Ona tilidan mavzuli testlar 1-kitob


 Qaysi javobda ilmiy uslub namunasi berilgan?


Download 3.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet439/485
Sana19.10.2023
Hajmi3.22 Mb.
#1710126
1   ...   435   436   437   438   439   440   441   442   ...   485
Bog'liq
1. Ona tilidan mavzuli testlar. N.Rasulova (2)

80. Qaysi javobda ilmiy uslub namunasi berilgan? 
A) Milliy mafkura millatning tub manfaatlarini nazariy 
asoslab berishga va himoya qilishga da'vat etilgandir, 
uning bosh vazifasi ham shudir. 
B) Dalalarning keng quchoqlaridan uchishib kelgan 
mayin shabadalar qiz og'zidan chiqqan unlarni o'z 
qanotlariga mindirib, allaqayerlarga, olislarga otib 
ketardilar. 
C) Ikkinchi darajali bo'laklar fikrni to'laroq va 
mukammalroq ifodalash uchun xizmat qiladi. 
D) Ushbu ma'lumotnomani ko'rsatuvchi G.Mo'minov, 
haqiqatan ham, O'zbekiston Milliy universitetining 
matematika fakultetida dekan o'rinbosari lavozimida 
ishlaydi. 
 
81. Qaysi javobda ilmiy uslub namunasi berilgan? 
A) Tobe so‘zning hokim so‘z talabiga ko‘ra ma’lum 
kelishik qo‘shimchasi yoki ko‘makchi yordamida 
bog‘lanishiga boshqaruv deyiladi. 
B) Sizga yig‘ilish har oyning so‘nggi jumasida 
o‘tkazilishini ma’lum qilamiz. 
C) Bugungi ko‘rsatuvimizda ta’lim sohasidagi islohotlar 
haqida so‘z yuritamiz. 
D) Martning oxirgi kunlari. Ko‘k yuzida suzib yurgan 
bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko‘yga solyapti. 
82. Qaysi javobda ilmiy uslubga oid gap berilgan? 
A) – Ke, picha dam ol, qo‘zichog‘ im, toza 
charchapsan. 
B) Uchrashuv 15-may kuni soat 15:00 da maktabning 
majlislar zalida boshlanadi. 
C) Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak 
keladi. 
D) Kesim qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanishiga ko‘ra 
ikki xil: fe’l kesim, ot kesim bo‘ladi. 
83. Qaysi javobda badiiy uslubga oid gap berilgan? 


193 
A) Ikki til – o‘zbek va fors tillari – ikki pahlavon, ular goh 
mantiqning gurzisini ko‘taradilar, goh husn va 
salobatlarini namoyish qiladilar. 
B) Uchrashuv 15-may kuni soat 15:00 da maktabning 
majlislar zalida boshlanadi. 
C) Tovush tolqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi 
bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi. 
D) Ushbu ma’lumotnoma so‘ralgan joyga ko‘rsatish 
uchun berildi. 

Download 3.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   435   436   437   438   439   440   441   442   ...   485




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling