Ona tili va o’qish savodxonligi Mavzu: O’g’rining qismati
Download 172.13 Kb.
|
O\'g\'rining qismati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi
- Yangi mavzuning bayoni.
- Darsni mustahkamlash.
- Darsga yakun yasash va o’quvchilarni baholash
- Marg’uba Valiyeva
sinfDarsning maqsadlari : Ona tili va o’qish savodxonligi Mavzu: O’g’rining qismati.Ertak. Ta’limiy: O’quvchilarga o’g’rilik yomon odat ekanligi haqida tushuncha berish. O’quvchilarga ifodali o’qish, savollar tuzish, erkin gapira olish va husnixat bilan yozish ko’nikmalarini takomillashtirish. FK-1: Ertak va hikoya matnlarini tushuna oladi, ularni ongli ravon va ifodali o’qiy oladi. Tarbiyaviy: badiiy-estetik didni o’stirish birovning mulkiga ko’z olaytirmaslik hissini tarbiyalash. TK-4: O’zining o’quvchilik burchini bilish, matn va ertaklarda aks etgan, madaniy va ma’naviy hodisalarni to’g’ri tushinish va so’zlab bera olish. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda og’zaki va yozma savodxonligini oshirish malakasini rivojlantirish. FK-2: Matn mazmuniga oid savollar tuzib, o’z fikrini ayta oladi. Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars metodi: Tushuntirish, suhbat, savol-javob. Dars jihozi: darslik mavzusiga oid rasmlar, multimedial ilovalar. Darsning borishi:Tashkiliy qism: O’quvchilarning darsga hozirligi tekshiriladi. O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.Oldingi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Yangi mavzuning bayoni.Bugungi darsda “O’g’rining qismati” ertagi bilan tanishish aytiladi. O’quvchilardan ushbu ertak nima haqida bo’lishi mumkinligi so’raladi. O’g’ri o’z qilmishi uchun qanday jazolanishi mumkinligi haqida suhbat olib boriladi. Qismat so’ziga izoh beriladi. Darsni mustahkamlash.Yozma nutq . Leksikologiya haqida tushuncha beriladi. Matnda ajratib ko’rsatilgan so’zlarning izohini darsligining oxiridagi lug’atdan topib yozing. O’lja-tutib yoki otib oladigan narsa; ov Mo’rt-sinuvchan Ravo ko’rmoq -munosib ko’rmoq Tayin –aniq Mahrum-ayrilgan Darsga yakun yasash va o’quvchilarni baholash:Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Uyga vazifa:Ertakni rollarga bo’lib, ifodali o’qing. Marg’uba ValiyevaQashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 13-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi.Download 172.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling