54. Ot-kesim qaysi so'z turkumi bilan ifodalanganda
bog'lama ishtirok etmasa ham, tire qo'llanilmaydi?
A) olmosh B) sifat C) miqdor son D) ot
55. Qaysi bog'lovchilardan oldin yozuvda vergul
qo'yiladi?
A) biroq, chunki, agar, gar, toki, goh ... goh
B) lekin, ya'ni, balki, chunki, negaki, takror qo'llanuvchi
ayiruv bog'lovchilar
C) ammo, lekin, agar, gar, takror qo'llanuvchi ayiruv
bog'lovchilar
D) ammo, lekin, biroq, agar, gar, toki, basharti
56. Qaysi bog'lovchilardan oldin yozuvda vergul
qo'yiladi?
A) biriktiruv bog'lovchilari, inkor bog'lovchisi, sabab
bog'lovchilari
B) sabab bog'lovchilari, takror qo'llanuvchi ayiruv
bog'lovchilari, zidlov bog'lovchilari, aniqlov bog'lovchisi
C) sabab bog'lovchilari, biriktiruv bog'lovchilari, shart
bog'lovchilari, inkor bog'lovchisi
D) biriktiruv bog'lovchilaridan tashqari hamma
bog'lovchilar
57. Qaysi bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari orasida
tire ishlatilishi kerak?
A) Chol aqlli odam // unga o'rgatish ham mumkin,
undan o'rganish ham mumkin.
B) Men tirikman // o'lja bo'lmaydi otim.
C) Chol undan balandroq keldi // men brigadirlikdan
tushmayman deb chiqib ketdi.
D) Bir vaqt dasturxon yozildi // turli taomlar keltirildi.
58. Qaysi bog'lovchisiz qo'shma gap tarkibida ikki
nuqta noto'g'ri ishlatilgan?
A) Orzum shul: o'chmasin yongan chirog'ing.
B) Mening bir jaydari falsafamdir shu: Hargiz iltimosga
kuning qolmasin.
C) Yana uvlar dahshat shamoli: Ko'kni qora bulut
quchadi.
D) Barcha gaplarda ikki nuqta to'g'ri ishlatilgan.
59. Qaysi gap tarkibida tire (―) ishlatilishi kerak?
A) Men uchuvchiman.
B) Do`stlik o`lkamizning qudrati, shoni.
C) Bilim baxt belgisidir.
D) Ishning boshi boshlangunchadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |