125. Suhbatdoshlarning gapi javobsiz qoldirilganda
yozuvda qanday tinish belgisi qo'yiladi?
A) ko'p nuqta B) so'roq va undov belgisi
C) qavs ichida undov belgisi D) so'roq va ko'p nuqta
126. Surayyoning peshonasiga qo'limni qo‘yib qo‘rqib
ketdim: isitmasi nihoyatda baland ekan. Ushbu
gapdagi ikki nuqtaning qo‘llanish sababi qaysi javobda
to‘g‘ri izohlangan?
A) qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish munosabati
ifodalangani uchun
B) uyushiq bo‘laklardan oldin umumlashtiruvchi bo‘lak
qo‘llanganligi uchun
C) qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati
ifodalangani uchun
D) o‘zidan oldin kelgan bo‘lak ma’nosini izohlab kelgan
ajratilgan bo‘lak qo‘llangani uchun
127. Takrorlanadigan yo, yoki goh, dam, ba`zan
bog`lovchilari yordamida bog`langan uyushiq bo`laklar
orasiga qanday tinish belgisi qo`yiladi?
A) nuqtali vergul B) tire
C) ikki nuqta D) vergul
128. Telegramma matni boshqa ish qog'ozlaridan
nimasi bilan farq qiladi?
A) jo'natilayotgan xabar matnining qisqaligi bilan
B) jo'natilayotgan xabar matnida tinish belgilarining
qo'yilmasligi bilan
C) aniq shaxsga qaratilganligi bilan
D) tez fursatda jo'natilishi bilan
129. «Temur tuzuklari»da shunday deb bitilmish:
«Tajribamdan ko‘rilgankim, amri qat’iy, tadbirkor,
hushyor, mard va shijoatli kishi mingta tadbirsiz,
loqayd kishidan yaxshiroqdur».
Ushbu gapdagi tinish belgilarining qo‘llanish qoidalari
noto‘g‘ri izohlangan javobni aniqlang.
A) Ushbu gapda uyushiq aniqlovchilar orasida vergul
qo‘llangan.
B) Ushbu gapdagi vergullarning barchasi uyushiq
bo‘laklarni bog‘lash uchun qo‘llangan.
C) Muallif gapi ko‘chirma gapdan oldin kelgani uchun
ikki nuqta qo‘llangan.
D) Ko‘chirma gap qo‘shtirnoq ichida yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |