Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 485-mashq.
483-mashq. Gaplarni o‘qing. Nuqtaning o‘rnini, ya’ni mazmuni va tuzilishiga
ko‘ra qanday gaplar oxiriga qo‘yilganini izohlab bering. 1. Osmonni yana quyuq bulut qoplagan. Birda-yarim yomg‘ir tom- chilab qo‘yadi. (P. Qodirov) 2. Bir ish ko‘ngildagidek ado etilsa, ikkin- chisini bajarish ancha yengillashadi. (Sh. Rashidov) 3. Ko‘z qo‘rqoq – qo‘l botir. (Maqol) 4. Bahor. Adirlarda g‘ir-g‘ir shabada esadi. (Y. Shamsharov) 5. – Menga ham varrak yasab bering. Anavi Daroz bolaning varragidan chiroyli bo‘lsin. (Y. Shamsharov) 6. Qarg‘ashning hech keragi yo‘q, – dedi Marhamat. – Lekin bunaqa taltaytirish ham yaxshimas-da. (H. Nazir) 7. „ Ulusning sho‘ri qursin! – dedi Tohir. – Kasofat podsholar urushmay turolmasa“. (P. Qodirov) 484-mashq. Gaplarni o‘qing. So‘roq belgisining ishlatilish sababini tushun- tiring. 1. Ha, Bo‘taboy aka, bemahalda nima qilib yuribsiz? Tinchlikmi? (A.Qahhor) 2. Bosh-ko‘zimni aylantirib, qo‘lga oldingiz, endi hunar chiqaryapsizmi? (S. Karomatov) 3. Birodar, Azizxon degan polvon bo- lani qaydan topsam bo‘ladi? (S. Ahmad) 4. Ha, aytgandek, qudangiz- nikiga yuborgan kishingiz keldimi? (A. Qodiriy) 5. – Kim kelyapti: Sarvimi, Rahbarmi yo akangning bolalarini yetaklab kelyapsanmi? (G‘. G‘ulom) 6. Nega jim o‘tiribsizlar? Og‘izlaringizga tolqon solib oldilaringizmi? Chirmanda chalib, qo‘shiqni boshlanglar! (I.Rahim) 7. Na o‘tin bo‘lma-sa, na o‘tinni yorgani teshasi bo‘lmasa, nima qil- aman? 8. Bobongiz xafa bo‘lsalar maylimi? (Hikoya sarlavhasi, M. Is- moiliy) 8. Bu ishning hammasini yarim soat (?) ichida bajarar ekanmiz. 485-mashq. Oxiriga undov belgisi qo‘yilgan gaplarning turini (darak-undov, so‘roq-undov yoki buyruq-undov) ayting. 1. Behuda qon to‘kmoq, yurtni parchalamoqdan azim gunoh yo‘q! (Oybek) 2. Sendek itdan bizga qipchoq yaxshi! – Xalqning bu javobi ishning na darajaga yetganini anglatar edi. (A. Qodiriy) 3. Muncha ser- piching bo‘lib ketibsiz. Menda alamingiz bormi! (Shuhrat) 4. Hoy, bo‘- rilar! So‘zlaringdan qayt! (Hamza) 5. Iloyo, baxtingni bersin, yaxshi qayliqqa uchrab, bu kunlaring unut bo‘lsin, bolam! (Oydin) 6. – Olib bor, bachchag‘arni! Qamab qo‘y! – deb baqirdi mingboshi. (Cho‘lpon) 7. Shunday rohat turmushimizdan, shunday shirin umrimizdan darrov 223 bir yili ketdimi! Oh, dod deyman. (A. Qahhor) 8. Endi Halima chirsillab ketdi: – Ha, senga hazil qilib ham bo‘lmaydimi! (O‘. Usmonov) 9. To‘g‘ri tut ishingni va halol yasha! (Shuhrat) 10. Nega, mening dilim, titraysan nechun, Nechun yuragimni tirnaysan, g‘ashlik! (A. Oripov) 11. O‘z bolalaridan ikkitagina qurushqoq limonni ayaydirgan ota qana- qa ota axir! (G‘ayratiy) 12. – Ablah odam ekansan! – dedi imom. – Siz ham ahmoq mulla ekansiz! – dedi Safar bo‘zchi. (A. Qodiriy) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling