Ona tili va adabiyoti fanidan
Download 223 Kb.
|
Diktantlar to`plami
OQKO'NGILLIK
Oq ko'ngil odam har qachon boshqalar baxtiga, ularning xizmatdagi yo shaxsiy hayotdagi yutuqlariga xuddi o'z baxti, o'z yutug'i kabi qarab quvonadi. Agar bu quvonch zamiriga chuqurroq razm solinsa, yuksak, olijanob bir ma'no tantanasi ko'zga chalinadi. Oq ko'ngil odam shaxslar baxtida jamiyat baxtining in'ikosini ko'radi! Lekin ichiqora, baxil, ziqna odam birovning baxtini ham, yutug'ini ham ko'rolmaydi. Bundaylar ichiqoralik qilib: «Menda-ku yo'q, senda nima uchun bo'lishi kerak!» deydilar-da, baxillik qutqusining qullari bo'lib qoladilar. Xo'sh, bunday yaramas qiliq, ya'ni baxillik qayerdan paydo bo'ladi? Albatta, baxillik qon yo jon bilan o'tadigan fiziologik hodisa emas. Har qanday chaqaloq yaxshi fazilatni ham, yomon illatni ham keyin -yashash, o'sish jarayonida orttiradi. Agar shunday bo'lmasa, yomon xulq-atvorli ota-onaning bolasi har vaqt yomon, yaxshi xulq-atvorli ota-onaning bolasi har vaqt yaxshi bo'lib o'sishi kerak edi. Ammo hayotda, haqiqatda bunday emas. Aslida bolani chinakam inson qilib yetishtiradigan, uni yomon xulq-atvordan saqlab tarbiyalaydigan eng katta, eng boobro' murabbiy - ota-ona, oila muhiti yo shu oilada ota-ona o'rnini bosgan katta yoshli odamlardir. Bular nazorati bo'lmasa, maktab ham, jamoat tashkilotlari ham qiyin ahvolga tushib qoladi. Shunisi ham borki, har bir ota-ona bolasining xulq- atvori, aqliy-jismoniy tomoni qanday bo'lishidan qat'i nazar kam-ko'stsiz o'sishini, oilada, hayotda baxtli bo'lishini istaydi. Shu tabiiy istak mayli bilan ba'zi oilalarda ota-onalar bolalarini kichikliklarida qo'g'irchoqdek yasatishadi, qo'llarini sovuq suvga urdirmay papalashadi, erkatoy, tantiq qilib o'stirishadi. Natijada bunday bolalar injiq, ichi tor, ziqna bo'lib yetilishadi. Bularda boriga qanoat qilish, yo'g'iga ko'nikish xislati bo'lmaydi. Aksincha, ko'ngillari tusagan narsani har qanday tadbir bilan, harom-xarish yo'llar bilan bo'lsa ham muhayyo qilish taraqqiy topadi. Agar mana shunday mayl tomiri vaqtida qirqilmasa, u bolani oxirida ma'nan mayib qiladi. Bunaqa bola ota-onasining qudratli panohidan havolanib, uyida hech kimning gapini quloqqa olmaydi, maktabda sinfdoshlarini, hatto muallimlarini ham nazariga ilmaydi, jamoada hamma o'zini baravar tutishi kerakligini pisand qilmaydi. Bu xulq-atvor bolani katta hayot qiyinchiliklaridan, ya'ni har qanday bola katta bo'lganida duch keladigan mehnat mashaqqatlaridan qo'rqadigan qilib qo'yadi.
Bizning yangi hovlimiz Abdulla Qahhor ko'chasida joylashgan. Hovliga chiroyli eshik orqali kiriladi. Eshik yonida mashina kirishi uchun katta darvoza ham bor. Hovliga kirishingiz bilan besh xonali uyga ko'zingiz tushadi. Uyning tomi to'q qizil rangga bo'yalgan. Oppoq rangdagi derazalarning yaltirashi ko'zingizni oladi. Uyning yerto'lasi ham bo'lib, u yerda sabzavot va boshqa mahsulotlar saqlanadi. Xonalarning birida ukam ikkalamiz yashaymiz. Bizning xonamizga guldor gilam to'shalgan. Ikkita karavot qo'yilgan. Karavotlarda chiroyli ko'rpa va yostiqlar bor. Hovlidagi gulzor va mevali daraxtlar ko'zingizni quvnatadi. Daraxtlar tagiga qo'yilgan kattagina so'rida yoz oylarida miriqib dam olish mumkin. IFTIXOR Nihoyat, Londondan Toshkentga uchadigan bo'ldik. Havo kemasiga chiqishimiz bilan osoyishta va yoqimli ovoz yangradi: «Assalomu alaykum, xonimlar va janoblar! Sizlarni «O'zbekiston havo yo'llari» milliy aviakompaniyasi nomidan muborakbod etamiz!» Rostini aytsam, ko'zimdan yosh chiqib ketdi. Bu so'zlar mening tilimda, ona tilimda jarangladi! Vatanimdan minglab chaqirim narida, tag'in yuzlab xorijiy yo'lovchilar o'tirgan kemada!.. Aqalli mana shu holatning o'zi uchun Istiqlolga ming bora ta'zim qilishga tayyorman! (O'. Hoshimov) NINACHI
Dunyoda eng ko'p ovqat yeydigan jonivor qaysi ekanligini bilasizmi? Siz, ehtimol, sher yoki yo'lbars deb o'ylarsiz. Boshqa birovlar ayiq yoki bo'ri deb hisoblar. Ba'zilar bunday jonivorlar qatoriga filni ham qo'shishar. Ammo bularning birortasi ham to'g'ri emas. Dunyoda eng ko'p ovqat yeydigan jonivor ninachidir. U ikki soat ichida qirqta pashsha va chivinni tutib yeydi. Agar uning gavdasi sher yoki fil kabi katta bo'lganida edi, birdaniga bitta sigirni yeb qo'ygan bo'lar edi. Bitta ninachi shuncha zararli hasharotni yo'q qilsa, o'nlab, yuzlab ninachilarning tabiatga, odamlarga qanchalik foyda keltirishini tasavvur qilish mumkin. Bu bilan ninachi tabiat qo'riqchisi vazifasini bajaradi. Tabiatda ninachiga o'xshagan foydali jonivorlar ko'p. Ularni asrash hammamizning vazifamizdir. («O'zbek tilini o'rganamiz» kitobidan) SABZAVOT
Odamlar sabzavotni ovqatga juda qadimdan ishlatib keladilar. O'rta Osiyoda piyoz, sabzi, qalampir, turp va boshqa sabzavot ekinlari ikki ming yil ilgari ham ekilgani ma'lum. Sabzavot o'tsimon o'simlik bo'lib, uning biror sersuv qismi, chunonchi, sabzi, turp, sholg'omning etli ildiz mevasi; karam va salatning barglari; gulkaramning g'unchasi; rovochning barg bandi; pomidor, bodring, baqlajonning mevasi ovqatga ishlatiladi. Sabzavotlar mazali bo'lishi bilan birga juda foydali hamdir. («U kim. Bu nima» kitobidan) Download 223 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling