55. Qaysi gapda adabiy til me’yorlariga amal qilinmay
qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l
qo‘yilgan?
A) Bu yerdagi qayiqchilarga uyqu yo‘q, chunki tun-u kun
uzun eshkaklarning shaloplagani eshitilib turardi.
B) Taom yeyilgandan so‘ng rang-barang qimmatbaho va
antiqa mevalar tortildi.
C) Bu kitob bilan u faqat mamlakatnigina emas, balki
butun jahonning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
D) Bu xushxabarni tezroq ota-onamga yetkazish uchun
uyga chopdim.
56. Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zda
paronim bilan bog‘liq xatolik bor?
A) Yomon yo‘ldosh yov bo‘lar, ravon yo‘lda g‘ov bo‘lar.
B) Uzuk va zirak, tillaqosh va zebigardonlardan quti-
quti yig‘gan edi.
C) Kimki birovga choh qazisa, unga o‘zi yiqiladi.
D) Ishning suratini oshirishimiz, kuniga yuz tup olma
ko‘chatini o‘ tkazishimiz kerak.
57. Qaysi gapda fe’lning o‘tgan zamon shakli kelasi
zamon ma’nosida qo‘llangan?
A) Ular allaqachon bir qarorga kelgan edilar.
B) Men bu mehmonni kuzatib borayotirman.
C) Bir vaqt qarasam, yig‘layapman, hech o‘zimni
bosolmayman.
D) Agar mening gapimni tushungan bo‘lsang, yur men
bilan, ketdik.
58. Qaysi gapda fe’lning o‘tgan zamon shakli kelasi
zamon ma’nosida qo‘llangan?
A) U shuncha urinsa ham atrofdagilarni bunga
ishontira olmaydi.
B) Bir vaqt qarasam, ko‘zimning yoshini to‘xtata
olmayapman.
C) U do‘stini bekatda ko‘rib qoldi-yu, ko‘rmaslikka oldi.
D) Xo‘p, mayli, hozir boshingizni qotirmay, men
ketdim.
59. Qaysi gapda ko‘makchini unga ma’nodosh bo‘la
oladigan kelishik qo‘shimchasi bilan almashtirish
mumkin?
A) U ham sen kabi yoshligidan fantastik asarlar o‘qishni
yaxshi ko‘rardi.
B) Yuksak qoyalardan shiddat bilan qo‘zg‘algan burgut
suruvdagi qo‘zichoqni ildi-yu ketdi.
C) Men ham sizlar bilan shahar aylanishga boraman.
D) Bola uyalgani uchun bu yerdan tezroq ketishga
harakat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |