Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
Kelishik kategoriyasi 
 
247-mashq. Gaplarni nuqtalar o‘rniga mos kelishik qo‘shimchasini qo‘yib yo-
zing. Shu asosda kelishik qo‘shimchalarining vazifasini tushuntiring. 
Tug‘ilib o‘sgan qishlog‘im… borib, qarindosh-urug‘lar huzuri… bir 
necha kun mehmon… bo‘ldim. Tengqurlarim, yoshlar davrasi… 
ishtirok etib, goh qizg‘in suhbatlar… qo‘shildim, goh aytilayotgan 
fikrlar… “mazasi…” shimayotganday jimgina o‘tirdim. Yoshlar 
orasi… ko‘proq bo‘ldim desam ham bo‘ladi, ular… be-g‘ubor suhbatini 
yoqtiraman. Bir galgi suhbat… yigitchalar… biri: “Amaki, o‘rik… 
yeng, og‘zingiz… erib ketadi. “Qoraqandak” deyishadi bu nav…, Erka-
chol… o‘rigi…” – deb qoldi. Yuragim hapriqib ketdi.
Shrin-shirin entika boshladim. Suhbatdoshlarim… qayta-qayta 
tikilaman, yuz-u ko‘zlari… yeyayotgan o‘riklari… olayotgan huzurdan 
o‘zga ifoda… sezmayman. Erkachol… kimligi… ham, u kishi men… 


113 
bobo bo‘lishi… ham bilishmaydi, deb o‘ylayman. Axir u zot… olam… 
o‘tgani… necha-necha yillar bo‘ldi-ku… (X. Toxtaboyev) 

Savollar: 
1. Kelishik kategoriyasi deganda nimani tushunasiz? 
2. Kelishik shakllari qanday qo‘shimchalar bilan yasaladi? Qaysi kelishikning 
qo‘shimchasi yo‘q? Matndan shu shakldagi so‘zlarni topib ko‘rsating. 
3. Kelishik qo‘shimchlari qanday so‘zlarni o‘zaro bog‘laydi?
248-mashq. Gaplarni o‘qing. Kelishik qo‘shimchalari orqali bog‘langan so‘z 
birikmasi va ega-kesimlarni ajratib yozing. 
1. Ayolim qishin-yozin ichkari hovlining yumushini qiladi: kir yu-
vadi, uy-joyni supuradi, non yopadi, ko‘rpa qaviydi. (Oybek) 2

Sa-
madning gapi turib-turib Rasulga alam qildi. (N. Norqobil) 3. Azizim, 
qizingizning baxtini birovlarning ostonasidan qidirmang. (A. Qahhor) 
4. Bu holat kimga to‘y, kimga aza. (Oybek) 5. Otdan baland, itdan past. 
(Topishmoq) 6. G‘ira-shira tongda qishloqda qizg‘in harakat boshlanib 
ketdi. (H. Nazir) 7

Bu yaqin ora qishloqda Dildordan go‘zal, Dildordek 
lobar juvon bo‘lmasa kerak. (S. Ahmad) 8. Sayil kunlarida shahardan 
holvachi-yu shakarpazlar aravada bu joyga kelishardi. (Mirmuhsin)
9. Bizning qishloqda G‘ofurjon degan qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan, 
buning ustiga hech kimi yo‘q bir yigit bor edi. (A. Qahhor) 10. Shoir-
gayam qiyin, bitta o‘zini deb rosmana urush ocholmasa. (M. M. Do‘st) 
11. Ro‘zg‘ordan bir qadar siqilishgan. U yog‘ini surishtirsang, qish-
loqda hammaning ro‘zg‘ori tang. (Oybek)


Savollar: 
1. Kelishik shaklidagi so‘zlar qanday so‘zlar bilan bog‘lanadi? Har bir 
kelishikning xususiyatini izohlang. 
2. Kelishik shakllarini qanday so‘zga bog‘lanishiga ko‘ra necha guruhga 
ajratish mumkin? 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling