65. Qaysi gapda tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan?
A) Na qor, na yomg‘ir, na to‘fon va na bo‘ron hech
narsa dovyuraklarni qo‘rqita olmadi.
B) Shunday odamlar borki kelajakni oldindan bashorat
qila oladilar.
C) Mening opam ham tajribali shifokor.
D) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir tun
yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz.
66. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik
mavjud?
A) «Ertaga hammamiz kelamiz», – dedi usta.
B) Muharrir mehri tovlanib: «Rahmat, ona qizim!» –
dedi.
C) «Millatlarni, elatlarni, ― deydi M. Ulug‘ova: – buyuk
do‘stlik birlashtiradi».
D) «Vatan ona kabi azizdir», ― dedi ustozimiz.
67. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik
mavjud emas?
A) «Odob o‘rgatsalar, quloq sol, – deydi Yusufiy. –
Birov odob o‘rgatsa, o‘rganmagan kishi hayvon kabidir».
B) «Ha, – dedi Nafisa qat’iy qilib, aytmoqchi emas
edim, endi aytadigan bo‘ldim».
C) «Anvarjon uka – dedim unga, – siz o‘sishingiz kerak».
D) «Kenjatoyingiz qani? – deb so‘radi u – Yordam
bersa bo‘lmasmidi?»
68. Qaysi gapda // shartli belgisi o‘rnida tire tinish
belgisi tushirib qoldirilgan?
A) Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad / / milliy
o‘zligimizni chuqurroq anglash.
B) Mening opam ham // talaba, bu yil oliygohga
kirdilar.
C) Bildi ota // foydasizdir kurashmoq.
D) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir // tun
yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz.
69. Qaysi gapda // shartli belgisi o‘rnida tire tinish
belgisi tushirib qoldirilgan?
A) Bugun bu yerda eshitganlarim ham // haqiqat edi.
B) Shuni bilingki // biz sizni aslo unutmaymiz.
C) Saltanat ham // ikkinchi bosqich talabasi.
D) Tilga ixtiyorsiz // elga e’tiborsiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |