Ona tili va bolalar adabiyoti


Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar 
462-mashq. O‘qing. Qo‘shma gap qismlari orasida vergul va nuqtali vergul-
ning ishlatilish sababini tushuntiring.
1. Kun botgan, butun atrof qorong‘ilashgan edi. (S. Ayniy) 2. Ku-
mushbibi boshlovchi qizlar bilan uyga kirdi, undan taralgan atir islari 
bilan uy to‘ldi. (A. Qodiriy) 3. La’lixon ishdan chetlatildi; asablari dab-
dala bo‘lgan Jo‘raqulov yana jangga kirdi. (Mirmuhsin) 4. Cho‘loq tur-
nachaning qaltirashi bosilgan, uning vujudiga bir bexavotirlik va 
ishonch kirgan edi. (Sh. Xolmizayev) 5. Gulnorning yuragi kuchli to‘l-
qinlandi, butun gavdasini totli bir titroq bosdi. (Oybek) 6. Mayin yel 
cho‘qqilarni quchib yotgan qor nafasini olib keladi; muzlikdan sizib 
tushayotgan suv shildirab oqadi. (Y. Shamsharov) 7. Zumrad barmo-
g‘ini siladi; nodir uzuk barmog‘ini, yo‘q, yuragini siqayotgandek bo‘l-
di. (S. Siyoyev) 
 
463-mashq. O‘qing. Qo‘shma gap qismlari orasida ikki nuqtaning ishlatilish 
sababini tushuntiring. 
 
1. Tashqariga chiqib, ko‘ngli yanayam yorishib ketdi: badqovoq kul-
rang bulutlar uzoq-uzoqlarga chekingan. (A. Obidjon) 2. Ayolim qi-
shin-yozin ichkari hovlining yumushini qiladi: kir yuvadi, uy-joyni 
supuradi, non yopadi, ko‘rpa qaviydi. (Oybek) 3. Ayniqsa, qorako‘l 
qo‘zilari nozik bo‘ladi: zax yerga yotdi deguncha, o‘pkasiga bag‘riqurt 
tushib, o‘lib ketadi. (S. Anorboyev) 4. Otamurod uzoqdan bo‘lsa-da, 
sezdi: boshliq og‘ir ahvolda qolibdi. (M. Mansurov) 5. Uni birdan qo‘r-
quv bosdi: go‘yo allaqanday yashirin ko‘zlar tevarakdan ularni poylab 
turgandek sezildi. (Oybek) 6. Odamning ko‘ngli nozik bo‘ladi: bir 
kichkina narsa bilan yo sinadi, yo ko‘tariladi. (M. Ismoiliy) 7. Muhsina 
xonimning chiroyi ochildi: erini bunday
 jahldor-u cho‘rtkesar holda 
ko‘rish unga yoqardi. (M. M. Do‘st) 8. Bir qadam tashlab, birov orqa-
sidan tortganday to‘xtadi: mashina eshigi plashining belbog‘ini qisib 


215 
olgan edi. (A. Ko‘chimov) 9. Fidoyilik bilan qilingan mehnat o‘z sama-
rasini ko‘rsatdi: mo‘l hosil yetishtirildi. 10. Rentgenolog vrachning 
rang-quti o‘chdi: bemorning tomog‘ida bilinar-bilinmas dog‘ bor edi. 
(I. Rahim) 11. Bola atrofga bir qarab tushundi: harakat qilish ham 
befoyda. (Sh. Xolmirzayev) 
 
464-mashq. O‘qing. Qo‘shma gap qismlari orasida tirening ishlatilish sababini 
tushuntiring. 
1. Suv keldi – nur keldi. (Maqol) 2. Jismimiz yo‘qolur – o‘chmas 
nomimiz. (H. Olimjon) 3. Qo‘shning tinch – sen tinch. 4. Vaqting ketdi 
– naqding ketdi. (Maqol) 5. Egri ozadi – tog‘ri o‘zadi. (Maqol) 6. Biroz 
qor yog‘di – sovuq bo‘lmadi. 6. Hut kirdi – dehqonning ichiga qurt 
kirdi. 7. Qor yog‘di – don yog‘di. (Maqol)  
 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling