Ona tilidan mavzuli testlar 1-kitob
Download 3.22 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Ona tilidan mavzuli testlar. N.Rasulova (2)
84. Qaysi javobda qaratqich kelishigining belgisiz qo‘llanishi kuzatilmaydi? A) Yoqimli non hidi butun saroyni tutib ketdi. B) Qachongacha qorning o‘ylab o‘tadirsan? Qachongacha ko‘kdan chalpak kutadirsan. C) Chappar urib gullagan bog‘in, O‘par edim vatan tuprog‘in. D) Ming yildirki, bulbul kalomi, O‘zgarmaydi – yaxlit hamisha. 85. Qaysi javobda so‘z qo‘llash bilan bogliq xatolik mavjud? A) Bolalar oldiga issiq non va qaymoq qo‘yildi. B) Paxta gulli piyolalarga choy quyildi. C) Chinni kosalarga sut quyildi. D) Bu kishi qarib ham qo‘yilmadi, yoqimsiz hazil qilaveradi. 86. Qaysi javobda paronim qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud emas? A) Gunohkor bo‘lmay turib o'rinsiz tanalar eshitsang, yoqmas ekan. B) Tekin boylik axtarguncha o‘zingga bob hunar top. C) Bu obidalar necha asirlardan beri yer yuzini bezab turibdi. D) San’at saroyiga konsert tomosha qilgani bordik. 87. Qaysi javobda hozirgi zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan? A) Nozima bu yil yozgi ta’tilda qishloqdagi buvisinikiga ketmoqchi. B) Xo‘sh, anovi burchakda turgan divanni nima qildik. C) Do‘stim, men ertaga oyimni dam olishga olib ketyapman. D) Hozir yomg‘ir yog‘yapti, yo‘lga chiqmaymiz. 88. Qaysi javobda uslubiy xoslangan yasama so‘zlar berilgan? A) tirjaymoq, turg‘izmoq B) tabassum qilmoq, kulmoq C) ming‘irlamoq, bayon etmoq D) yurgazmoq, so‘zlamoq 89. Qaysi javobda nutqimizda so‘z birikmasi ham bo‘lib kela oladigan turg‘un bog‘lanma (ibora) qatnashgan? A) Qorasochning dili siyoh bo‘lib, birdan xo‘rligi keldi. B) Ota-bobolar nomini hech qachon unutmaslik kerakligini qulog‘iga quydi. C) Hayitvoy ko‘nglida kiri yo‘q, sodda, ishonuvchan va samimiy bola ekan. D) Bu yigitlarning rosa ishtahasi karnay ekan. Download 3.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling