1
ONA TILIDAN MAVZULI TESTLAR
1-KITOB
1-§. HOZIRGI OʻZBEK ADABIY TILI FANI HAQIDA
UMUMIY MA’LUMOT
1. X ― XII asrlarda yaratilgan asarlar qaysi qatorda
berilgan?
A) «Devoni lugʻotit turk», «Qutadgʻu bilig», «Hibat ul-
haqoyiq», «Devoni hikmat», «Muqaddimat ul-adab»
B) «Devoni lugʻotit turk», «Qutadgʻu bilig», «Hibat ul-
haqoyiq», «Qissasi Rabgʻuziy», «Oʻgʻuznoma»
C) «Devoni lugʻotit turk», «Qutadgʻu bilig», «Hibat ul-
haqoyiq», «Muhabbatnoma», «Yusuf va Zulayho»
D) «Devoni lugʻotit turk», «Qutadgʻu bilig», «Hibat ul-
haqoyiq», «Me’rojnoma»
2. XI asrda grammatikaga oid asar yozgan mashhur
vatandoshimiz kim?
A) Yusuf Xos Xojib
B) Mahmud Qoshg`ariy
C) Abulqosim Zamahshariy D) Narshahiy
3. XIII ― XIV asrlarda yaratilgan asarlar qaysi qatorda
berilgan?
A) «Devoni lugʻotit turk», «Qutadgʻu bilig», «Hibat ul-
haqoyiq»
B) «Qissasi Rabgʻuziy», «Muhabbatnoma»,
«Me’rojnoma», «Yusuf va Zulayho», «Oʻgʻuznoma»
C) «Devoni lugʻotit turk», «Qutadgʻu bilig», «Hibat ul-
haqoyiq», «Me’rojnoma»
D) «Muhabbatnoma», «Yusuf va Zulayho», «Devoni
hikmat», «Muqaddimat ul-adab»
4. 1995-yil 24-avgustda O`zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qaysi qarori tasdiqlandi?
A) O`zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash
toʻg`risidagi
B) Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy qilish
to`g`risidagi
C) Yangi yozuvga o`tish to`g`risidagi
D) O`zbek alifbosiga о`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi
5. 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko`ra
quyidagi so`zlarning qaysi biri qo`shib yoziladi?
A) liq tola B) qiyma taxta C) och sariq D) lang ochiq