Ona tilidan mavzuli testlar 1-kitob


Kitob haqida qo'shilmasida urg'u qaysi bo'g'inga


Download 3.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/485
Sana19.10.2023
Hajmi3.22 Mb.
#1710126
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   485
Bog'liq
1. Ona tilidan mavzuli testlar. N.Rasulova (2)

27. Kitob haqida qo'shilmasida urg'u qaysi bo'g'inga 
tushadi? 
A) haqida so'zining oxirgi bo'g'iniga 
B) haqida so'zining birinchi bo'g'iniga 
C) kitob va haqida so'zlarining oxirgi bo'g'iniga 
D) kitob so'zining oxirgi bo'g'iniga 
28. Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur sabogʻiga 
izzat-ehtirom bilan qadam qo'ymoq lozim. Ushbu 
gapdagi qo'sh va qator undoshli so'zlar miqdorini 
aniqlang. 
A) 1 ta qo'sh undosh, 2 ta qator undoshli so'z 
B) 2 ta qo'sh undosh, 1 ta qator undoshli so'z 
C) 2 ta qo'sh undosh, 3 ta qator undoshli so'z 
D) 2 ta qo'sh undosh, 4 ta qator undoshli so'z 
29. Kongress so'zi tarkibida qanday undosh til 
tovushlari mavjud? 
A) 2 ta til orqa, 2 ta til oldi undoshlari 
B) 2 ta til orqa, 4 ta til oldi undoshlari 
C) 2 ta til orqa, 3 ta til oldi undoshlari 
D) 1 ta til orqa, 1 ta chuqur til orqa, 4 ta til oldi 
undoshlari 
30. Ko'nikma so'zida ishtirok etgan undoshlar haqidagi 
qaysi fikr(lar) noto'g'ri? 
1) so'zda faqat jarangli undoshlar ishtirok etgan; 
2) 
so'zdagi barcha undoshlar til tovushlari; 
3) 
so'zdagi barcha undoshlar hosil bo'lish usuliga ko'ra 
portlovchi 
D) 1,2,3 B) 2 C) 1,2 D) 1,3 
31. Ko‘p tilni bilish bitta qulfni ocha oladigan bir 
nechta kalitga ega bo'lishdir. 
Ushbu gapdagi tarkibida jarangsiz lab undoshi 
qatnashgan so‘zlar qaysi turkumga oid? 
A) ravish, fe’l, ot 
B) ravish, ot 
C) fe’l, ot, olmosh 
D) ot, olmosh 
32. Ko'ngil, singlisi, kongress so'zlarining birinchi 
bo'g'ini qaysi qatorda to'g'ri izohlangan? 
A) har uchala so'zning birinchi bo'g'ini ochiq bo'g'in 
B) har uchala so'zning birinchi bo'g'ini yopiq bo'g'in 
C) ko'ngil so'zida ochiq, singlisi, kongress so'zlarida 
yopiq bo'g'in 
D) ko'ngil, singlisi so'zlarida ochiq, kongress so'zida 
yopiq bo'g'in 

Download 3.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   485




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling