Tuzuvchi: dots.M.Jumaniyozova
UrDU Maktabgacha ta’lim yo`nalishi sirtqi bo`limi 20/11- guruh talabalari uchun “Ona tili va bolalar adabiyoti”dan sessiya oraliq nazorat ishi
2-variant
Topshiriqlar:
Matnni bo`g`inlarga ajratish va urg`usini qo`yish.
Tagiga chizilgan so`zni fonetik tahlil qilish.
Matndagi so`zlarni morfemik tahlil qilish.
Matndagi gaplarni so`z birikmasiga ajratib tahlil qilish.
Matndagi gaplarni sintaktik tahlil qilish
Matn.
1. O’nta qo’yni qishdan omon chiqarsa, bitta qo’zi ustama mukofot oladi. (Sh. X.) 2. Amirzodamning so‘zlari qulingizga sari toj bo‘lsin! Ertagayoq novvoylarga un berib, ochlarga non yoptirib tarqatishni men o‘z zimmamga olurman! (P.Q.) 3. Tankka qarshi to‘plar, tanklarni yaqin, go‘yo mana-mana sapchish bilan bosib, yanchib keta oladigan masofaga keltirib, omonsiz o‘tga tutardilar. (O.) 4. “Bo, zaril keptimi!-Lobar labini burdi.- Ishim boshimdan oshib yotibdi”. (H.G`.) 5. Menga qara, Hojiakbarri O`g`lisan-a, ertaga bir do`ppi o`rik beraman, mana shu xatti o`qib ber. (S.Ahm.) 6. Elmurod… turli noz-u ne’matlardan yeyotgan sallalilarga telmurdi. (P.T.) 7. “Sayr qilsa arziydigan tun,-dedi Ketrin.- Bevosh kecha, nimasini aytasiz”. (E.Xeminguey.) 8. Boshim aynaldi. U yo`gini eslolmayman. (H.G`.)
Do'stlaringiz bilan baham: |