Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
270-mashq. Nuqtalar o‘rniga avval -ta qo‘shimchasi, so‘ng dona, tup, bosh,
nafar, nusxa so‘zlaridan mosini qo‘yib o‘qing. 1.Yigirma … non kerak ekan. Narxi qanchadan deb darrov so‘rab kel! (A. Qodiriy) 2. Yoniga to‘rt … yasovul olib, Sultonali yo‘lga tushdi. (A. Qodiriy) 3. Salkam million … daraxti bor Toshkentda nima ko‘p, sersoya joylar ko‘p. (P. Qodi-rov) 4. Akam bilan Tog‘kamarga tushib chiqdik. O‘sha kamar ichi keng: yuz … qo‘y soyalashi mumkin. (Sh. Xolmirzayev) 5. Toshkentda bu kitobdan faqat ikki … bor, xolos. (S. Ahmad) 126 -ta qo‘shimchasi va dona, tup, bosh, nafar, nusxa so‘zlarining qo‘llanish doi- rasini tushuntiring. 271-mashq. Gaplarni o‘qing. “Sanoq son + oʻlchov so‘z + o‘lchanadigan (sanaladigan) narsa nomi” qolipli birikmalarni ajratib yozing. O‘lchov so‘zlar- ning ma’nosini tushuntiring. 1. Mashhur hofiz va mashhur o‘yinchi chol o‘n kilometr masofadagi Urganchgacha poyi piyoda yo‘l oladilar. (M. Qo‘shjonov) 2. Beh-beh, – deb tovuqlarni donga chaqirar va uning oldida bir to‘da tovuq qutqutlashib, don talashar edi. (P. Tursun) 3. Duvullab bir hovuch o‘rik to‘kildi. (S. Siyoev) 4. Xosiyat xola olovi ancha pasayib qolgan o‘choq yoniga borib, tuvoqni ko‘tardi-da, oshning ta’mini ko‘rib, bir chimdim tuz tashladi. (R. Fayziy) 5. Uch yuz yigirma tonna portlatgich bir yarim kilometr masofadagi toshloqqa chuqur o‘rnatilgan. (S. Ahmad) 6. Men o‘n yildan beri azm qilolmay yurgan bu ishga bugun jazm etdim. (A. Muxtor) 7. Bir kuni ko‘chada ketayotsam, Umri bir bosh uzum ko‘- tarib kelyapti. (A. Qahhor) 8. Har o‘n tanob yer bir suv hisoblanib, mana shu maydon hisobidan ariq tozalashga bir hasharchi yuborilar edi. (I. Jabborov) 9. Arslonqul barvasta qomat, o‘mrovli, sodda, o‘n sakkiz yashar yigitcha edi. (Oybek) 10. – Bir jo‘ra atlas u yoqda o‘ttiz so‘m, – dedi Turob Usmonga. (O. Husanov) 11. Alijon, qo‘lida bir karj tarvuz ushlagan holda, boshini sarak-sarak qildi. (H. Nu’mon) 12. Faqat bir- ikki tilim handalak yedi-yu, uch-to‘rt piyola choy ichdi. (P. Qodirov) 13. Atmosferaning eng yuqori qatlami – ekzosfera. U yerda havo de- yarli yo‘q. Harorat taxminan 2000 daraja issiq deb hisoblashadi. (“Bolalar ensiklopediyasi”dan) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling