Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Savollar: 
1. Egalik shakli deganda nimani tushunasiz? 
2. Egalik shakli qanday qo‘shimchalar bilan hosil bo‘ladi? 
3. Egalik qo‘shimchalari nimaning shaxsi va sonini ko‘rsatadi? 
237-mashq. Ko‘cha va uy so‘zlarini egalik qo‘shimchalari bilan shaxs va 
sonda o‘zgartiring. Unli va undosh tovush bilan tugagan otlarga qanday egalik 
qo‘shimchasi qo‘shilishini ayting. 
238-mashq. So‘zlarga egalik qo‘shimchasini qo‘shib yozing.
Tilak, nutq, taroq, huquq, bilak, idrok, yo‘q, yuq, tok, axloq, erk, 
ishtirok, chiroq, qirq, ko‘rk, mulk, etak, milk, sirk, xalq, qiliq, farq, 
sharq, qishloq, tatbiq, og‘riq, tuk, beshik, bek, mashq, chek, zavq, 
ocherk, yaxshiroq, ittifoq. 
 
Bu so‘zlarni imlosiga ko‘ra necha guruhga bo‘lish mumkin? Imlo qoidasiga 
ko‘ra izohlang. 


109 
239-mashq. Quyidagi so‘zlariga I, II, III shaxs egalik qo‘shimchalarini 
qo‘shib yozing. Yozgan so‘zlaringizning imlosini qoida asosida tushuntiring. 
Parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo. 
 
240-mashq. Quyidagi so‘zlarga III shaxs egalik qo‘shimchasini qo‘shib 
yozing. 
Ularning imlosi haqida xulosa chiqaring. iy harf birikmasi bilan tugaydigan yana 
5 ta so‘z topib ayting.
Dohiy, homiy, moziy, soqiy, faxriy. 
241-mashq. Qalam so‘ziga egalik qo‘shimchalarini shu tarzda qo‘shingki, bu 
so‘z quyidagi grammatik ma’nolarni ifodalasin: 
1) qalam bitta, egasi ham bitta
2) qalam ko‘p, egasi bitta; 
3) qalam bitta, egasi ko‘p; 
4) qalam ko‘p, egasi ham ko‘p. 
242-mashq. Gaplarni o‘qing. Egalik shaklidagi otni o‘zi bog‘langan so‘z bilan 
ajratib yozing.
1. – Avvalo, mening uyim yo‘q. Undan keyin meni muborakbod 
qilib turgan tanishlarim ham yo‘q, – dedi Anvar qo‘l siltab. (A. Qodiriy) 
2. Shunda bulbul nag‘masi, qizlarimiz yallasi, yigitlarning g‘ururi 
ayniqsa avjlanadi. (G‘. G‘ulom) 3. Baqqol bu so‘zlarni eshitmaganday 
avrayverdi: – Men sizning foydangizni o‘ylayman. (Oybek)
3. Shaharlarning nomi abadiy,
Bu nomlarni qo‘ygan el-ulus. (M. Shayxzoda) 
4. Ular qizning bo‘yi, beli, yelkasi va qo‘llarini o‘lchab yozib olishdi. 
(I. Rahim) 5. Erining bu jasoratiga qarshi Oftob oyimning yuziga 
rizosizlik belgisi chiqdi. (A. Qodiriy) 6. Bizning vazifamiz ilmni xalq 
tajribasi bilan boyitish va shu bilan birga xalq, tajribasini ilmning elagi-
dan o‘tkazishdir. (A. Qahhor) 7. Singlingning to‘yiga sen bosh bo‘la-
san, sening to‘yingga Robiya bosh bo‘ladi. (O‘. Hoshimov) 8. Keyin-
chalik maktab sahnasida o‘ynaladigan spektakllarda hamisha bosh 
rollarni ijro etadigan bo‘ldi. (S. Karomatov) 9. Oromingni buzdi sening 


110 
ham fashist degan vahshiy olomon. (A. Oripov) 10. Hali o‘ynoqi ko‘z-
larini yummagan yorug‘ yulduzlarni hisobga olmasa, Qorabuloq qish-
log‘ida birorta uyg‘oq jon qolmagan edi. (M. Ismoiliy) 11. Bu dendrariy 
yuqorida nomi aytilgan birlashma va O‘zbekiston Fanlar akademiya-
sining Botanika bog‘i hamkorligida barpo etilgan. («Fan va turmush» 
jurnalidan) 12. O‘zbek xalqi qadim-qadimlardan buyon hashar usulida 
juda ko‘p inshootlar barpo qilgan. (S. Ahmad) 13. So‘nggi 20 yil mo-
baynida Orol dengizi sathi 8 marta pasayib, suv hajmi 393 kub kilo-
metrga kamaydi. («Fan va turmush» jurnalidan) 14. Shu-shu bo‘ldi-yu, 
nemis tilini o‘rganishga harakat qildi. Biroq bir necha oy mehnat qil-
gandan keyin eshitsaki, Shekspir nemis emas, ingliz ekan. (A. Qahhor) 


Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling