Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
409-mashq. Gaplarni o‘qing. Ajratilgan izoh aniqlovchilarni topib, turini
aniqlang. 1. Buni bilish qiyin bo‘lsa ham, uning, Otabekning, hozirgi ba’zi harakatlari diq-qatni jalb etarli edi. (A. Qodiriy) 2. Nasiba opa issiq, hozirgina tandirdan uzilgan nonlarni savatga solib, ayvonga keltirdi. 3. Qobil bobo, yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan, og‘il eshigi 195 yonida turib dag‘-dag‘ titraydi. (A. Qahhor) 4. Abdulla Qodiriy – buyuk yozuvchimiz, Turkistonning tanazzulga uchrash sabablarini chuqur ochib berdi. 5. Bu qizlarning, Malohat va Yulduzning orzusi – oliy o‘quv yurtiga kirib o‘qish. 6. Biz, yoshlar, xalqqa xizmat qilamiz. 7. Nyu Yorkda baland, osmono‘par binolar ko‘p. 8. Zavodlarda yigitlar, ilg‘or, Po‘lat quyib, hayot quradi. Fabrikada qizlar, ijodkor, Ozod mehnat zavqin suradi. (Oybek) 410-mashq. Quyidagi so‘z birikmalari ajratilgan izoh aniqlovchi bo‘lib kelgan gaplar tuzib yozing. Iste’dodli rassom, taniqli bolalar shoiri, mashhur olim, mashhur bastakor, buyuk shifokor, taniqli xonanda. 411-mashq. Gaplarni o‘qing. Ajratilgan izoh hollarni aniqlang. 1. Uzoqda, tog‘ yonbag‘irlarida, behisob qorako‘l qo‘ylari o‘tlaydi. (Mirmuhsin) 2. Har yili kuzda, xazonrezgi vaqtida, daraxtzorni aylanib yuraman. (O‘. Umarbekov) 3. Bektemirga notanish qandaydir qushlar gala-gala bo‘lib, allaqaylarga, go‘zal, issiq diyorlarga safar qiladilar. (Oybek) 4. Shu daqiqadan boshlab, Suyarqulning quloqlari tom bitdi. Tanaffus boshlanishini ham hammadan keyin – sinfda g‘ovur-g‘uvur boshlanganda bildi. (A. Ko‘chimov) 5. Bir kuni kechqurun, yotar mahal- da ayamni chetga tortib shivirladim. (S. Siyoyev) 6. Ko‘prikning naryo- g‘ida, ishkomga poyasi kesib olingan keksa tol yonida, Dildor bilan A’zamjon turardi. (S. Ahmad) Ajratilgan izoh hol ishtirok etgan ikkita gap tuzib yozing. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling