12
3-§. GRAFIKA, ORFOGRAFIYA VA ORFOEPIYA
1. 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko'ra
quyidagi so'zlarning qaysi biri ajratib yoziladi?
A) kelintushdi, tokqaychi
B) so'zboshi, achchiqtosh
C) qirg'iyko'z, oybolta
D) dardibedavo, timqora
2. 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko'ra
quyidagi so'zlarning qaysi biri xato yozilgan?
A) parvoyim B) obro'yim C) avzoyim D) orzuyim
3. a yoki i unlisi bilan tugagan fe'l asoslariga qaysi
qo'shimcha qo'shilsa a unlisi o ga, i unlisi u ga aylanadi
va shunday yoziladi?
A) -sh B) -v C) -t D) -moq
4. -a fe'l yasovchi qo'shimchasi qo'shilganda so'z
asosida qanday fonetik o'zgarish yuz berishi mumkin?
1) tovush tushishi; 2)
tovush almashinishi; 3) tovush
ikkilanishi; 4) tovush ortishi.
A) 2, 3 B) 2, 4
C) 1, 2 D) faqat 2
5. -a, -ay, -illa fe'l yasovchi qo'shimchalari so'zlarga
qo'shilganda, qanday tovush hodisasi ro'y beradi?
A)
tovush tushishi, tovush o'zgarishi
B) tovush tushishi,
tovush orttirilishi
C) tovush tushishi,
tovush orttirilishi, tovush o'zgarishi
D) tovush orttirilishi, tovush o'zgarishi
6. -(a) r qo'shimchasi bilan yasalgan sifatdoshlardan
sifatdoshning bo'lishsiz shakli hosil qilinganda qanday
fonetik o'zgarish vujudga keladi?
A)
tovush almashinishi
B) tovush tushishi
C) tovush orttirilishi
D) tovush o‘zgarishi sodir bo'lmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: