130. Tinish belgilari qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan?
A) nuqta, tire, davomli nuqta, qavs
B) so'roq belgisi, undov belgisi, nuqta, tutuq belgisi
C) nuqta, vergul, qavs, qo'shtirnoq
D) nuqta, ikki nuqta, uch nuqta, chiziqcha
131. Tinish belgilarining ishlatilishi bilan bog'liq
quyidagi qaysi qoida noto'g'ri?
1) ot kesim sifat turkumiga oid so'z bilan ifodalansa, ega
va kesim o'rtasida tire ishlatiladi;
2) ot kesim va ega o'rtasida ham yordamchisi bo'lsa, tire
qo'yilmaydi;
3) ega ko'rsatish olmoshi bilan ifodalansa, tire qo'yiladi;
4) kesim tartib son bilan ifodalansa, tire qo'yiladi.
A) 1, 2, 3 B) 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 1, 4
132. Tinish belgilarining ishlatilishi bilan bog'liq
quyidagi qaysi qoida noto'g'ri?
1) undalmalar gap bo'laklaridan vergul bilan ajratiladi;
2) kiritmalar ikki nuqta bilan ajratiladi;
3) ajratilgan bo'laklar ko'p nuqta bilan ajratiladi;
4) gapning kesimi harakat nomi bilan ifodalanib,
bog'lamasiz qo'llanganda ega va kesim o'rtasiga tire
qo'yiladi. A) 1, 2 B) 1, 2, 4 C) 2, 3 D) 2, 3, 4
133. Tinish belgilarining ishlatilishi bilan bog'liq
quyidagi qaysi qoida to'g'ri?
1) ko'chirma gaplar qo'shtirnoqqa olinadi;
2) istak gaplar oxirida undov belgisi qo'yiladi;
3) umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklardan oldin
kelsa, undan keyin tire qo'yiladi;
4) undalma alohida ohang bilan aytilsa, undan keyin
undov belgisi qo'yiladi.
A) 1, 4 B) 2, 3, 4 C) 3, 4 D) 1, 2, 4
134. Tinish belgilarining ishlatilishi bilan bog'liq
quyidagi qaysi qoida noto'g'ri?
1) undov gap so'roq gapdan hosil bo'lsa, oldin so'roq,
keyin undov belgisi qo'yiladi;
2) buyruq gaplar oxiriga nuqta qo'yiladi;
3) kesim ergash gap va bosh gap o'rtasida ikki nuqta
ishlatiladi;
4) kiritma gaplar qo'shtirnoq bilan ajratiladi.
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 3, 4 D) 1, 4
Do'stlaringiz bilan baham: |