Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
469-mashq. Berilgan gaplarni zarur tinish belgilarini qo‘yib ko‘chiring. 1. Jo‘ravoy ota hamon o‘y surib o‘tirgan aftoda qiziga dedi: Hadeb o‘y sura ber-ma, E’zoz (H. G‘ulom) 2. Iskandar yo‘lovchidan so‘radi Beshariqqa qanday borsam bo‘ladi 3. Qurbon ota zavqlanib dedi Ya- shanglar, azamatlar, boplabsizlar 4. Shodmon aka o‘g‘lidan so‘radi Qovunni qayerdan sotib olding 5. Adabiyotshunos olim Ibrohim Haq- qul shunday deb yozgan edi Nafs amriga tobelarda hech payt ma’naviy osoyishtalik bo‘lmaydi. 6. Salim o‘rtog‘iga dedi Hoy Sodiq, ko‘zingni och Keyin pushaymon boʻlasan 470-mashq. Gaplarni o‘qing. Tinish belgilarining ishlatilishiga e’tibor bering. 1. “Bultur ana shu kezda, – dedi Safar engashinqirab, – bozorga sakkizta bo‘z olib tushgan edim”. (A. Qodiriy) 2. “Qarg‘ashning hech keragi yo‘q, – dedi Marhamat. – Lekin bunaqa taltaytirish ham 217 yaxshimas-da”. (H. Nazir) 3. „Ulusning sho‘ri qursin! – dedi Tohir. – Kasofat podsholar urushmay turolmasa“. (P. Qodirov) 4. „Onajon, – dedi Otabek, – sizning zaharli so‘zlaringizga nima deyishga ham hay- ronman“. (A. Qodiriy) 5. „ Shoir bilan uchrashuv qachon bo‘lar ekan? – so‘radi Zamira. – Men ham bormoqchi edim“. Muallif gapi ko‘chirma gapning o‘rtasida kelsa, tinish belgilari qay tarzda qo‘yiladi? 471-mashq. Berilgan gaplarni zarur tinish belgilarini qo‘yib ko‘chiring. 1. Qo‘zg‘almanglar dedi bizga samovarchi hali aravakash bu yerda dam olib, bafurja jo‘naydi. (N. Safarov) 2. Boshlang‘ich sinf o‘qituv- chisi dedi domla bolaning ruhiyatini chuqur bilishi kerak. 3. Menda ixtiyor yo‘q, oyijon dedi Kumush Sizlar nimani ma’qul ko‘rsalaringiz, menga baribir. (A. Qodiriy) 4. Endi aravani chiqaraverasan-da, o‘g‘lon dedi G‘ani tog‘a O‘zim qo‘shib beraveraman. 5. Ishni tugatdingizlarmi so‘radi Zamira opa Oshni suzaveraymi 6. Pul topish qiyin soqolini tarab dedi boy ammo pul xarajat qshishni bilish undan ham qiyin. (Oybek) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling