64. Qaysi gapda o‘zlik olmoshi predmetni ko‘rsatish
uchun qo‘llangan?
A) Berilgan barcha vazifalarni mening o‘zim bajardim.
B) Ikromjon ukasini biz bilan qoldirib, o‘zi idora tarafga
qarab ketdi.
C) Soat o‘zi ishlab ketdi.
D) Yo‘q, dadam emas, mening o‘zim agronomman.
65. Qaysi gapda paronim bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A) Bog‘imizga o‘n tub olma ko‘chatini o‘tqazdik.
B) Azim tog‘lar, sizlar ham yaxshi qoling.
C) Besh asrkim nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir sher.
D) Sizning har bir so‘zingiz biz uchun tilladan afzal.
66. Qaysi gapda paronim bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A) Bu kasallikning davosini topish uchun olimlar astoydil
izlanishmoqda.
B) Yo‘l yoqasidagi azim yong‘oqlar, sizlar ham yaxshi
qoling.
C) Mevasini ko‘tarolmagan olma shohi qarsillab sinib
tushdi.
D) Xalqimiz uchun o‘sha davrlarda e’tiqod, islom kabi
tushunchalar butunlay yot edi.
67. Qaysi gapda so`z qo`llash bilan bog`liq xato
mavjud?
A) Tog`da don topolmay och qolgan kakliklar gala-galasi
bilan daraga yopirilib tushgan
B) Laziz yoqilg`i tola bochkalarni birin-ketin dumalatib
ayvon tagiga taxladi
C) Yormat boshini ko`tardi, bir qo`lini yerga tirab
yonboshladi
D) Samarqand bilan yondosh Buxoroda xalqning
amirlikka qarshi qudratli harakati yanada rivojlandi
68. Qaysi gapda so`z qo`llash bilan bog`liq xato
mavjud?
A) Ahmad Husayn raso ochiqqan ekan.
B) Yomon yo`ldosh yov bo`lur, ravon yo`lda g`ov bo`lur.
C) Paxta terimi tez sur`atlar bilan bormoqda
D) Berilgan gaplarda so`zlar to`g`ri qo`llangan.
69. Qaysi gapda so`z qo`llashda uslubiy xatoga yo`l
qo`yilgan.
A) Brigada a`zolari tunda tashna g`o`zalarni suvga
qondirib sug`orishmoqda.
B) U ko`rinishidan turmushning issiq-chuchugini totgan
kishi o`xshaydi
C) Cho`ponlar ozg`in qo`ylarning parvarishiga alohida
e`tibor bermayotirlar.
D) Barcha gaplarda so`z qo`llashda xatoga yo`l qo`yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |