Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
454-mashq. Berilgan miqdor-daraja ergash gapli qo‘shma gaplardagi bosh va 
ergash gapni aniqlang. Bosh va ergash gap tarkibidagi bir-biriga ishora qiluvchi 
vositalarni ko‘rsating. 
 
1. Bug‘doy qanchalik sernam erga ekilsa, hosil shunchalik mo‘l 
bo‘ladi. (Sharq yulduzi” jurnalidan) 2. Biroq Anvar o‘qishda qancha 
baxtli bo‘lsa, peshonada o‘shancha baxtsiz edi. (A. Qodiriy) 3. Men 
qancha xaroblashsam, u shuncha xursand bo‘ladi. (Oybek) 4. Nor-
matovni sizlar qancha bilsalaring, men ham shuncha bilaman-da.
(A. Qahhor) 5. O‘zbek oyim nabira masalasida qancha xursand bo‘lsa, 
Otabek shunchalik xafa edi. (A. Qodiriy) 6. Ochil qanchalik tez va 
ko‘ngli yumshoq bo‘lsa, Mahkam shunchalik vazmin edi. (P. Qodirov) 
7. Hukmdor qanchalik oqil va odil bo‘lsa, ulamo, fuzalo ham haq-
go‘ylikka shunchalik yuz tutadi. (M. Mahmudov) 
 
455-mashq. Berilgan o‘xshatish ergash gapli qo‘shma gaplardagi bosh va 
ergash gapni aniqlang. O‘xshatish ergash gapning bosh gapga nima yordamida 
bog‘langanini ayting. 
 
1. Hozirgi ko‘tarinkilik, hayajon shu qadar qudratli ediki, go‘yo hosil 
to‘yiga millionlab kishi qatnashayotganday. (R. Fayziy) 2. Osmon shu 
qadar beg‘ubor, shu qadar ko‘m-ko‘k ko‘rinadiki, go‘yo hech qayerda 
bunaqa tiniqlik bo‘lishi mumkin emasdek. (J. Abdullaxonov) 3. Tosh 
shu qadar silliqki, go‘yo haykaltarosh xo‘p hafsala bilan yo‘ngan-u, 
ko‘tarolmay tashlab ketgan deysiz! (H. Nazir) 4. Do‘l shunday shiddat 


212 
bilan yog‘ardiki, go‘yo yerdan chang ko‘tarilib, havoni g‘ubor bosdi, 
kunduz qorong‘ilashdi. (N. Safarov) 5. Beda orasi juda issiq, go‘yo 
quyoshning butun olovi beda ichiga yashiringanday. (Oybek) 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling