Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

232-mashq. Gaplarni o‘qing. Tub shakl qanday vositalar yordamida birlik 
yoki ko‘plik ma’nosini ifodalayotganini izohlang. 
1. – Kel endi, mana bu ko‘chatni ushlab tur, – deydi ba’zan bobom. 
(X. To‘xtaboyev) 2. Domla ichkariga kirib ketdi-da, birozdan keyin 
qo‘lida bitta katta pichoq, bir bolta va biroz chiyratma arqon bilan 
to‘ppa-to‘g‘ri mening oldimga keldi. (G‘. G‘ulom) 3. Zap terak bo‘lib-
di-da, ekkanning otasiga rahmat. Bir kishi ekkandan ming kishi bahra 
olar ekan. (A. Irisov) 4. Toy yo‘rg‘alab ketdi. (A. Qah-hor) 5. Ammo 
o‘rdak tomdan tushmay, tumshug‘idagi bir hovuch gavharni tash-
labdi-yu, uchib ketibdi. O‘zida yoq xursand bo‘lgan chol gavharlarni 
do‘kondorga olib borib, katta pulga sotibdi. (“Ochko‘z boy” ertagidan) 
6. Shu yo‘sin Qashqarga borib bir quchoq mayda ko‘chat olib qaytdik. 
(X. To‘xtaboyev) 7. Bir odam ariq qaziydi, ko‘p odam suv ichadi. 
(Maqol) 8. Tokchalari ganchdan ajoyib gullar bilan ishlangan katta 
uyda bir talay odam o‘tirgan edi. (Oybek) 9. Sidiqjonning diqqati o‘ng 
tomondagi to‘qaynning ochiq yeriga terib qo‘yilgan son-sanoqsiz 
g‘ishtga jalb bo‘ldi. (A.Qahhor) 10. Odam yig‘ildi. (A.Qahhor)
11. Tarbiyaga doir kitob ko‘p. (A. Qahhor) 12. To‘rt quti urug‘ni o‘z 
qo‘li bilan keltirib berdi. Hademay qurt ko‘m-ko‘k barg ustida 
o‘rmalab qoldi. (A. Qahhor) 13. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga so‘roq 
bering. 14. To‘plardan g‘ilof olindi. (A. Qahhor) 15. O‘qishdan keyin 
rasm to‘garagida mashg‘ulot o‘tkazib, kechroq uyga keldim. Oyim issiq 
non yopib qo‘ygan ekanlar. (G‘ayratiy) 16. Yakshanba kuni ovqatdan 
keyin bolalarga kuzgi paxtalik nimcha berildi. (A. Qahhor)  
Savollar: 
1. Son kategoriyasining tub shakli qanday vositalar yordamida birlik ma’nosini 
ifodalaydi? 
2. Tub shakl qanday vositalar yordamida ko‘plik ma’nosini ifodalaydi? 
3. Nima uchun tub shal ko‘plikni ifodalaganda unga -lar qo‘shilmaydi? 


106 
233-mashq. Matndan ko‘plik ma’nosini ifodalagan birlik shaklidagi otlarni 
toping. Bu otlar ko‘plik ma’nosini qanday vosita yordamida ifodalaganini 
izohlang. 
Atrof yam-yashil. Tabiatning sehri bilan olamdagi bor rang Navo-
shox soyining ikki betiga sepib yuborilganday. Pichan tizzadan keladi. 
Oppoq ochilgan gulxayri salobatli archalarga bosh uradi. Yakka-dukka 
sershox, sap-sariq qavraygul, bargsiz, yalang‘och, havorang gulli sach-
ratqi. Soy ichiga dalarayhon hidi qamalib qolgan – hamma yoq muattar. 
Tevarak-atrof tabiiy chamanzor. Ming bir xil rang tovlanadi. Qadam 
qo‘ysang gulni bosasan. (S. Anorboyev) 
 
Savol va topshiriq: 
1. Bu otlar ko‘plik ma’nosini qanday vosita yordamida ifodalagan? 
2. Ko‘plik ma’nosini ifodalagan birlik shaklidagi otlarga -lar qo‘shimchasini 
qo‘shib matnni o‘qing. -lar qo‘shimchasining ko‘p qo‘llanishi matnning 
nafosatiga qanday ta’sir qilishini tushuntiring. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling