60. Qaysi gapda // shartli belgisi o‘rnida ikki nuqta
tinish belgisi tushirib qoldirilgan?
A) Dadam shu atrofdan // qishloqdan chiqaverishdan,
do‘kon qidirdi.
B) Aql ko‘pga yetkazadi // hunar bo‘lsa insonni
ulug‘likka yetkazadi.
C) Uylar, devorlar, daraxtlar // hamma narsa
qorong‘ilikka jimgina cho‘kdi.
D) Men bu qizni yaxshi taniyman // o‘tgan yil tanlovda
birga qatnashgan edik.
61. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik
mavjud emas?
A) Ona tilim sen borsan, shaksiz, Bulbul kuyin she’rga
solaman.
B) Daraxtdagi barcha sayroqi qushlar sa’va, bulbul,
mayna va boshqalar unga jo‘r bo‘ldi.
C) Yaxshi niyatli kishilarning ahdi – shu.
D) A’lo o‘qish bizning asosiy vazifamiz.
62. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik
mavjud emas?
A) Hamma narsa uylar, devorlar, daraxtlar
qorong‘ilikka jimgina cho‘kdi.
B) Na qor, na yomg‘ir, na to‘fon va na bo‘ron – hech
narsa dovyuraklarni qo‘rqitolmadi.
C) Muloyimlik rizq sari yetaklovchi kalit.
D) Xullas shuni bilginki, qars ikki qo‘ldan chiqadi.
63. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik
mavjud emas?
A) Yer don, dehqon bo‘lsa xazinabondir.
B) Erkin o‘g‘lingman, qabul et, O‘zbegim jon o‘zbegim.
C) Hech kim: na Dilobar, na Gulnoza ertalab kelmadi.
D) Poytaxt bo‘lish uchun avvalambor poytaxtlik
maqomi kerak.
64. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik
kuzatilmaydi?
A) Tabiat hodisalari; shamol, qor, yomg‘ir, do‘l o‘z-
o‘zidan paydo bo‘lmaydi.
B) Zorqishloq ko‘chalarida, adir va soylarida, serdaraxt
bog‘larida – ko‘klam namoyishi kezadi.
C) Daraxtdagi barcha sayroqi qushlar: sa’va, mayna,
bulbul va boshqalar unga jo‘r bo‘libdi.
D) Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar: qizlar
maktab hovlisini supurdilar.
203
Do'stlaringiz bilan baham: |