohga nima qayta  hayot  bag’ishlaydi? 

______________________________________________ 

22.    O`zbek  tiliga  davlat  tili  maqomi  qachon  berildi? _____________________  

23.Alisher Navoiy tog‘alarining ismi va taxalluslarini 

ayting.______________________________________ 

24.Bobur nomi qanday ma'noni anglatadi?___________________________________________________ 

25.«Bulbul» ertagida Xitoy hukmdoriga qaysi mamlakat imperatori sovg‘a qilgan kitobda xushovoz bulbul 

haqida ma’lumot beriladi?_________________________ 

 

 

 



 

 

 

Ona tili va adabiyot  



 6-sinf   2-variant 

 

1.Ko‘makchi fe’llar yetakchi fe’lga asosan qanday shakl yordamida birikadi? 



A) Tuslovchi qo‘shimchalar yordamida 

B) Ohang yordamida 

C) Ravishdosh qo‘shimchasi yordamida 

D) Sifatdosh qo‘shimchasi yordamida 

 

2.O‘zbek tilida qaysi so‘z turkumidagi so‘zlardan qo‘shimcha qo‘shish bilan fe’l yasab 



bo‘lmaydi? 

A) Otlardan 

       B) Sifatlardan 

C) Fe’llardan 

 D) Taqlid so‘zlardan 

 

3.Qaysi qatorda fe’l yasovchi qo‘shimchalar berilgan? 



A) -chi, -dosh, -kor 

  B) -li, siz, dor 

C) -la, -sira, -illa 

  D) -xon, -paz, -bon 

 

4.Qaysi qatorda otdan yasalgan fe’l berilgan? 



A) Yozay           B) Borish 

  C) Oqar            

D) Kuchay 

 

5.-man, -miz, -san kabi qo‘shimchalar fe’lning qanday shakllarini hosil qiladi? 



A) Fe’lning nisbat shakllari 

B) Fe’lning vazifa shakllari 

C) Fe’lning zamon  shakllari 

D) Fe’lning shaxs-son  shakllari 

 

6.Qaysi javobda sodda yasama fe’l mavjud? 



A) Turdi            B) Yurdi 

C) Ketdi           

D) Gapirdi 

 

7.Qo‘shma fe’l shakllari qanday yoziladi? 



A) Qo‘shib yoziladi 

B) Ajratib yoziladi 

C) Chiziqcha bilan yoziladi 

D) Juft holda yoziladi 

 

8.Qaysi qatorda qo‘shma fe’l mavjud? 



A) Borib keldi         

         B) Bordi-keldi 

C) Achchiqlandi      

         D) Shodlandi 

 

9.Fe’lning ma’noviy guruhlari necha turli bo‘ladi? 



A) 2        B) 3         C) 4         D) 5 

 

10.Fahmladi so‘zi fe’lning qaysi ma’no guruhiga kiradi? 



A) Nutqiy faoliyat fe’li 

   B) Aqliy faoliyat fe’li 

C) Jismoniy faoliyat fe’li 

   D) Holat fe’li 

 

11.«Sariq devni minib» asariga qaysi mashhur yozuvchi yuksak baho bergan?  



         A) Janni Rodari          

 B) Jonatan Svift 

 C)  Hans Kristian Andersen 

 D) Antuan de Sent-Ekzyuperi 

 

12.«Shum bola» qissasida «har gapga bir maqol o‘qiydigan, ezmaroq tabiatli, ammo ko‘ngli 



ochiq, baxilligi yo‘q, hisobga no‘noqroq oltita narsani ketma-ket sanamoqchi bo‘lsa, to‘rtdan 

keyin yanglishib ketadigan» kishi kim? 

A) Sariboy               B) Hoji bobo          C) Omon            D) Usta Salim 

 

13.«Hazrat bo‘lsa, o‘zini umr bo‘yi o‘likdan boshqa narsani yuvmagan kishiday qilib ko‘rsatishga 



harakat qilar edi». Keltirilgan parcha qaysi asardan olingan? 

A) «Shum bola» 

B) «Mening o‘g‘rigina bolam» 

C) «Yodgor» 

D) «Netay» 


 

 

 



14. «Shum bola» qissasida Sariboy «innaykeyin» shum bolaning qaysi gapidan keyin hushidan 

ketadi? 


A) O‘g‘li Bo‘riboyvachchaninig o‘lganini eshitib 

B) Qo‘rg‘onga o‘t ketganini eshitib 

C) Ombor yonib, otlar ham o‘lganini eshitib 

D) Adol opaning chaqalog‘i   Badal aravakashga o‘xshaganligini eshitib 

 

15. Zamonaviy o‘zbek qo‘shiqchilik san’ati rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan ijodkorni ko‘rsating. 



A) G‘afur  G‘ulom   

                      B) Abdulla Oripov 

C) Turob  To‘lа        

                      D) Oybek 

 

16.Quyidagi asarlardan qaysi birini Turob To‘la o‘zbek tiliga tarjima qilgan? 



  A) «Faust» 

                                          B) «Otello»    

  C) «Qiyiq qizning quyilishi»                D) «Yevgeniy Onegin» 

 

17.O‘yin, qiyin so‘zlariga –a fe’l yasovchi qo‘shimchasi qo‘shilganda qanday tovush o‘zgarishi 



yuz beradi? 

A) Tovush tushishi 

B) Tovush almashishi 

C) Tovush orttirilishi 

D) Hech qanday tovush o‘zgarishi yuz bermaydi 

18. «G‘ayri tilini sa’y qiling bilgali, yoshlar, 

Kim ilm-u hunarlar bilonki ondin ayondir» misralari orqali xorijiy tillarni bilish kishi va jamiyat 

hayotiga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatishini bashorat qilgan shoir kim? 

A) Mirtemir           B) Oybek 

C) G‘afur G‘ulom        D) Avaz  O‘tar 

 

19. Shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar qanday turlarga bo‘linadi? 



____________________________________________________ 

20. So‘zning tarkibida ma’noli qismlarning joylashuv tartini tushuntiring 

____________________________________________________ 

21. Sintaktik shakl yasovchi qoshimchalarning vazifasi… 

____________________________________________________ 

   22.«Boy bolasi bilan kambag‘al  bolasi», «Ilm o‘rgan» she’rlari, «Naqliya so‘zlar» asari muallifi 

kim?_______________________________________ 

23.Abayning «Naqliya so‘zlar» asari o‘zbek tilida qanday nom bilan mashhur? 

____________________________________________________________ 

  24. 1974 – 1975-yillarda Jek Londonning «Boyning qizi» dramasini va ko‘plab hikoyalarini, 

shuningdek, 1989-yilda Ernest – Seton Tompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» kitobini mahorat bilan 

o‘zbek tiliga tarjima qilgan ijodkor kim? 

_____________________________________________________________ 

   25.«Bas, bas ezgu onalar qalbi, 



      Yashay olsin bexavf, baxt bilan. 

      Mehnatimiz, g‘azab, sevgimiz 

     Tinchlik deydi butun xalq bilan». 

     Ushbu misralar Zulfiyaning qaysi she’ridan olingan? 

____________________________________________________________ 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

Ona tili va adabiyot  



7- sinf 2-  variant 

 

1.  Mening onam – shifokor. Gapda qanday munosabat shakli qo‘llangan? 

    A) Lug‘aviy shakl               B) Egalik shakli 

    C) Kelishik shakli                  D) Kelishik va egalik shakli 

 

2.  Qaysi qatordagi qo‘shimchalar ismlarning boshqa so‘zlarga tobelantirib bog‘lash uchun xizmat 

qiladi? 


    A) Egalik qo‘shimchalari             B) Kelishik qo‘shimchalari 

    C) Bog‘lamalar 

                     D) So‘z yasovchi qo‘shimchalar 

 

3.  Uning hovlisini ko‘rib, Saidaning og‘zi ochilib qoldi. Ushbu gapdagi qaralmish qaysi javobda 

berilgan? 

  A) Uning, Saidaning              B) hovlisini, og‘zi 

  C) ko‘rib, ochilib 

                      D) ko‘rib, qoldi 

 

4.  U o‘qish niyatida shaharga yo‘l oldi. Jo‘nalish kelishigi shaklidagi so‘z gapda qanday vazifada 

kelgan? 


        A) Egа        B) Kesim           C) To‘ldiruvchi           D) Hol 

5. Qaysi qatorda A.Muxtorning hozirgi hayot, ma’naviyat, madaniyat va badiiy ijod borasidagi 

mulohazalarini aks ettiruvchi eng so‘nggi kitobi berilgan? 

          A) «Uyqu qochganda»                 B) «Amu» 

          C) «Kumush tola»   

                    D) «Tug‘ilish» 

6. Mirmuhsinning «Me’mor» asarida Me’mor qaysi sulolaga xizmat qilmaslikka ahd qildi? 

А) Temuriyzodalarga                        В) Shayboniylarga 

С) Saljuqiylarga 

                  D)Pahlaviylarga 

 

7. Me’mor asari qahramonlari yo‘l safarida qanday tabiiy falokatdan omon qolishdi? 



A) Seldan               B) Zilziladan           C) Girdiboddan    D) Chaqmoqdan 

 

8. Omonatga xiyonat qilmaslik kabi olijanob tuyg‘ular qaysi asarning asosiy g‘oyasi hisoblanadi?  



         A) «Jannat qidirganlar»                B) «Qiyomat qarz» 

         C) «Oltin zanglamas»                 D) «Guldursun» 

 

9.Qaysi javobdagi kelishik qo‘shimchalari qismni ifodalaydi? 



 A) Tushum kelishigi    B) Jo‘nalish kelishigi 

 C) O‘rin-payt kelishigi       D) Chiqish kelishigi 

  

10.Qaysi qatorda ko'rsatish olmoshi gap o'rnida qo'llanilgan? 



        A)  Kim ko'p o'qisa, u ko'p biladi 

        B)  U Saidiy bilan do'st edi, bu do

stlik otalarini ham munosabatdor qilgan edi 



        C)  Istagim shuki, doimo tinchlik bo'lsin 

        D)  Kitobni ko'p o'qisangiz, undan ko'p hikmat topasiz 

 

11.Qaysi gapda narsa-hodisa so'rog‘i belgi-xususiyat so'rog‘i o'rnida qo'llangan? 



         A)  Nega uni otdami, aravadami eltib qo'ymadi? 

         B)  Kechagi gaplardan keyin qaysi yuzi bilan boradi? 

         C)  Nima ishlari bor ekan? - so'radi Zulayho xola 

         D)  Yo qudratingdan, bu qanday odam? 

 

             12.«Ravshan» dostonida uzukni ko‘rgan Zulxumor nima uchun Ravshanni qabul qildi? 



A) Uzukning qimmatbaho ekanligini sezdi 

B) Uzukning sehrliligini ko‘rgach, qo‘rqdi 

C) Uzukdagi yozuvda o‘z qismatini ko‘rdi 

D) Ravshanni tushida ko‘rib, sevib qolgandi  



 

 

 



             13. Obraz tushunchasi qanday ma’nolarda ishlatiladi?  

A) Uch ma’noda: keng, tor, ko‘chma              B) Ikki ma’noda: ijobiy va salbiy 

C) Ikki ma’noda: yaxshi va yomon                  D)  Ikki ma’noda: keng va tor 

14.Qaysi gapda bo'lishsizlik olmoshi ishtirok etgan? 

A)  Majlisda bu masala haqida hech kim churq etmadi 

B)  Hech vaqt ayol qalbini og'ritmang 

C)  Hech bandaning boshiga farzand dog'ini solmasin ekan 

D)  Berilgan gaplarning barchasida bo'lishsizlik olmoshi ishtirok etgan 

 

15.Qaysi gapda qo'shma olmosh mavjud? 



A)  Siz o'zingizni tuproq bilan tenglashtirmoqchi bo'lgansiz, lekin men hozir Kumushga ham 

qanoatlanmay, Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim. 

B)  Shu-shu bo'ldi-yu, Tursunboyning qulog'idan Zebixonning ovozi nari ketmay qoldi 

C)  Hamma unga o'girilib qarar, ammo Sattor Roziyadan boshqa hech kimni ko'rmas edi 

D)  O'zboshimcha unmas, o'zbilarmon yolchimas 

 

16.Qaysi qatordagi gapda belgilash olmoshi ishtirok etmagan? 



A)  Dildora hali yosh bo'lsa ham, aqli butun 

B) Dunyoning shodligi yig'ilsa, butun Do'stlar diydoridan bo'lolmas ustun. 

C)  Barcha shodlik senga bo'lsin, Bor sitam, zorlik menga ... 

D)  Har kim o'z quvonch ham orzularini bildirib turarkan 

 

17.Badiiy adabiyot ifoda xususiyatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 



A) Lirik, epik, dramatik, maxsus tur 

B) Og‘zaki va yozma adabiyot 

C) Liro-epik, maxsus tur 

D) Lirik, epik, dramatik tur 

 

18.Ijodkorning fikr, tuyg‘u, hissiyot va kechinmalari singdirilgan manzara tasviri qanday 



nomlanadi? 

       A) Badiiy obraz         

B) Mubolag‘а   

       C) Ilmiy axborot        

D) Peyzaj  

 

19.Qay tarzda yaratilganligi va kishilik xotirasida qaysi shaklda saqlanib qolganligiga ko‘ra badiiy 



adabiyot qanday turlarga ajratiladi? 

20.Qaysi  adib  1914-1915-yillarda  "Yangi  saodat",  "Uchrashuv"  singari  "milliy  roman"lar 

yaratgan? 

21.Hamza nima uchun o'z taxallusiga "Hakimzoda" nomini qo'shgan? 

22.«Olmosh» so‘zining lug‘aviy ma’nosi haqida tushuntiring. 

23.Bir kishi, bir narsa, bir nima so‘zlari olmoshlarning qaysi turiga kiradi va qaysi olmoshlar bilan 

almashtirish mumkin? 

24.Egalik qo‘shimchalarini olgan kishilik olmoshlari olmoshlarning qaysi turi bilan ma’nodoshlik 

hosil qiladi? 

25.Olmoshlarning qaysi turi juftlashib kela oladi? 

 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 



 

Ona tili va adabiyot  

      8- sinf   2- variant 

 

1.  «Kuntug‘mish» dostonidagi quyidagi misralar kimga tegishli? 

«Analhaq deb Mansur senga osildi, 

Assalomu alaykum, dorning og‘ochi…» 

A) Mohiboy              

B) Gurkiboy 

C) Xolmo‘min          

D) Xolbeka 

 

2. So‘z birikmalarida bosh so‘z boshqa so‘zlar bilan qanday yo‘l orqali bog‘lanadi?  



A) Faqat teng bog‘lanishi mumkin. 

B) Teng va tobe bog‘lanishi mumkin. 

C) Faqat tobe bog‘lanishi mumkin. 

D) Kelishiklar va ko‘makchilar orqali bog‘lanishi mumkin. 

 

3. Biz, vatan yoshlari, elimiz va yurtimiz uchun xizmat qilamiz. 



Berilgan gapda qaysi bo'laklar uyushib kelgan?  

        A)   ega va to'ldiruvchi     

                   B)  faqat ega  

        C)   to'ldiruvchi va aniqlovchi                  D)   faqat to'ldiruvchi 

 

4. Qaysi qatordagi ergash so‘z bilan bosh so‘zning tartibi o‘zgartirilsa, gap hosil bo‘ladi? 



A) Maqola o‘qimoq                               B) Indamas Murod 

C) Yura-yura charchamoq 

 D) Suvga to‘ldirmoq 

 

5.Boshqaruvli bog‘lanishda kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilar odatda qaysi so‘zlar tarkibida bo‘ladi? 



A) Bosh so‘z tarkibida       

              B) Ergash so‘z tarkibida 

C) Bosh so‘z yoki ergash so‘z tarkibida     D) Birikma oxiridagi so‘z tarkibida 

 

6. Chiqish kelishigi shaklidagi so‘zning to‘ldiruvchi vazifasida kelishi qaysi qatorda berilgan? 



A) Anvar bolalikdan otlarni sevgan. 

B) G‘ulomjon uyidan erta chiqib ketgan ekan. 

C) Sultonovning gapini chin yurakdan qarshiladi. 

D) Uyimiz pishiq g‘ishtdan qurilgan edi. 

 

7. O`zaro  grammatik  munosabat  qaysi birliklarda bo`lmaydi? 



A) Gapdagi so`zlar orasida           B) Qo`shma so`zlarda 

C) So`z birikmasida    

 

D) Gaplarda va so`zlarda 



 

8. Ana shu qishloqdagi balandgina tepalikda tez-tez sayil bo`lib turardi. Ushbu gapda nechta va qanday 

usulda bog`langan so`z birikmalari bor? 

A) 4ta; bitishuv, moslashuv, boshqaruv       

B) 6ta; moslashuv,  boshqaruv, bitishuv       

C) 3ta; bitishuv, moslashuv  

D) 5ta; bitishuv, boshqaruv       

 

9.Yomondan qoch, yaxshiga quchoq och. Ushbu maqolda so‘zlarning o‘zaro aloqasi qanday yo‘l bilan 



amalga oshgan? 

A) Gapda so‘zlar teng va tobe bog‘langan       

B) Boshqaruv va moslashuv yo‘li bilan 

C) Faqat boshqaruv yo‘li bilan 

D) Bitishuv va boshqaruv yo‘li bilan 

 

10.1. Ko‘cha katta 



2. Taklif qilmoq       3. Sotib olmoq 

4. Kulib gapirmoq 

   5. Bir tup o‘rik 

6. Maktab tomon  

Yuqorida qaysi so‘zlar birikuvidan so‘z birikmasi hosil bo‘lgan? 

A) 1, 2, 4, 5       

B) 3, 4, 6 

C) 3, 4, 5, 6        

D) 4, 5 

 

11.  So'z  birikmasida  tobe  bo'lakni  hokim  bo‘lakka  bog'lovchi  vositalarning  qo'shilish  o'rni  qaysi  qatorda 



to'g'ri ko'rsatilgan? 

 

 

A)  kelishik  tobe  qismga,  egalik  qo'shimchasi  hokim  qismga  qo'shiladi,  ko'makchi  va  ohang  hech  qaysi 



qismga qo

shilmaydi. 



B)  kelishik  hokim  qismga,  egalik  qo'shimchasi  tobe  qismga  qo'shiladi,  ko'makchi  va  ohang  hech  qaysi 

qismga qo'shilmaydi. 

C) kelishik, ko'makchi va ohang tobe qismga, egalik qo'shimchasi esa hokim qismga qo'shiladi. 

D) kelishik, ko'makchi va ohang hokim qismga, egalik qo'shimchasi esa tobe qismga qo'shiladi. 

 

12. Qo`qqisdan kirib kelmoq. Ushbu birikmadagi so`zlarning  bog`lanish  usuli ko`rsatilgan javobni 



belgilang.  

A) Boshqaruv  

                B) Bitishuv 

C) Kelishikli boshqaruv          D) Moslashuv 

 

13.«Bu yerga yetti so‘z oxir bo‘ldi, 



Burun o‘n dedim, u o‘n bir bo‘ldi»  misralari qaysi asardan olingan? 

A) «Qutadg‘u bilig»   

B) «Muhabbatnoma» 

C) «Hibatul haqoyiq» 

D) «Farhod va Shirin»  

 

14.«Qutadg‘u bilig» asaridagi qahramonlar qanday ramziy ma’noga ega? Bir-biriga mos javoblarni 



belgilang. 

1) Kuntug‘di;          2) Oyto‘ldi;         3) O‘gdulmish;       4) O‘zg‘urmish. 

a) qanoat, ofiyat, ya’ni sog‘lomlik ramzi;  b) aql va zakovat ramzi; c) adolat ramzi;  

d) baxt va davlat ramzi.   

A) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a  

B) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b 

C) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b    

D) 1-b, 2-c, 3-b, 4-d 

 

15.1) milodiy 1432-yili Yazd shahrida Mir Jaloliddin degan kishi taklifi bilan Boqi Mansur degan xattot 



tomonidan uyg‘ur yozuvida ko‘chirilgan; 

2) milodiy 1508–1509-yillarda arab yozuvi asosidagi turkiy alifboda ko‘chirilgan nusxA) Bu nisbatan 

to‘laroq – jami 473 baytdan iborat; 

3) 1896-yili asar arab yozuvi asosida turkiy alifboda ko‘chirilgan. («Qutadg‘u bilig») 

Yuqoridagi ma’lumotlardan qaysi biri «Muhabbatnoma» haqida? 

A) 1,3       B) 2,1       C) 2       D) 1, 2 

 

16. XIX asrning birinchi yarmida Nodira Lutfiyning qaysi g‘azaliga o‘xshatma yozgan? 



A) «Xoh inon, xoh inonma».  

B) «Ayoqingga tushar har lahza gisu» 

C) «Bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul» 

D) «Haq ul kun kim jamoling bor etibdur» 

 

17. Mumtoz she’riyatimizda asosiy tasvir manbai nima? 



A) Jon     

B) Bag‘ir            C) Ko‘z  

 

D) Ko‘ngil 



 

18. Lutfiy qaysi g`azalida pari, falakning qamari, tog‘ kakligi, Misr navvot-u shakari, Xitoy go‘zallari 

timsollarini keltiradi? 

A) «Ne bo‘lursan» 

         B) «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur» 

C) «Ayoqingga tushar har lahza gisu»   D) «Xoh inon, xoh inonma» 

 

 

        19.  So'z    birikmasida  hokim  bo‘lak  belgi  bildiruvchi  so'zlar  bilan  ifodalanib,  qiyoslashga  asos 



vazifasini 

bajarsa, 

qiyoslanuvchi 

so'z 


qaysi 

kelishik 

shakli 

orqali 


bog‘lanadi?__________________________________________ 

       20.  Biri  ikkinchisiga  tobe  bo‘lgan  bo‘laklar  o'zaro  grammatik  shakllar  yordamisiz  bog'lansa,  qanday 

aloqa sanaladi?___________________________ 

21. “Kuntug`mish” dostonida Mohiboy va Gurkiboy xonning yilqilarini kimdan va qay tarzda olib 

qo`yishadi?_____________________________________________ 

       


 

22. Tuyuq janrining ruboiydan asosiy farqi nima?_______________________ 

   23. "Qutadg'u bilig" asarini she'riy yo'l bilan ommabop qilib o'zbekchalashtirgan olim kim va bu asar 

yana kimlar tomonidan o`zbekchalashtirilgan?______________ 

  24. Beklikka tekkan dard davosi aql va bilim, Uni aql bilan emla, ey xalqi muloyim. 

kabi didaktik baytlar muallifi kim?_______________________________________ 



 

 

25. Hafiza iymanibgina mehmonlar uchun tayyorlangan so`riga chiqib o`tirdi. Ushbu gapda nechta va 



qanday so`z birikmalari bor?______________________ 

 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling