150. Voy-bo' deb yubordi u Yerimiz muncha chiroyli
Globusning o'zginasi-ya (N.Fozilov) Berilgan gapda
tushirib qoldirilgan tinish belgilarini tiklang.
A) vergul, tire, undov, tire, undov, nuqta
B) undov, tire, nuqta, tire, undov, undov
C) undov, tire, nuqta, tire, undov, qavs
D) vergul, tire, nuqta, tire, undov, undov
151. Xadicha xola bolalik chog'idagi singari uning
beliga non tugib berdi, peshonasidan o'pdi, duo qildi //
irim qilib o'zi kuzatgani chiqmadi. Ushbu qo'shma
gapda // belgisi o'rnida qanday tinish belgisi qo'yiladi?
A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul
152. Xo`sh, janobi oliylari, qaysi sho`rlik xalq sizning
«himoyangiz»ga qolmish intizor. Ushbu parchada
qo`shtirnoq ishlatilishining sababini izohlang.
A) ko`chirma gap qo`llanilgani uchun
B) kinoya usuli qo`llanilgani uchun
C) shartli nom qo`llanilgani uchun
D) badiiy asardan ko`chirma keltirilgani uchun
153. Yarim qavs bilan ajratilgan raqam yoki harflardan
keyingi gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qoʻyiladi?
A) nuqta qo`yiladi
B) vergul qo`yiladi
C) qavs qo`yiladi
D) nuqtali vergul qo`yiladi
154. Yaxshi so`z || jon ozig`i, yomon so`z || bosh
qozig`i. (Maqol) Ushbu gapda || belgilari o`rnida
qanday tinish belgilari qo`yilishi kerak?
A) vergul va tire
B) ikki nuqta va ikki nuqta
C) vergul va vergul
D) tire va tire
155. Yaxshi xislatlari bor oppoq soqoli bilan
farzandlarini ham nevaralarini ham qo'shni ko'chadagi
begona bolalarni ham xullas barchani sizlab gapirardi
Berilgan gapda qo'yilishi kerak bo'lgan tinish belgilari
qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
A) ikki nuqta, vergul, vergul, vergul, ikki nuqta, tire,
nuqta
B) tire, vergul, vergul, vergul, tire, vergul, nuqta
C) ikki nuqta, vergul, vergul, vergul, vergul, vergul,
nuqta
D) ikki nuqta, vergul, vergul, tire, vergul, nuqta
Do'stlaringiz bilan baham: |