7. a unlisi bilan tugagan fe'l asoslariga qaysi
qo'shimcha qo'shilsa, a unlisi o ga aylanadi va shunday
yoziladi?
A) -t B) -moq C) -q D) -sh
8. Ajratib yozish qoidasiga muvofiq kelmaydigan
javobni toping.
A)
Oʻzaro -dan qo‘shimchasi bilan bogʻlangan takror
so‘zli birikmalar orasiga chiziqcha qo‘yilmaydi va
qismlari ajratib yoziladi.
B)
Qo‘shma fe ʻl qismlari ajratib yoziladi.
C)
Tarkibida bo‘yi, orti, oldi so‘zlari bo‘lgan joy nomlari
ajratib yoziladi.
D)
Birinchi qismi sifat, ikkinchi qismi atoqli ot bo‘lgan
geografik nomlar ajratib yoziladi.
9. Asal // ari, dev // qomat, Besh // ariq, jigar // rang,
olib // kelmoq, sher // yurak, qo‘l // qop, bayon //
etmoq, och // ko‘z.
Ushbu juftliklardan qo‘shma so‘z hosil qilinganda
nechtasi qo‘shib yoziladi?
A) 5 tasi B) 7 tasi
C) 6 tasi D) 8 tasi
10. Asosida tovush o‘zgarish hodisasi ro‘y
bergan so‘z qatnashgan gapni toping.
A) Salimjon qilgan ishidan uyalib, qizarib ketdi.
B) Derazamning oldida bir tup o‘rik gulladi.
C) Birdan yomg‘ir yog‘ib, tarnovlardan shovullab suv
oqa boshladi.
D) Hatto eng baland tog‘ ham quyoshni
to‘solmas.
11. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni belgilang.
A) hasis, musoboqa, maxsulot
B) toyifa, musobaqa, jarrox
C) xasis, mahsulot, tomosha
D) jarrox, jangovor, toifa
12. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni belgilang.
A) konstitusiya, qast, maqsat
B) esdalik, dekloratsiya, nisholla
C) konstututsiya, maqsad, estalik
D) qasd, deklaratsiya, nisholda
13. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni belgilang.
A) notarius, mudofa, manitoring
B) natarius, dealog, muovin
C) monitoring, dialog, milliard
D) mudofaa, milliard, hayol
Do'stlaringiz bilan baham: |