dali-g'uli, sho'x bola, – deydi Musavoy. (Oybek) Ajratib
ko'rsatilgan so'zga ma'nodosh iborani aniqlang.
A) yulduzni benarvon uradigan
B) ko'nglida kiri yo'q
C) do'ppisi yarimta
D) og'zi qulog'ida
260. 1. O't ishi – qovurmoq. 2. Bitta ham yovvoyi o't
qolmasin. 3. Ko'chadan o'tsang, to'g'ri o't. 4. Qalbida
ishq o'ti alangalandi.
Ushbu gaplarning qaysilarida o‘t so'zi bir so'zning ko'p
ma'nolari hisoblanadi?
A) birinchi va ikkinchi gaplarda
B) ikkinchi va uchinchi gaplarda
C) birinchi va to'rtinchi gaplarda
D) barcha gaplarda
261. O'tmishda qo'llanilgan "ko'ch" so'zi hozirgi kunda
qaysi ma'noda ishlatiladi?
A) mard, botir, erkin
B) dovon, tepa
C) urug', zot
D) jon, vujud
262. O'z jigariga ham rahm-shafqat qilmaydilar!
Ushbu gapda qanday ma'no ko'chishi mavjud?
A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
263. O'z va ko'chma ma'nolarga ega bo'lgan so'z ...
deyiladi.
A) atamalar
B) bir ma'noli so'zlar
C) mustaqil so'zlar
D) ko'p ma'noli so'zlar
264. O‘zaro shakldosh birliklar ishtirok etgan juftliklar
toʻliq koʻrsatilgan javobni toping.
1)
Chaqmoq ovozidan osmon gulduradi. Yaxshi emas
birovni birovga chaqmoq.
2)
Oyog‘idagi tuflisi bilan yongʻoqlarni chaqishga
harakat qildi. Ilon boshini baland koʻtarib, chaqishga
tayyor turar edi.
3)
Qaytar dunyo ekan-da, — dedi ko'zlarini yumib. Uni
o‘z fikridan qaytar, iltimos.
4)
Bu yerga ko‘nglini boʻshatish, yengil tortish uchun
kelgan edi. Uning koʻnglini boʻshatish, rahmini keltirish
uchun ko‘p yolgʻon gaplarni gapirdi.
A) 1, 2 В) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 3, 4
Do'stlaringiz bilan baham: |