Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
469-mashq. Berilgan gaplarni zarur tinish belgilarini qo‘yib ko‘chiring. 
1. Jo‘ravoy ota hamon o‘y surib o‘tirgan aftoda qiziga dedi: Hadeb 
o‘y sura ber-ma, E’zoz (H. G‘ulom) 2. Iskandar yo‘lovchidan so‘radi 
Beshariqqa qanday borsam bo‘ladi 3. Qurbon ota zavqlanib dedi Ya-
shanglar, azamatlar, boplabsizlar 4. Shodmon aka o‘g‘lidan so‘radi 
Qovunni qayerdan sotib olding 5. Adabiyotshunos olim Ibrohim Haq-
qul shunday deb yozgan edi Nafs amriga tobelarda hech payt ma’naviy 
osoyishtalik bo‘lmaydi. 6. Salim o‘rtog‘iga dedi Hoy Sodiq, ko‘zingni 
och Keyin pushaymon boʻlasan
470-mashq. Gaplarni o‘qing. Tinish belgilarining ishlatilishiga e’tibor bering. 
1. “Bultur ana shu kezda, – dedi Safar engashinqirab, – bozorga 
sakkizta bo‘z olib tushgan edim”. (A. Qodiriy) 2. “Qarg‘ashning hech 
keragi yo‘q, – dedi Marhamat. – Lekin bunaqa taltaytirish ham 


217 
yaxshimas-da”. (H. Nazir) 3. „Ulusning sho‘ri qursin! – dedi Tohir. – 
Kasofat podsholar urushmay turolmasa“. (P. Qodirov) 4. „Onajon, – 
dedi Otabek, – sizning zaharli so‘zlaringizga nima deyishga ham hay-
ronman“. (A. Qodiriy) 5. „ Shoir bilan uchrashuv qachon bo‘lar ekan? 
– so‘radi Zamira. – Men ham bormoqchi edim“. 
Muallif gapi ko‘chirma gapning o‘rtasida kelsa, tinish belgilari qay tarzda 
qo‘yiladi? 
471-mashq. Berilgan gaplarni zarur tinish belgilarini qo‘yib ko‘chiring. 
1. Qo‘zg‘almanglar dedi bizga samovarchi hali aravakash bu yerda 
dam olib, bafurja jo‘naydi. (N. Safarov) 2. Boshlang‘ich sinf o‘qituv-
chisi dedi domla bolaning ruhiyatini chuqur bilishi kerak. 3. Menda 
ixtiyor yo‘q, oyijon dedi Kumush Sizlar nimani ma’qul ko‘rsalaringiz, 
menga baribir. (A. Qodiriy) 4. Endi aravani chiqaraverasan-da, o‘g‘lon 
dedi G‘ani tog‘a O‘zim qo‘shib beraveraman. 5. Ishni tugatdingizlarmi 
so‘radi Zamira opa Oshni suzaveraymi 6. Pul topish qiyin soqolini tarab 
dedi boy ammo pul xarajat qshishni bilish undan ham qiyin. (Oybek) 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling