Ona tilidan mavzuli testlar 1-kitob


Download 3.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/485
Sana19.10.2023
Hajmi3.22 Mb.
#1710126
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   485
Bog'liq
1. Ona tilidan mavzuli testlar. N.Rasulova (2)




ONA TILIDAN MAVZULI TESTLAR 
 
1-KITOB 
 
1-§. HOZIRGI OʻZBEK ADABIY TILI FANI HAQIDA 
UMUMIY MA’LUMOT 
 
1. X ― XII asrlarda yaratilgan asarlar qaysi qatorda 
berilgan? 
A) «Devoni lugʻotit turk», «Qutadgʻu bilig», «Hibat ul- 
haqoyiq», «Devoni hikmat», «Muqaddimat ul-adab» 
B) «Devoni lugʻotit turk», «Qutadgʻu bilig», «Hibat ul- 
haqoyiq», «Qissasi Rabgʻuziy», «Oʻgʻuznoma» 
C) «Devoni lugʻotit turk», «Qutadgʻu bilig», «Hibat ul- 
haqoyiq», «Muhabbatnoma», «Yusuf va Zulayho» 
D) «Devoni lugʻotit turk», «Qutadgʻu bilig», «Hibat ul- 
haqoyiq», «Me’rojnoma» 
2. XI asrda grammatikaga oid asar yozgan mashhur 
vatandoshimiz kim? 
A) Yusuf Xos Xojib 
B) Mahmud Qoshg`ariy 
C) Abulqosim Zamahshariy D) Narshahiy 
 
3. XIII ― XIV asrlarda yaratilgan asarlar qaysi qatorda 
berilgan? 
A) «Devoni lugʻotit turk», «Qutadgʻu bilig», «Hibat ul-
haqoyiq» 
B) «Qissasi Rabgʻuziy», «Muhabbatnoma», 
«Me’rojnoma», «Yusuf va Zulayho», «Oʻgʻuznoma» 
C) «Devoni lugʻotit turk», «Qutadgʻu bilig», «Hibat ul- 
haqoyiq», «Me’rojnoma» 
D) «Muhabbatnoma», «Yusuf va Zulayho», «Devoni 
hikmat», «Muqaddimat ul-adab» 
4. 1995-yil 24-avgustda O`zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining qaysi qarori tasdiqlandi? 
A) O`zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash 
toʻg`risidagi 
B) Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy qilish 
to`g`risidagi 
C) Yangi yozuvga o`tish to`g`risidagi 
D) O`zbek alifbosiga о`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi 
5. 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko`ra 
quyidagi so`zlarning qaysi biri qo`shib yoziladi? 
A) liq tola B) qiyma taxta C) och sariq D) lang ochiq 

Download 3.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   485




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling