Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
336-mashq. Gaplarni o‘qing. Ergashtiruvchi bog‘lovchilarni topib, ma’no turi
va nimani bog‘lashga xizmat qilayotganini ayting. 1.Ovoz shu qadar tiniq, dilrabo ediki, Muqaddam hayajondan entikib ketganini sezdi. (O‘. Hoshimov) 2. O‘qituvchiga kibr-u havo va takab- burlik aslo yarashmaydi, chunki yosh avlod undan ibrat oladi. (R. Us- monov) 3. Qish kechalari juda uzun, shuning uchun choyxonalar obod. (A. Qodiriy) 4. Maktab – bilim darvozasi, ya’ni faqat bilim olish yo‘lini ko‘rsatib beradi, xolos. (P. Tursun) 5. Hindistonning qoramtir changal- zorlarini, qalin bambukzorlarini, ya’ni junglini ko‘rish uchun ertalab yo‘lga chiqish ma’qulligini aytishdi. (Z. Akramov) 6. Agar u har kuni ertalab, kechqurun soyga tushmaganda edi, ko‘za-ko‘za suv quyib, to- miriga nam yubormaganda edi, o‘rik allaqachon xazon bo‘lardi. (Sh. Rashidov) 7. Agar qiyinchilikdan qo‘rqilmasa-chi, insonga rom bo‘lmagan narsa yo‘q ekan. (H. Nazir) 8. Modomiki, o‘z g‘arazi yo‘lida istibdod orqali el ustiga hukmron bo‘lg‘uvchilar yo‘qolmas ekanlar – bizga najot yo‘qdir. (A. Qodiriy) 8. Mabodo qiynalsang, to‘g‘ri oldimga kelaver. (S. Siyoyev) 161 Yuklama 337-mashq. Gaplarni o‘qing. Yuklamalarni topib, ma’no turini ayting. Qaysi yuklama butun bir gapga, qaysi yuklama ma’lum bir so‘zga qo‘shimcha ma’no qo‘shganini ayting. 1. Bemaza kitobni-ku jonga tekkan joyda shartta yopib qo‘ysa bo‘lar, biroq umr kitobini-chi? (X. Sultonov) 2. Ha, aytganday, qudangiznikiga yuborgan kishingiz keldimi? (A. Qodiriy) 3. Buvaydadan chiqib ketga- nimga yigirma yildan oshgandir, ko‘p ham bo‘lgandir. (A.Qahhor) 4. Lekin tanimizda kezar-ku beshak Olis bobolarning ming yillik qoni. (A. Oripov) 5. Hatto umri bo‘yi qorni to‘ymagan qashshoq ham, ko‘zi basir tilanchi ham, bir kun bo‘lsa-da, ko‘proq yashasam, deydi. (S. Anorboyev) 6. Axir bu yerga saltanat dushmanlari, badtarin kimsalar, g‘oyatda xavf- li shaxslar tashlanar edi-ku! (Mirmuhsin) 6. Serkalar butun suruvni o‘z orqalaridan ergashtirib, xuddi bo‘ri quvganday, vahima ichida to‘ppa- to‘g‘ri jarlikka qarab chopmoqda edi. (S. Anorboyev) 7. Rustam esa naq piyoladek oq achchiq olmani kars-kars tishlar edi. (A. Eshonov) 8. Shoir qiziq xalq-da, haqiqiy darvesh bo‘ladi. (Shukrullo) 9. Nahotki u shun- doq dangasa bo‘lib qoldi ? Kitob o‘qishga qunti yo‘q. (Mirmuhsin) 10. Devorlari va shipini qop-qora dud bosgan bu uyga quyosh nurlari kichik bir tuynukdan tushardi, xolos. (J. Sharipov) 11. Go‘yo ikki nav- qiron yigit shu bugun boriboq O‘rtaqo‘rg‘onni zabt etadiganday, baland ruh bilan nutq so‘zladi. (M. M. Do‘st) 12. Umid g‘oyatda xursand, ikki xonali kvartiraga order olgan kuniyoq, darov ko‘chib keldi. (Mirmuh- sin) 13. Faqat o‘z sohasini biluvchi odam xuddi bir tomoniga yuk ortil- gan qayiqqa o‘xshaydi. (Shukrullo) 14. Shahar atrofini o‘rab olgan pax- sa devorlar ustida soqchilargina u yoqdan bu yoqqa yurib turar edi. (Oydin) 15. Uch haftadan beri na xat bor, na bir xabar.. darvoza tiq etsa, pochtachi xat tashlab ketdimikan, deb ko‘chaga yuguraman. (N. Qili- chev) 16. Faqat uch tup qayrag‘ochgina ko‘hna tarix nishonasi bo‘lib turibdi. (I. Rahim) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling