Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
397-mashq. Uyushiq kesimlarni aniqlang. Kesimni shakllantiruvchi vosita 
(kesimlik qo‘shimchasi, bog‘lama)lar uyushiq kesimning oxirgisi yoki har biriga 
qo‘shilganligi sababini tushuntiring. 


190 
1. Qoratoy qizil cho‘g‘ bo‘lgan temir parchasini bolg‘a bilan gurs-
gurs urar, yassilar, cho‘zar, qayirar edi. (Oybek) 2. Kumush titrar edi, 
ko‘karar edi, to‘lg‘anar edi… (A. Qodiriy) 3. Yosh-u yalang, qari-yu 
qartanglar bir-birlariga gap otishadi, askiya qilishadi, kuylashadi.
(M. Ismoiliy) 4. Komila kelishgan, ko‘zlari jozibali, aqlli, latofatli, 
sho‘x edi. (Oybek) 5. Munis tengqurlariga o‘xshamasdi: juda erka edi, 
serjahl edi. (O‘. Umarbekov) 6. Qarindoshim, tug‘ishqonim, ulkan 
qozoqsan o‘zing. (G‘. G‘ulom) 7. Ertalab yomg‘ir tingan, havo naqadar 
muloyim va orombaxsh. (J. Abdullaxonov) 8. Yer! Qanday boysan
saxiysan, go‘zalsan. (R. Fayziy) 9. Odamning ko‘ngli nozik bo‘ladi: bir 
kichkina narsa bilan yo sinadi, yo ko‘tariladi. (M. Ismoiliy) 
398-mashq. Berilgan gaplarning egasini toping. Ularning gapdagi qaysi 
bo‘lakka bog‘lanayotganini ayting.
1. Inson uchun havo, quoyosh, suv, non, ota-ona qanchalik aziz va 
muqaddas bo‘lsa, Vatan ham shunchalik mo‘tabardir. (X. Davron)
2. Samovar to‘la odam. Ashula, askiya, hangoma, qahqaha avjida. 
(K.Yashin) 3. Odamlarda g‘ayrat va tashabbus yashnab ketdi. (A. Qah-
hor) 4. Ilg‘orlik bilan qoloqlik, samimiylik bilan hasad, oliyjanoblik 
bilan tubanlik to‘qnashadi. (Shukrullo) 5. Har bir qozoqning o‘tovida 
qimizi, qimroni yoki ayroni doim osig‘liq turadi. (M. Muhammadjonov) 
 
Uyushgan ega bir-biri bilan qanday vositalar orqali bog‘lanadi? 
399-mashq. Berilgan gaplardagi uyushiq hollarni aniqlang. Ularning gapdagi
qaysi bo‘lakka bog‘lanayotgani va qanday ohang bilan aytilayotganini izohlang. 
1. Kumush uyalib, zo‘rg‘agina salom berdi va Yusufbek hojining ya-
qiniga kelib, bo‘yin egdi. (A. Qodiriy) 2. Hamdo‘stlik, hamkorlik yax-
shi kunlarimizda ham, yomon kunlarimizda ham bizga doim asqatib 
kelgan. (N. Safarov) 3. Serkalar butun suruvni o‘z orqalaridan ergash-
tirib, xuddi bo‘ri quvganday, vahima ichida to‘ppa-to‘g‘ri jarlikka qa-
rab chopmoqda edi. (S. Anorboyev) 4. Torini asta-sekin cherta boshladi. 
Keyin zavq bilan, harorat bilan chalishga tushdi. (O‘. Hoshimov) 5. Zar-
qishloq ko‘chalarida, adir va soylarida, serdaraxt bog‘larida ko‘klam 
namoyishi kezadi. (S.Ahmad)


191 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling