93. Tovushlarning qanday belgisi faqat inson
tovushlarigagina xos?
A) akustik B) fiziologik
C) vazifaviy D) akustik, talaffuz va vazifaviy
94. To‘y xarjida yuzta boy yapon
Bir kambag'al o'zbekcha yo'qdir. (E.Vohidov)
Ushbu she’riy parchada urg‘u ajratib ko‘rsatilgan
so'zning nechanchi bo‘g‘iniga tushadi?
A) birinchi bo‘g‘iniga
B) bu so‘z urg‘u olmaydi
C) uchinchi bo‘g‘iniga
D) ikkinchi bo‘g‘iniga
95. Umidaning «sen» degani Hafizaga juda yoqdi – bu
juda yaqinlik belgisi.
Tilning barcha o'rinlarida hosil bo'luvchi undoshlargina
ishtirok etgan so'z qaysi so'z turkumiga mansub?
A) fe'l B) ravish C) ot D) olmosh
96. Undoshlar qaysi xususiyatiga ko'ra til, lab va bo'g'iz
undoshiga bo'linadi?
A) un paychalarining ishtirokiga ko'ra
B) hosil bo'lish usuliga ko'ra
C) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra
D) hosil bo'lish o'rniga ko'ra
97. Undosh tovushlarni talaffuz qilganimizda qaysi
nutq organlari faol ishtirok etadi?
A) oʻpka, til, lab
B) ogʻiz boʻshligʻi, boʻgʻiz boʻshligʻi, til
C) yurak, koʻz, quloq
D) un paychalari, togʻaylar, tish
98. Undosh tovushlar tovush paychalarining ishtirokiga
ko'ra qanday turlarga bo‘linadi?
A) jarangli undoshlar, jarangsiz undoshlar
B) portlovchilar, sirg'aluvchilar
C) lab undoshlari, til yoki til-tish undoshlari
D) sof undoshlar, bo'g'iz undoshlari
99. Undoshlar qaysi xususiyatiga ko'ra jarangli va
jarangsiz undoshlarga ajratiladi?
A) tovush paychalarining ishtirokiga ko'ra
B) paydo bo'lish o'rniga ko'ra
C) aytilish usuliga ko'ra
D) ovozning ishtirokiga ko'ra
100. Urg'u so'zning ikkinchi bo'g'iniga tushgan qatorni
aniqlang.
A) kelajak, tomizg'i, pushaymon
B) adolat, dabdaba, muqaddas
C) avtobus, fonetika, teatr
D) chaqiriq, o'yinchoq, qo'ng'iroq
Do'stlaringiz bilan baham: |