Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

483-mashq. Gaplarni o‘qing. Nuqtaning o‘rnini, ya’ni mazmuni va tuzilishiga 
ko‘ra qanday gaplar oxiriga qo‘yilganini izohlab bering. 
1. Osmonni yana quyuq bulut qoplagan. Birda-yarim yomg‘ir tom-
chilab qo‘yadi. (P. Qodirov) 2. Bir ish ko‘ngildagidek ado etilsa, ikkin-
chisini bajarish ancha yengillashadi. (Sh. Rashidov) 3. Ko‘z qo‘rqoq – 
qo‘l botir. (Maqol) 4. Bahor. Adirlarda g‘ir-g‘ir shabada esadi.
(Y. Shamsharov) 5. – Menga ham varrak yasab bering. Anavi Daroz 
bolaning varragidan chiroyli bo‘lsin. (Y. Shamsharov) 6. Qarg‘ashning 
hech keragi yo‘q, – dedi Marhamat. – Lekin bunaqa taltaytirish ham 
yaxshimas-da. (H. Nazir) 7. „ Ulusning sho‘ri qursin! – dedi Tohir. – 
Kasofat podsholar urushmay turolmasa“. (P. Qodirov) 
484-mashq. Gaplarni o‘qing. So‘roq belgisining ishlatilish sababini tushun-
tiring. 
1. Ha, Bo‘taboy aka, bemahalda nima qilib yuribsiz? Tinchlikmi? 
(A.Qahhor) 2. Bosh-ko‘zimni aylantirib, qo‘lga oldingiz, endi hunar 
chiqaryapsizmi? (S. Karomatov) 3. Birodar, Azizxon degan polvon bo-
lani qaydan topsam bo‘ladi? (S. Ahmad) 4. Ha, aytgandek, qudangiz-
nikiga yuborgan kishingiz keldimi? (A. Qodiriy) 5. – Kim kelyapti: 
Sarvimi, Rahbarmi yo akangning bolalarini yetaklab kelyapsanmi?
(G‘. G‘ulom) 6. Nega jim o‘tiribsizlar? Og‘izlaringizga tolqon solib 
oldilaringizmi? Chirmanda chalib, qo‘shiqni boshlanglar! (I.Rahim)
7. Na o‘tin bo‘lma-sa, na o‘tinni yorgani teshasi bo‘lmasa, nima qil-
aman? 8. Bobongiz xafa bo‘lsalar maylimi? (Hikoya sarlavhasi, M. Is-
moiliy) 8. Bu ishning hammasini yarim soat (?) ichida bajarar ekanmiz.
485-mashq. Oxiriga undov belgisi qo‘yilgan gaplarning turini (darak-undov, 
so‘roq-undov yoki buyruq-undov) ayting.
 
1. Behuda qon to‘kmoq, yurtni parchalamoqdan azim gunoh yo‘q! 
(Oybek) 2. Sendek itdan bizga qipchoq yaxshi! – Xalqning bu javobi 
ishning na darajaga yetganini anglatar edi. (A. Qodiriy) 3. Muncha ser-
piching bo‘lib ketibsiz. Menda alamingiz bormi! (Shuhrat) 4. Hoy, bo‘-
rilar! So‘zlaringdan qayt! (Hamza) 5. Iloyo, baxtingni bersin, yaxshi 
qayliqqa uchrab, bu kunlaring unut bo‘lsin, bolam! (Oydin) 6. – Olib 
bor, bachchag‘arni! Qamab qo‘y! – deb baqirdi mingboshi. (Cho‘lpon) 
7. Shunday rohat turmushimizdan, shunday shirin umrimizdan darrov 


223 
bir yili ketdimi! Oh, dod deyman. (A. Qahhor) 8. Endi Halima chirsillab 
ketdi: – Ha, senga hazil qilib ham bo‘lmaydimi! (O‘. Usmonov)  
9. To‘g‘ri tut ishingni va halol yasha! (Shuhrat) 10. Nega, mening dilim, 
titraysan nechun, Nechun yuragimni tirnaysan, g‘ashlik! (A. Oripov) 
11. O‘z bolalaridan ikkitagina qurushqoq limonni ayaydirgan ota qana-
qa ota axir! (G‘ayratiy) 12. – Ablah odam ekansan! – dedi imom. – Siz 
ham ahmoq mulla ekansiz! – dedi Safar bo‘zchi. (A. Qodiriy) 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling