70. Qaysi gapda tire tinish belgisini tushirib qoldirish
bilan bog‘liq xatolik kuzatilmaydi?
A) Bildi ota foydasizdir kurashmoq.
B) Shuni bilingki, mehmondo‘stlik o‘zbek xalqining ezgu
fazilati.
C) Tilga ixtiyorsiz elga e’tiborsiz.
D) Tinchlik farovon hayot manbayi.
71. Qaysi gapda tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan?
A) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir tun
yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz.
B) Yaxshi niyatli kishilarning ahdi shu edi.
C) Mening opam ham mohir tikuvchi, ular bejirim
ko‘ylaklar tikib charchamaydilar.
D) Vatan har bir inson tug‘ilib o‘sgan, kindik qoni
to‘kilgan tabarruk go‘sha!
72. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik
mavjud emas?
A) Muloyimlik rizq sari yetaklovchi kalit.
B) Na qor, na yomg‘ir, na to‘fon va na bo‘ron – hech
narsa dovyuraklarni qo‘rqitolmadi.
C) Hamma narsa uylar, devorlar, daraxtlar
qorong‘ilikka jimgina cho‘kdi.
D) Xullas shuni bilginki, qars ikki qo‘ldan chiqadi.
73. Qaysi gapda tire noto'g'ri qo'yilgan?
A) Men ― sakkizinchi sinf o'quvchilaridan biriman.
B) Hosilning otasi ― suv, onasi ― yer.
C) Yulduz ― a'lochilarimizdan.
D) Bu ― siz uchun katta sinov.
74. Qaysi gapda uchta o'rinda vergul qo'yilishi lozim?
A) Yo'q bo'lmaydi mashinada rejadagi paxtani terib
olsak ham katta gap.
B) Xo'sh mulla Mamasodiq sog'liq qalay tahsil nechuk?
C) Kun sanayapsizmi Jo'ra dedi Abdurahmon.
D) Yo'q yo'q men boshqa narsa demoqchi edim.
75. Qaysi gapda tinish belgisi noto'g'ri qo'llangan?
A) Bora-bora ularning ham ko'zi ochiladi, past-balandni
ajratib olishadi.
B) Maqtanchoq bo'lmang ― xijolat tortmaysiz.
C) Urilmoq ham foyda ― pishiq bo'lasiz, tajriba hosil
qilasiz.
D) Kimki mehnatning zo'rini qidiribdi ― odamning
sarasi ana shu.
Do'stlaringiz bilan baham: |